Azimjonova mohchehranin



Yüklə 437,38 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix18.10.2023
ölçüsü437,38 Kb.
#127962
22.50.AZIMJONOVA MOHICHEXRANING-PSIXOLOGIK TA\'SIRIDA TURLI YO\'NALISHLARNING TA\'SIRI



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
SIRTQI BO’LIMI 
Amaliy psixologiya yo’nalishi 
22-50 -guruh talabasi 
 
AZIMJONOVA MOHCHEHRANIN 
Psixologik trening fanidan 
 
 
 
M U S T A Q I L
ISHI 


1. Psixologik ta’sir vositalari. 
2. Verbal va noverbal ta’sir. 
3. Paralingvistik ta’sir vositalari. 
Reja:
4. Professional tinglash texnikasi.



Psixologik ta’sir bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti- 
harakatlariga ta’sir kо‘rsata olishdir. Psixologik ta’sirning uch vositasi ajratiladi: 

1. Verbal ta’sir – bu sо‘z va nutqimiz orqali kо‘rsatiladigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy 
vositalar sо‘zlar hisoblanadi. Nutq sо‘zlashuv о‘zaro Muomala jarayoni bо‘lib, uning vositasi 
sо‘zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham diologik nutqda ham kishi о‘zidagi barcha sо‘zlar 
zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan sо‘zlarni topib sherigiga ta’sir kо‘rsatishni xohlaydi. 

2. Paralingvistik ta’sir – bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi, bezovchi 
yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, 
tovushlar, tо‘xtashlar, duduqlanish, yо‘tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar 
kiradi. Shunga qarab, dо‘stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bо‘lsa, biz uning qay 
darajada samimiyligini bilib olamiz.



3. Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz”dir. Bunga suhbatdoshlarning 
fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan о‘rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, 
intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his 
qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar ( shovqin, hidlar 
) kiradi. Ularning barchasi Muomala jarayonini yanada kо‘chaytirib, 
suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam 
beradi. Amerikalik olim Megrabyan formо‘lasiga kо‘ra, birinchi marta 
kо‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bо‘lishiga 
gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harkatlar 58% 
gacha ta’sir qilarkan.



Muomalaning qanday kechishi va kimning kо‘proq ta’sirga ega bо‘lishi 
sheriklarning rollariga bog‘liq. Ta’sirning tashabbuskorida ataylab ta’sir 
kо‘rsatish maqsadi bо‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun 
barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydalanadi. Masalan, rahbar 
xodimini unga ishi tushib chaqirsa, xodimini о‘rnidan turib kutib oladi, 
quyuq sо‘rashadi, keyin maqsadga о‘tadi. Ta’sirning adresati-ta’sir 
yо‘naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi 
yaxshi bо‘lmasa yoki adresat tajribaliroq sherik bо‘lsa, u tashabbusni о‘z 
qо‘liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bо‘ladi.



Amaliy Muomala treningi - IPTning bir kо‘rinishi bо‘lib, u yoki bu 
kasbiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur bо‘ladigan 
kommunikativ malaka, kо‘nikma va bilimlarni hosil qilishga 
qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda Muomala treningi 
vositasida mо‘zoqaralar olib borish, ish yuzasidan hamqorlik 
qilish yо‘l-yо‘riqlarini birgalikda topish, katta auditoriya oldida 
sо‘zlashga о‘rgatish, majlislar о‘tkazish , nizoli holatlarda о‘zini 
tо‘g‘ri tutish malakalari hosil qilinadi. Bunda asosiy narsa- 
trening qatnashchilari ongiga birovlarni tushunish, о‘zini о‘zga 
о‘rniga qо‘ya olish, boshqalar manfaatlari bilan о‘zinikini 
о‘yg‘unlashtira olish g‘oyasini singdirishdir. Treninglar 
mobaynida guruhiy munozaralar, rolli о‘yinlarning eng qulay 
variantlari sinab, mashq qilinadi.



Yoshlarning trening mashg‘ulotlariga kelishiga sabab bо‘ladigan omillardan eng 
kо‘p tarqalgani-bu ulardagi qarama-qarshi jins vakillari bilan gaplashishda 
tortinchoqliklari, о‘zidan kattalarga о‘z fikrini bayon etishga qiynalishlari yoki 
kо‘pchilik oldida gapirishda о‘zini yо‘qotib qо‘yish kabi holatlardan chiqishdir. 
Ijtimoiy psixologik trening rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan amaliy ishlardan 
hisoblanadi. 

Hayotda shunday kishilar borki, ular odamning kо‘ngliga tezda yо‘l topib olib, 
ishlarini bitirgandan sо‘ng tezda g‘oyib bо‘ladilar, yoki yaxshilikni unutib 
yuboradilar. Ular boshqalarda о‘zlariga nisbatan attraksiyani tez hosil qiladilar. 
Buni ayrim kishilar gipnoz ham deydilar. Lekin bu notо‘g‘ri, bunday kishilar 
Muomala jarayonida attraksiyani shakllantiruvchi maxsus psixologik usullarni 
moxirona qо‘llaydilar.



Attraksiyani shakllantirishning umumiy psixologik mehanizmlari mavjud. A.Y.Panasyukning 
fikricha, maktab uchun emas, hayot uchun о‘rganamiz. Kishilar bilan endigina tanishib 
suhbatlashgandan sо‘ng ajrashib ketsakda, ular haqida bizda iliq taassurot qoladi, bu taassurot 
salbiy bо‘lishi ham mumkin. Biz ayrim paytda ish bilan juda band bо‘lib о‘tirganimizda 
kotibaning kirib bir narsalarni gapirganini anglamaymiz. Biz uning ovozini eshitish a’zosi orqali 
eshitamiz, lekin anglamaymiz. Chunki undan biz hissiy quvvat olmaymiz. Bizning qulog‘imizga 
bizga yoqadigan sо‘z eshitilsa, keyin biz uni anglaymiz. Demak, kelayotgan ta’sirlar bizda 
hissiy munosabatni uyg‘otsa bizda attraksiya paydo bо‘ladi. 

“Ism” usuli - bizga о‘z ismimiz bilan murojaat qilinsa juda yoqadi. Fuqaro, о‘rtoq deb 
aytgandan kо‘ra ismimizni aytilishi bizda kayfiyatni kо‘tarilishiga olib keladi. Mashhur 
amerikalik psixolog Deyl Karnegi fikricha, odamning ismi uning uchun eng yaxshi musiqa 
vazifasini о‘taydi.



1. G’oziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 
2002.1-2 kitob. 

2. G’oziyev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001. 

3. Vedenskaya L.V, Pavlova L.A. Delovaya retorika: 
uchebnoye posobiye dlya vuzov.- M.:IKS “MarT”, 
2004-512 s. 

4. Nemov R.S. Prakticheskaya Psixologiya Poznaniye 
sebya: Vliyaniye na lyudey:Posobiye dlya uch-sya- 
M:Gumanit. Izd.Sentr VLADOS, 2003, - 320 s. 

5. 
www.referat.arxiv.uz
 

 www.slayd.arxiv.uz


 

 
www.ziyonet.uz 

Yüklə 437,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə