Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 2,32 Mb.
səhifə24/194
tarix16.03.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#102694
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv-fayllar.org

Shaxsning nimani his qilayogani yoki mulohaza yuritayotgani ko`rsatuvchi gavda tutishi va harakatlarida sodir bo`layotgan o`zgarishlar xatti-harakatlar tilini anglatadi.

Buning koʻpchiligi tasodifiy va gʻayri ixtiyoriy boʻlib, koʻpchilik insonlar oʽz xatti-harakatlar tilini anglab yetmaydilar. Lekin u boshqalarga kuchli ta’sir qiladi. Xatti-harakatlar ongli va g`ayriixtiyoriy turlarga boʻlinadi:

G`ayriixtiyoriy harakatlar quyidagi turlarga bo`linadi:

Biologik: aniq gavda shakli, tana rangi va xususiyatlari insonda ba’zi imo-ishoralar, (yuz) ifodasi yoki gavdani ma’lum vaziyatda tutishlariga sabab boʻladi. Bundan tashqari, biz doimiy tarzda tanamizni qulay deb bilgan yoki bilmagan muhitimizda tartibga solishga va moslashtirishga harakat qilamiz.

Odatga aylangan: ba’zi harakatlar va (yuz) ifodalari oʽzini muhitga moslashtirish jarayonida oʻrganilgan odatdir. Ular muayyan turdagi doimiy qad-qomat tutilishi yoki harakatlarni talab etuvchi lavozimidan kelib chiqadi. Aniq soʽzlashish uslublari va frazalar ham kasbiy odatlardir.

Madaniy: katta yoshdagilar oldida oyogʻini chalishtirib o‘tirmaslik, katta yosh yoki lavozimdagilar koʽziga tik boqmaslik kabi urf-odatlar madaniy oʽziga xoslikdir. Mehmonlarni kutish, tanishuv, muomala tarzi ham ba’zi imo-ishoralarni oʽz ichiga oladi. Ongli harakatlar, gavdani tutish, ovozni oʽzgartirishdan atayin foydalaniladi. Bu narsa aktyorlarga maxsus oʽrgatiladi. Malakali soʽzlovchilar, ayniqsa, yaxshi notiqlar xatti-harakatlardan ongli foydalanishadi. Hech kim oʽzining xatti-harakatlarini toʻliq nazorat qila olmaydi, ammo oʽz tanasini anglab yetishni oshirish va qad-qomatini tutish, harakatlar va ovoz modulyatsiyasining yaxshi nazoratiga erishish ehtimoli bor. Xatti-harakatlarimizda kuchaygan ta’sirchanlikni rivojlantirsak, boshqalarning xatti-harakatlarini anglay olishimiz oshadi.

Ko`rinish. Shaxsning umumiy koʻrinishi bir qancha narsalarga bogʻliq boʻladi. Koʻrinishga hissa qoʻshuvchi muhim faktorlardan ikkitasi tozalik va shaxsiy gigiyenadir. Teri, tirnoqlar, oyoq va soch parvarishi kutilgan standartlardir. Bu aspektlarga beparvolik bilan qarovchi shaxslar yoqimsiz taassurot qoldiradilar.



Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə