Биринчи боб



Yüklə 437,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/28
tarix04.06.2023
ölçüsü437,33 Kb.
#115380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Kitob 3436 uzsmart.uz

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


14 
1. USMON AZIM SHE’RIYATIDA LINGVOPOETIK VOSITALARNING 
QO‘LLANISHI
Badiiy matn bilan bog‘liq muammolarni o‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixi 
davomida shakllangan o‘ziga xos milliy xarakteri, urf-odatlari, milliy qadriyatlari 
va an’analarini yaxshi bilmasdan turib, bu haqda ilmiy-nazariy xulosalarga kelish 
aslo mumkin emas. Chunki badiiy ijod, adabiyot millat ma’naviy qiyofasining 
yorqin ifodasi bo‘lib, ular bir – biri bilan chambarchas bog‘liqdirki , bu bog‘liqlik
xalqning tarixi, ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar, tili lug‘at 
tarkibidagi yangiliklar bilan ajralmasdir. 
Badiiy matn deganda, ma’lum bir xalq, ijtimoiy guruh o‘rtasida asrlar 
mobaynida avloddan – avlodga o‘tib kelgan o‘ziga xosliklarning badiiy tarzda, 
tildagi badiiy vosita va usullar yordamida o‘z ifodasini topishi tushuniladi. Badiiy 
ijodga muayyan millat yashaydigan joy, uning turmush tarzi, siyosiy-iqtisodiy 
sharoiti, e’tiqodi, urf-odat va milliy qadriyatlari jiddiy ta’sir ko‘rsatadi va bu o‘z – 
o‘zidan badiiy ijodda o‘z aksini topadi. 
Yuqorida qayd etilgan ichki va tashqi omillar ta’sirida har bir millatning 
boshqa millatlardan ajratib, farqlab turadigan o‘ziga xos milliy xususiyatlari 
bo‘ladi. Mazkur xususiyatlarni ko‘rsatib berish shoir va yozuvchilarning tildagi 
mavjud leksik va frazeologik birliklardan foydalanish mahoratiga bog‘liq bo‘lib, 
bu ularning individual uslubini belgilab beradi. 
O‘zbek tilshunosligida badiiy asar tilini o‘rganish borasida olib borilayotgan 
tadqiqotlar ham o‘z ko‘lamini tobora kengaytirib doimo o‘sish va o‘zgarishda 
ekanligi seziladi. Matn tahlili bilan bog‘liq ishlarda shaxs va til o‘rtasidagi 
aloqadorlikni yoritib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prof. Sh.Safarov 
to‘g‘ri ta’kidlab o‘tganidek, «Natijada tilshunoslikning mantiq, psixologiya, bilish 
nazariyasi kabi kognitiv fan sohalari bilan hamkorlikka ehtiyoji kuchaymoqda»
1

Demak, olim tomonidan ta’kidlab o‘tilgan muammo, ya’ni hozirgi kunda 
1
Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик. 
– 
Жиззах: Сангзор, 2006, 7
-
бет.


15 
tilshunoslar e’tiborida turgan shaxs va til munosabati matn bilan bog‘liq 
kuzatishlarda bevosita mavzu mohiyatini yortishda kognitiv yondashuv zarurligini 
ko‘rsatadi. Tilshunoslar tomonidan tan olingan tadqiq usullari poetik matnlarni, 
xususan, Usmon Azim she’riy asarlari tilini lingvistik jihatdan tahlil qilishimizda 
ham yordam beradi. Alohida olingan ijodkor asarlarida qo‘llanilgan til 
birliklarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, ya’ni «lingvistik tahlil – kognitiv 
tahlilning bir turi, uning ma’lum bir ko‘rinishda namoyon bo‘lishidir»
1
.
O‘zbek tilshunosligida lingvopoetik yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlarda 
xalqimiz orasida yetishib chiqqan so‘z san’atkorlarining badiiy ijodlari,ular 
tomonidan yaratilgan badiiy asarlar tilining uslubiy, badiiy-estetik jihatlari haqida 
so‘z yuritilgan, ularda yozuvchi yoki shoirning o‘ziga xos tili va uslubi, badiiy til 
vositalaridan foydalanish mahorati, milliy an’ana va qadriyatlarimizga bo‘lgan 
munosabati, voqea-hodisalar tasvirini berishda o‘ziga xos yangidan yangi so‘z va 
iboralar yaratishi kabi masalalar to‘g‘risida fikr yuritilgan. A.Qahhor hikoyalari 
tilining badiiyatini ta’minlovchi leksik-stilistik vositalar bo‘yicha kuzatishlar olib 
borgan A.Hasanov o‘zbek tilshunosligida badiiy matnlarni o‘rganish bo‘yicha olib 
borilgan tadqiqotlarda erishilgan yutuqlarni qayd qilar ekan,shunday fikrlaydi: 
“Ayniqsa, M.Yo‘ldoshev tomonidan badiiy matn lingvopoetik xususiyatlarining 
o‘zbek tilshunosligida birinchi marta dissertatsion planda tadqiq etilishi bu 
boradagi ishlarni yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘tardi. Olim badiiy matnni 
lingvopoetik tahlil etishning yetti tamoyilini: shakl va mazmun birligi, makon va 
zamon birligi, matn tilining umumxalq tili va adabiy tilga munosabatini aniqlash, 
badiiy matnga badiiy-estetik butunlik sifatida yondashish va asar konseptini 
aniqlash, badiiy matnda poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash, badiiy 
matndagi eksplisitlik va implisitlik nisbatini aniqlash, badiiy matndagi 
intertekstuallik mexanizmlarining lisoniy va semantik xususiyatlarini aniqlash 
1
Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик. 
– 
Жиззах: Сангзор, 2006, 
9-
бет.


16 
tamoyillarini ishlab chiqdi”
1
. Darhaqiqat, har bir ijodkorning til birliklarini 
tanlashdagi o‘ziga xosligi u tomonidan yaratilgan badiiy matnda, u qanday 
ko‘rinishda bo‘lishidan qat’iy nazar, namoyon bo‘ladi. Badiiy matnni lingvopoetik 
tahlil qilish orqali shoir yoki yozuvchining o‘ziga xos uslubiy mahorati haqida aniq 
tasavvurga ega bo‘lish mumkin. 
Badiiy matnning asosiy quroli so‘z hisoblanadi. “Tilshunoslik fani badiiy 
adabiyot bilan uzviy aloqadadir. Chunki til aloqa vositasi sifatida muayyan axborot 
tashuvchi oddiy belgilar sistemasigina bo‘lib qolmay, balki tinglovchiga ta’sir 
qiluvchi qudratli vosita hamdir. Tilning birinchi funksiyasi an’anaviy va sistem-
struktur 
tilshunoslikning 
o‘rganish 
obyekti 
bo‘lsa, 
ikkinchi 
funksiyasi 
lingvopoetikaning 
o‘rganish 
obyektidir”,-deb 
yozadi 
A.Nurmonov 
va 
Sh.Iskandarova. “Lingvopoetika — lingvistik poetikaning qisqargan shakli bo‘lib, 
badiiy asarlarda qo‘llanilgan lingvistik birliklarning (fonetik, morfemik, leksik va 
boshq.) badiiy-estetik vazifalarini, tilning konnotativ funksiyasini o‘rganadi. 
Boshqacha aytganda, lingvopoetika badiiy nutqni o‘rganuvchi tilshunoslikning 
bo‘limidir. 
Badiiy nutq badiiy adabiyotning bayon qilish vositasi sanaladi. Filologiya 
tarixida badiiy asar tili va poetik til atamalari tez-tez uchrab turadi. Bu atamalar 
ifodalangan tushunchalar bir-biriga juda yaqin tursa ham, lekin o‘zaro ma’lum 
jihatlari bilan farq qiladi. "Obraz", "Uslub", "Ko‘chim (trop)", "Badiiy til", 
"Stilistika", "Poetika" kabi tushunchalar badiiy asar tili va lingvistik poetika uchun 
daxldor tushunchalardir... 
Amalda keng qamrovli obyektning ayrim fragmentlarigina badiiy nutqning 
tahliliga beriladi. Ana shunday asosiy fragment badiiy asar tili sanaladi. 
Ko‘rinadiki, badiiy nutq badiiy asar tiliga nisbatan kengroq tushunchadir. U tilning 
ekspressiv funksiyasini o‘z ichiga oladi. 
1
Ҳасанов А.А. А.Қаҳҳор ҳикоялари тилининг бадииятини таъминловчи лексик
-
стилистик воситалар 
Филол.фан.номз. ...дисс.автореф. 
-
Тошкент,
2010, 8-
бет.


17 
Badiiy asar tili esa badiiy nutqning bir ko‘rinishi, bir fragmenti hisoblanadi. 
Badiiy nutqni o‘rganuvchi LP (lingvistik poetika) ham til sistemasining barcha sath 
birliklarining badiiy-estetik funksiyasini qamrab oladi. Fonetik-fonologik sathda 
fonetik birliklar ham badiiy-estetik vazifa bajarishi mumkin. Xususan, bir xil 
tovushlarning, bir xil bo‘g‘inlarning takrorlanishi she’riyatda go‘zallikni, 
ta’sirchanlikni ta’minlovchi vosita sanaladi.Leksik sathda leksemalarning ko‘chma 
ma’nolarda qo‘llanilishi ham LPning tekshirish obyekti sanaladi. 
Shuningdek, gap bo‘laklarining o‘rinlashishi, gap tarkibida bir xil 
bo‘laklarning takrorlanishi kabi hodisalar ham badiiy nutqni shakllantirishda 
xizmat qiladi.Shunday qilib, LP tilning qaysi sath birligining badiiy-estetik 
funksiyasini o‘rganishiga qarab fonetik poetika (FP), leksik poetika (LP), sintaktik 
poetika (SP) kabi qismlarga bo‘linadi. 
LPning har qaysi turini alohida-alohida o‘rganish va ularning o‘zaro 
munosabatini ochish hozirgi tilshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan 
biridir”
1

Ijodkor til birliklarini o‘rinli qo‘llay olsagina u tomonidan yaratilgan asar 
o‘quvchi tomonidan yaxshi qabul qilinadi.To‘g‘ri tanlangan til vositalari badiiy 
matnda qo‘llanilar ekan, o‘quvchiga badiiy-estetik ta’sir qilish vositasiga aylanadi 
va unda asarda tasvirlangan voqea-hodisa, kishilar xarakter-xususiyatlari badiiy 
tarzda o‘z ifodasini topadi.Bu esa badiiy asar ijodkori tili va uslubi to‘g‘risida 
ma’lum bir xulosalarga kelishga asos bo‘ladi.
Usmon Azim ijodida lingvopoetik vositalar muhim o‘rin egallaydi.
Shoir she’riyati tilini lingvopoetik jihatdan tadqiq etish jarayonida uning badiiy 
tasvirning usul va vositalarini yaxshi bilishi va o‘z she’rlarida ulardan mohirona 
foydalana olishining guvohi bo‘lamiz.

Tahlil jarayonida shoir asarlarida 


lingvopoetik vositalarning keng qamrovli ekanligi, ularning xalqona ohang hosil 
1
Нурмонов А., Искандарова Ш.
Тилшунослик назарияси. Ўқув қўлланмаси (магистрлар учун).
– 
Тошкент, 
2008, 151-152- 
бетлар



18 
qilishda, takrorlanmas badiiy obrazlar yaratishda hamda boshqa shoirlar ijodida 
uchramaydigan turli xil ma’no nozikliklarini poetik tasvirlashda eng muhim
vositalardan ekanligi tobora oydinlasha boradi.Tilimizda badiiy asar tilining 
emotsional-ekspressivligi, obrazliligini ta’minlashga xizmat qiluvchi bunday 
vositalar “lingvopoetik vositalar”, “troplar”, “uslubiy vositalar”,”stilistik figuralar” 
kabi turli nomlar bilan yuritiladi.
 
Tilshunos olim N.Mahmudov shunday fikrlarni bildiradi: “Nutqda so‘zlarni 
ko‘chma ma’noda ishlatishning xilma-xil ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular 
ko‘chimlar (yoki troplar) nomi bilan umumlashtiriladi. Ko‘chimlarning asosida 
ikki narsa yoki tushunchani qiyoslash yotadi, ya’ni ikki narsa yoki tushuncha 
o‘rtasidagi muayyan munosabat (o‘xshashlik, umumiylik, aloqadorlik kabi) 
asosida tasviriylik, ifodalilik, aniqlikni kuchaytirish maqsadi bilan ulardan birining 
nomi ikkinchisiga ko‘chiriladi. Shuning uchun ham ko‘chimlar o‘ziga xos tasviriy 
vositalar sifatida nutqning ifodaliligini ta’minlashda alohida o‘rin tutadi”
1

Olimning bu fikrlari tilshunos S.Karimov tomonidan yanada aniqlashtirilganligi 
kuzatiladi. Olim badiiy uslubda ifoda-tasvir vositalarining qo‘llanishini tahlil qilar 
ekan shunday fikrlarni bayon qiladi:

Ularning troplar deb ataluvchi qismi obraz 
yaratishda bevosita ishtirok etsa, ikkinchi bir qismi – uslubiy figuralar esa, garchi 
obraz yaratmasa-da, ana shu obrazlarning shakllanishiga, barkamol, pishiq 
bo‘lishiga, o‘quvchining matnni to‘g‘ri va tez tushunib olishiga ko‘maklashadi. 
Ko‘chma ma’noda qo‘llanilayotgan, obraz yaratayotgan til birliklari darajasida 
bo‘lmasa ham,ular vaziyatga qarab qo‘shimcha ma’no ifodalaydi, tasvir obyektiga 
ijodkor bahosini beradi, yuksak emotsionallikni yuzaga keltiradi. O‘quvchi yoki 
tinglovchidagi hissiyotlarning junbushga kelishida tezlashtiruvchi vosita rolini – 
katalizatorlik vazifasini bajaradi, yozuvchiga ko‘makdosh bo‘ladi. Badiiy ijodning 
qiyinchiligi ham shundaki, yozuvchi his-tuyg‘ularni o‘zi qanoatlanadigan darajada 
ifodalay oladigan til birligini axtaradi. Ularni bir-birlariga chog‘ishtiradi, qarama-
qarshi qo‘yadi, yonma-yon qo‘llaydi, takror ishlatadi va hokazo. Zero, troplarning 
1
Маҳмудов Н.
Нутқ маданияти ва тилнинг эстетик вазифаси // Филология масалалари.
2006, 11-
сон, 
68 –
бет.


19 
o‘zi so‘zlarni asl ma’nolaridan ko‘ra ko‘proq ko‘chma ma’noda qo‘llashga 
intilishning natijasidir”
1
.
 
O‘zbek tilshunosligida lingvopoetik vositalar til birliklari ma’no 
taraqqiyotining namoyon bo‘lishi bo‘lib, ularning vujudga kelishi va 
shakllanishida ma’lum bir so‘zning uzual yoki okkazional ma’no doirasida 
yangidan yangi ma’no qirralari hisobga olinadi. Lingvopoetik vositalarning badiiy 
matn doirasida qo‘llanishi haqida fikr yuritganda ko‘proq ularning o‘zlari 
qo‘llangan matnda tutgan o‘rniga, shoir yoki yozuvchining maqsadi, qolaversa, 
ijodkorning individual uslubi nuqtai nazaridan yondashish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. Chunki har qanday badiiy matnda ijodkorning o‘ziga xos xususiyatlari, 
tabiat va jamiyatga, unda bo‘layotgan o‘zgarishlar, voqea-hodisalar, odamlarga 
subyektiv munosabati, tafakkur doirasi, e’tiqodi va dunyoqarashi kabilar 
lingvopoetik vositalar yordamida o‘zining badiiy ifodasini topadi.
Usmon Azim ijodida lingvopoetik vositalarning qo‘llanishini ko‘rib o‘tamiz. 

Yüklə 437,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə