Biznes muloqot va akademik yozuv


Noverbal muloqot so`zlarni ishlatmaydigan muloqot turiga taalluqli bo`ladi



Yüklə 2,32 Mb.
səhifə22/194
tarix16.03.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#102694
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv-fayllar.org

Noverbal muloqot so`zlarni ishlatmaydigan muloqot turiga taalluqli bo`ladi.

Noverbal soʽzlar muloqot kuzatish kuchi bilan yaqindan bogʻlanadi. Muloqot qabul qiluvchi soʽzlovchini koʻrish, eshitish va hattoki, his qilish pozitsiyasida boʻlishi kerak. Muloqotni qabul qiluvchi soʽzlovchining yuzi, imo-ishorasi, ohangi, kiyim-kechagi, koʻrinishini aniq koʻrishi va ovozini ham eshitadigan joyda boʻlishi kerak. Bu kuzatish orqali boʻlarkan, noverbal muloqot rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan boʻlishi mumkin. Soʽzlovchi tinglovchilarga ongli imo-ishora, gavdasini tutishi xatti-harakatlarning boshqa shaklllari orqali aniq xabarni bildirmoqchi boʻlganda rejalashtirilgan boʻladi. Noverbal muloqot esa, soʽzlovchining xatti-harakatlari, gavdasini tutishi, yoki koʻrinishi qabul qiluvchi tomonidan gʻayriixtiyoriy qilinsa ham rejalashtirilmagan hisoblanadi. Pala-partish kiyinish yoki norasmiy kiyim-bosh kiygan notiq e’tiborli boʻlsa ham, jiddiylik yetishmaganday izoh berilishi mumkin.

Noverbal muloqotning ahamiyati

1.Geografiya, kartalar, diagrammalar va hokazolar bilan bogʻliq fikrlarni bidirishda, qabul qiluvchi masalani bir qarashda tushunib olishi mumkin, noverbal metodlar ixcham shaklda katta miqdordagi ma’lumotlarni taqdim eta oladi.

2.Haydovchilar yoki yoʻlovchilardan darhol javob boʻlishi shartligi sababli yoʻl harakati belgilari, signallar uchun noverbal muloqot shak-shubhasiz asosiy oʻrinni tutadi.

3.Har bir inson odatda tildan koʻra ranglar, rasmlar yoki tovushlarga zudlik bilan javob beradi.

4.Noverbal simvollar orqali savodsiz odamlarga fikr bildirishning yagona metodi.

Muloqot jarayonidagi psixologik ta’sir bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir koʻrsata olishdir. Psixologik ta’sirning uch xil turi ajratiladi:

1. Verbal ta’sirbu soʽz va nutqimiz orqali koʻrsatiladigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar soʽzlar hisoblanadi. Nutq soʽzlashuvdagi oʽzaro muloqot jarayoni boʻlib, uning vositasi soʽzlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham kishi oʽzidagi barcha soʽzlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan soʽzlarni topib sherigiga ta’sir koʻrsatishni xohlaydi. 


Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə