Биринчи боб


Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati



Yüklə 437,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/28
tarix04.06.2023
ölçüsü437,33 Kb.
#115380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Kitob 3436 uzsmart.uz

Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. 
O‘zbek tilshunosligida 
lingvopoetika muammolariga bag‘ishlangan ishlar barmoq bilan sanarli bo‘lganligi 
sababli mazkur malakaviy bitiruv ishi katta ahamiyat kasb etadi. Ishda to‘plangan 
materiallar, kuzatish natijalaridan lingvopoetika, Usmon Azim she’riyati, unda 
qo‘llanilgan birliklarning lingvopoetik imkoniyatlarini tadqiq etish bo‘yicha ilmiy 
asarlar yozishda foydalanish mumkin. Ishdagi materiallardan kelgusida filologik 
yo‘nalishda magistrlik va malakaviy bitiruv ishlari yozishda foydalanish maqsadga 
muvofiq. Bundan tashqari, ulardan lingvopoetika bo‘yicha o‘tiladigan amaliy 
mashg‘ulotlarda til birliklarining matnda tutgan o‘rni, lingvopoetik vosita sifatida 
qo‘llanish imkoniyatlarini ko‘rsatishda foydalanish ham mumkin.
Tadqiqot ishining kafedra ilmiy tadqiqot ishlari rejasi bilan bog‘liqligi.
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi 
kafedrasining 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan "O‘zbek tili birliklarining 
funksional-pragmatik va semantik-uslubiy tahlili (sinxron va diaxron aspekt)» 


13 
mavzuidagi ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga asosan bajarilgan. Tadqiqot mavzusi 
o‘zbek tilshunosligi kafedrasining 2012 yil 14 sentabrdagi 2-son majlisi qarori 
bilan tasdiqlangan.
Tadqiqot ishi Samarqand Davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti 
o‘zbek tilshunosligi kafedrasining 2013 yilning 28-mayida bo‘lib o‘tgan 9-sonli 
yig‘ilishida muhokama qilinib, tugallangan ish sifatida himoyaga tavsiya etilgan. 
 Ishning tuzilishi.
Malakaviy bitiruv ishi «Ishning umumiy tavsifi», ikki 
asosiy bob, umumiy xulosalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat 
bo‘lib, 79 sahifani tashkil etadi. 
 
 
 
 

Yüklə 437,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə