Biznes muloqot va akademik yozuv


Uzun soʽzdan koʻra qisqasini tanlang



Yüklə 2,32 Mb.
səhifə30/194
tarix16.03.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#102694
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv-fayllar.org

2.Uzun soʽzdan koʻra qisqasini tanlang. Umuman olganda, qisqa soʽzlarda xabar yaxshiroq yetkaziladi, chunki uzun soʽzlarning ogʻirlik nisbati oʻquvchini chalkashtiradi. Gipnoz qilish, gippopotam va avtomobil kabi ba’zi uzun soʽzlar bilan oson muloqot qilinadi. Ammo ba’zi vibrofon (vibes), raqobatlashmoq (vie), achchigʻi chiqqan (vex), shtreykbrexer (scab) kabi qisqa soʽzlar faqatgina kamchlik uchun tushunarli boʻlishi mumkin. Shunday qilib, uzun soʽzlardan ozgina ehtiyotkorlik bilan foydalanish donolik boʻladi. Bundan tashqari, siz ishlatayotgan soʽzlaringiz oʻquvchingiz uchun tanish boʻlishiga amin boʻling.

3.Terminologiyadan ehtiyotkorlik bilan foydalaning. Barcha sohalarning oʽz terminologiyasi, ya’ni «jargon»i bor, ular kundalik ish leksikasining bir qismini tashkil qiladi. Aslida, ularning idrokimizda shunchalik koʻp paydo boʻlganidan, sohaga taalluqli boʻlmagan insonlar ham biladigandek tuyuladi. Va oʽz sohangizdan tashqaridagi insonlarga yozayotganingizda bu muloqotda tushunmovchilikni keltirib chiqaradi.

Aniq yozish qobiliyati faqatgina soʽzlar bilan cheklanib qolmaydi. Bu aniq gaplardan foydalanishni ham anglatadi. Sodda gaplarni yozish qisqaroq gaplarni yozishni anglatadi. Gap da’vo, savol, buyruq yoki his-hayajon shaklida boʻlishi mumkin. Yozma shaklda, gaplarning uzunligi haqida qaror qilishda qiyin va tez qoidalari yo‘q, ammo qisqa gaplar sodda boʻlgani uchun oson tushuniladi. Murakkab strukturalarni taqdim etish bilan muammo yaratmaydi. Uzun gaplar grammatik xatolarga ega boʻlishdek katta oʽzgarishlarni qisqa gaplar tuzilishi tasavvur qilinadi. Malakali kotiblar matnda turli xil maqsadlarda birikmalar, qisqa va uzun gaplarni mohirlik bilan qoʻllaydilar hamda tajriba qiladilar.

Yozuvdagi aniqlik faqatgina soʽzlarning diqqat bilan tanlanishi va aniq gaplarni yozishga bogʻliq boʻlmaydi. Bu yana ehtiyotkorlik bilan tuzilgan abzatsni talab etadi. Soʽzlar gaplarga birikkandek, abzatsdagi gaplar ham mantiqiy ketma-ketlikka asoslanadi. Shunday qilib, abzats bir gapdan boshqasiga yo‘nalgani va bosqichma-bosqich rivojlangani sababli, abzats kimningdir fikrlash jarayoni boʻladi.


Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə