Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti



Yüklə 112,76 Kb.
səhifə6/7
tarix07.06.2023
ölçüsü112,76 Kb.
#115803
1   2   3   4   5   6   7
e8UDOXT5bHGQGEOD707

Darsni tugatish:


Shuning bilan darsimiz o’z nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun raxmat. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarga a’lohida raxmat. Keying darslarda ham faollikni kutib qolaman. Uyga vazifani o’rinlab keling. Keyingi darslarda ko’rishguncha. O’zingizni asrang!

Dars davomida qo’llanilgan metodning asosiy mazmuni va maqsadi.


Darsda qo’llanilgan “Alpinist” metodi o’quvchilarni guruh bilan ishlashga va bir birining fikrini hurmat qilishga o’rgatadi. Sog’lom raqobat orqali harakatchan va chaqqon bo’lishni o’rgatadi. Dars davomida mavzuni diqqat bilan tinglab, shu ma’lumot o’yinda beriladi degan fikr bilan fizika darsini past o’zlashtiruvchi o’quvchilarni ham bilimga chorlash mumkin. Bu taktika qiziqtirish orqali bilim berish hisoblanadi. O’quvchilar guruhining alpinistiga diqqatini qaratadi va boshqa guruhdan o’zib ketishga harakat qiladi. Aksincha alpinisti orqada qolayotgan guruh a’zolari o’z faoligini oshirishi kerakligini tushunib yanada tezroq harakat qilishadi. Bu o’yin o’quvchilarga yangilik bo’lganligi sabab mavzu qiyinligi sezilmay qoladi. Aslida maqsad ham shu.
Fizika fanini iloji boricha oson o’rgatish usulini izlab topish va tinmay shuning ustida ishlash deyiladi. Alpinist metodi insonni o’z oldiga yuqori maqsadlar qo’yishga o’rgatadi. Dars davomida alpinisti ortda qolgan guruh ham ma’lum balandlikka ko’tarilgan. Demak darsda rivojlanish va o’sish kuzatiladi.
Darsda qatnashgan o’quvchi qo’limdan keladi, uddalay olaman deya harakat qiladi. Yutqazgan jamoa ham uddalashim mumkin edi, keyingi darsda albatta uddalayman degan fikrda bo’ladi. Guruh bilan ishlash davomida bir biri bilan fikr almashinilib, bilmaganlarni o’rganishadi. Guruh faollari psixologik jihatdan liderga aylanadi. Mas’uliyatli bo’lishga o’rgatadi. Guruh a’zolari bir birining kamchiliklarini to’ldirib boradi. Har bir o’quvchi bu o’yinda o’zini alpinist deb tasavvur qiladi va alpinistning yuqoriga ko’tarilishi unga bo’g’liq deb hisoblaydi va atigi bir qadam bo’lsada alpinistni yuqoriga ko’tarishga hissa qo’shadi. Guruh a’zolaridan har biri alpinistni necha qadam yuqoriga ko’targanligini bilib o’ziga bo’lgan ishonchi ortadi. Darsda kam qatnashadigan o’quvchilarga darajasiga qarab savol berilsa maqsadga muvofiq. Chunki darsda kam qatnashadigan o’quvchi e’tibordan chetda qolsa uning o’zlashtirishi o’zgarmaydi. Agar rag’batlantirilsa sezilarli darajada o’zlashtirish qobiliyati ijobiy tomonga o’zgaradi. Qiyin savol berish past o’zlashtiruvchi o’quvchini psixologik sindiradi. Chunki u men hech qachon uddalay olmayman degan fikrga keladi. Dars davomida hechkim e’tibordan
chetda qolmasligi kerak. Yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchilarga esa qo’shimcha topshiriq berilishi lozim, ular darsda yangi bilimlar o’rgangisi keladi. Elementar darajadagi savollar ularni zeriktirib qo’yadi.
Keyingi o’yin aynan kayfiyatni ko’taruvchi va faollashtiruvchi o’yin hisoblanib, o’quvchilarni darsdagi charchoqlarini unutishga yordam beradi. Bu o’yin qaynoq kartoshka deb ataladi. Bu metodning vazifasi xotirani yaxshilash va madaniy hordiq olish bilan birga fizikani rivojlantiradi. Fizik terminlarni aytish oson va qiziqarli. Bu oddiy so’z o’yini, ammo fizikaga bog’liq. O’quvchilar bunini oson qabul qiladi. Koptok bilan o’tkazish esa epchillik va tezkorlikni talab qiladi. Koptok bu o’yinni yanada qiziqtirish va tezkorlikni oshirish uchun hizmat qiladi. Aynan koptok o’g’il bolalarga ham, qiz bolalarga ham juda tanish va doimo qiziqarli narsa hisoblanib, koptok bilan bog’liq o’yinlarga qiziqish kattaroq. O’quvchilarni sportga muhabbatini oshiradi.
Darsda harakatli o’yinlar tashkil qilish juda foydali. Masalan maktab o’quvchilari 45 daqiqa davomida bir o’rinda qo’zg’almay o’tirishi zerikish va dars o’rtalarida horg’inlik yuzaga keladi, o’quvchi tanaffus tezroq bo’lishi yoki boshqa o’zining muammolari haqida o’ylay boshlaydi. O’quvchi dars qanchalik bir hillikda o’tsa shuncha zerikadi. O’yin esa ham aqliy ham jismoniy faollikni oshiradi. Jismoniy va aqliy faollik insonning fikrini te’ranlashtiradi va sog’lik uchun juda foydali. Miyaga kislorod yaxshi yetib boradi va aqliy faoliyatga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Dars davomida faqat bilim olish emas o’quvchining salomatligi ham alohida ahamiyatga ega. Chunki maktab ta’lim va tarbiya maskani. Har bir o’qituvchi mas’uliyatli bo’lishi lozim.
Demak dars mukammal tashkillashtirilishi, har bir elementar detallarga ham e’tibor berilishi lozim. O’qituvchi xatolashishga haqqi yo’q. Chunki o’qituvchi o’quvchilar uchun ideal inson sifatida gavdalanadi.

Yüklə 112,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə