Биринчи боб


Shoirning o‘xshatishlardan foydalanish mahorati



Yüklə 437,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/28
tarix04.06.2023
ölçüsü437,33 Kb.
#115380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Kitob 3436 uzsmart.uz

Shoirning o‘xshatishlardan foydalanish mahorati. 
Badiiy ijod, xususan, she’riy asarlar tilining poetik ta’sirchanligini 
oshirishda so‘z muhim ahamiyat kasb etadi. “So‘z orqali inson katta yutuqni qo‘lga 
kiritdi, bu vosita natijasida uning olami ikkilandi. So‘zga ega bo‘lgunga qadar 
faqat bevosita ko‘rinib turgan narsa bilan ish ko‘rgan mavjudot tilga ega bo‘lishi 
bilan faqat borliq elementlari bilangina emas, balki bevosita kuzatmagan narsa va 
hodisalar bilan ham ish ko‘ra oladigan bo‘ldi. So‘z insonga bevosita kuzatishda 
berilmagan narsa va hodisalar haqida ham axborot bera oladi. Shuning uchun ham 
hayvonot faqat bir olamga - sezgi orqali his qilish mumkin bo‘lgan predmetlar 
olamiga ega bo‘lsa, inson ikki olamga - sezgi orqali his qiladigan olam bilan birga, 
so‘z orqali ifodalanadigan obrazlar, munosabat, sifatlar dunyosiga ega bo‘ldi. 
Shunga muvofiq, so‘zlarning borliq (denotativ) ma’nosi real va afsonaviy 
tushunchalar bo‘lishi ham mumkin. Qanday tushunchani ifodalashiga muvofiq 
so‘zlar ham borliqdagi inson ongidan tashqarida bo‘lgan narsa va hodisalarni 
1
Каримов С.
Бадиий услуб ва тилнинг ифода
-
тасвир воситалари.
-
Самарқанд: СамДУ, 1994,
5-
бет.


20 
nomlovchi so‘zlar hamda inson tomonidan yaratilgan afsonaviy narsa va 
hodisalarning nomlarini ifodalovchi so‘zlar sifatida ajratiladi”.
1
Badiiy asar tilining 
emotsional-ekspressivligini oshiruvchi , obrazlilik hosil qilishda muhim ahamiyat 
kasb etuvchi lingvopoetik vositalardan biri o‘xshatish hisoblanadi.
Badiiy matnlarda muallifning ma’lum bir voqea-hodisa, narsalarni kitobxon 
ko‘z o‘ngida aniq gavdalantirish uchun o‘xshatishdan foydalanishida aniq bir 
maqsad – kitobxonga badiiy-estetik ta’sir etish ko‘zda tutiladi. Nutqiy vaziyat 
uchun mos keladigan o‘xshatish hosil qiluvchi til birligining to‘g‘ri tanlanishi uni 
emotsional-ekspressiv vositaga aylantiradi.Muomala jarayonida qo‘llanilgan 
o‘xshatishlar vositasida so‘zlovchi mansub bo‘lgan xalqning milliy-ma’naviy 
xususiyatlari, ijtimoiy turmush tarzi va dunyoqarashi, e’tiqodi, an’analari va urf-
odatlari bilan bog‘liq jihatlar ham aks etadi.Bundan tashqari tasvirlanayotgan 
shaxsning ruhiy holati, orzu-umidlari, o‘y-kechinmalarini berishda ham 
o‘xshatishlar muhim vosita hisoblanadi. O‘xshatish deb «ikki narsa yoki voqea-
hodisa o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining 
belgisini, mohiyatini to‘laroq, konkretroq, bo‘rttiribroq ifodalash»
2
ga aytiladi. 
Ko‘rinadiki,o‘xshatishlar eng qadimiy lingvopoetik tasviriy vositalardan biri 
sifatida yozma va og‘zaki nutqimizni, ayniqsa,inson nozik his-tuyg‘ulari tasvirini 
berish vositasi bo‘lgan badiiy matnlarning badiiy-estetik ta’sirchanligini
oshirishda, muallif maqsadiga xizmat qiluvchi obrazlilikning yuzaga kelishida 
muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘xshatish etaloni o‘xshatish qurilmaning poetik qimmatini,muallif mahorati 
bilan hosil qilingan lingvopoetik vositaning estetik salmog‘ini oshiradi. Tilimizda 
kundalik nutqimizda faol qo‘llanadigan bir qator o‘xshatishlar borki, ular 
an’anaviy o‘xshatishlar hisoblanadi. Qo‘yday yuvosh, toshday qattiq, cho‘chqaday 
semiz, tulkiday ayyor kabi o‘xshatishlar ko‘p qo‘llanilgani bois ta’sirchanlik 
1
Нурмонов А., Искандарова Ш.
Тилшунослик назарияси. Ўқув қўлланмаси (магистрлар учун).
– 
Тошкент, 
2008,176 бет.
2
Шомақсудов А.,
Расулов И.,
Қўнғуров Р.,
Рустамов Ҳ. Ўзбек тили стилистикаси.
-
Тошкент: Ўқитувчи,
1983, 239-
бет.


21 
xususiyatini yo‘qotgan deyish mumkin.Usmon Azim ijodini kuzatar ekanmiz
shoirning turli holat va hodisalar, narsalar mohiyatini anglashda takrorlanmas, 
o‘ziga xos o‘xshatishlar hosil qilganligining guvohi bo‘lamiz. 
Shoir o‘zining “She’riyat” she’rida tulpor tasvirini berishda quyidagi 
o‘xshatishlarni qo‘llaydi: (Bundan keyingi misollarni Azim Usmon. Saylanma: 
She’rlar. -Toshkent: Sharq, 1995, asaridan faqat betini keltirib o‘tamiz.) 
Ko‘zlari chaqmoq tulpor,
Tuyog‘i chaqmoq tulpor.
Suvliq lablarin yirtgan,
Yollari bayroq tulpor (12-bet). 
Yoki 
O‘jar tulpor, tong tulpor... 
yoki 
Olovli yalov tulpor kabilar 
Keltirilgan misolda tulporning ko‘zlari va tuyog‘i chaqmoqqa, yollari 
bayroqqa o‘xshatilmoqda. Otning ko‘rinishi esa tong va olovli yalovga nisbat 
berilmoqda. Dastlabki o‘xshatishlarda, ya’ni chaqmoq so‘zining ot ko‘zlari va 
tuyog‘iga o‘xshatilishida ham shoirning mohirligi sezilib turadi.Shoir chaqmoq 
so‘zini ko‘zga nisbatan qo‘llaganda ot ko‘zining shakliy tomoni – chaqnab 
turishiga asoslangan bo‘lsa, tuyoqqa nisbatan qo‘llaganda esa otning yugurikligini 
chaqmoqning yalt etib ko‘rinishidagi tezlikka qiyoslamoqda. Agar she’rda 
qo‘llanilgan har bir o‘xshatish leksik yoki grammmatik ko‘rsatkichlar bilan 
keltirilganda she’rdagi poetik ohangdorlik, ta’sirchanlik unchalik kuchli bo‘lmas 
edi. 
Usmon Azim “Beshafqat ballada” she’rida to‘yma-to‘y yuruvchi raqqosa 
tasvirini berar ekan, unga o‘zining munosabatini ifodalashda o‘xshatishga murojaat 
qiladi va kitobxon ko‘z o‘ngida raqqosa obrazini gavdalantiradi: 
Ishva bozori bu!

Yüklə 437,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə