Muloqot psixologiyasi



Yüklə 23,8 Kb.
tarix17.12.2023
ölçüsü23,8 Kb.
#149639
Muloqot psixologiyasda esse


Muloqot psixologiyasda esse

Kommunikativ- muomala sub’ektlarning o’zaro bir-biri bilan axborot, hissiy kechinmalar, va fikr almashinuvini ta’minlaydi.



  1. Interaktiv- sub’ektlarning o’zaro bir-birlarining xulq-atvoriga ta’sirlarini ta’minlovchi jarayon.

  2. Perseptiv- sub’ektlarning bir-birilarini to’g’riroq, aniqroq idrok qilish va baholashlarini ta’minlovchi muloqot tomoni.

  3. Identifikatsiya- suhbatlarning hissiy kechinmalarining idrok qilgan holda fikran uning mavqeida tura bilishi, uning xolatiga kirishga intilish.

  4. Stereotipizatsiya- ongda o’rnashib qolgan tasavvurlardan foydalanish.

  5. Kauzul atributsiya- shaxsning hissiy kechinmalari va tasavvurlarida o’rnashib qolgan qoliplardan noto’g’ri foydalanish natijasida muloqotning samarasiz yoki xato kechishi.

  6. Plastik va adekvatlik sifatlari- egiluvchan , moslashuvchan.

  7. Muloqot strategiyasi- muloqotning qanday shaklda o’tishi tushuniladi.

  8. Muloqot shakllari- dialogik, monologik, ochiq yoki intim (sirli, yashirin) rasmiy yoki shaxsiy norasmiy.

  9. Muomala texnikasi- uning samarasini ta’minlovchi psixologik omillar, (kommunikativlik malakalari va ko’nikmalar) vositalar, (nutq, nutqiy-verbal, nutqsiz-noverbal) usullar (hissiy-emotsional, psixologik-xarakterologik) tushuniladi.

  10. Noverbal vositalar- fazoviy joylashish, ohanglar va emotsional qo’llab quvvatlash mexanizmlari kiradi.

  11. Muloqot- birgalikdagi ehtiyojlardan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarga kirishishi jarayonlaridir.

Har qanday faoliyat odamlarning bir-birlari bilan til topishishni,bir-birlariga turli xil ma’lumotlar o`zatishni,fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o`rni, ishlarining muvoffaqiyati, obro`si uning muloqotga kirish qobilyati bilan bevosita bog`liq.
Shaxslararo muloqot jarayoni juda murakkabdir. B.F.Pariginning yozishicha, «muloqot shunchalik ko`p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi»
Individlarning o`zaro ta’sir jarayoni
Individlar o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni
Bir shaxsning boshqa bir shaxsga munosabati jarayoni
Bir kishining boshqalarga ta’sir ko`rsatish jarayoni.
Bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati
Shaxslarning bir-birlarini tushinish jarayoni
Muloqotning turli shakllari va bosqichlari mavjud:



Dastlabki bosqich –odamning o`z-o`zi bilan muloqotidir. T. Shibutani «Ijtimoiy psixologiya» kitobida «Agar odam ozgina bo`lsa ham o`zini anglasa, demak, o`z-o`ziga ko`rsatmalar bera oladi»,-deb yozgan edi.


Ikkinchi bosqichi boshqalar bilan muloqot- muloqotnidir. Odamning o`z-o`zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o`z-o`zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o`zini chetga tortib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda jiddiy qiyinchilikni boshidan kechiradi deyish mumkin.
Uchinchi bosqich avlodlar o`rtasidagi muloqot. Bu muloqot tufayli har bir jamiyatning o`z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo`ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilgor vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta’lim-tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar.


Har qanday muloqot rasmiy yoki norasmiy bo`ladi.
Rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvoridan kelib chiqadi. Masalan, rahbarning o`z xodimlari bilan, professorning talaba bilan muloqoti.
Norasmiy muloqot odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o`sha suhbatdoshlarning fikr-uylari , niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. M: do`stlar suhbati, poyezdda uzoq safarga chiqqan yo`lovchilar suhbati, tanaffusda talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi suhbati. Odamlarning asl tabiatiga mos bo`lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko`proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin bunday muloqotga ham qobiliyat kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko`ngilligi, suhbatlashish yo`llarini bilish, til topishish qobiliyati, o`zgalarni tushunish va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir kursatadi. Shuning uchun hamma ham rahbar bo`la olmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo`l uravermaydi, chunki buning uchun ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardor bo`lish talab etiladi.

Muloqot mavzui va yo`nalishiga ko`ra:


Ijtimoiy yo`naltirilgan ( keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan).
Guruhdagi predmetga yo`naltirilgan (mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki biror topshiriq bajarish jarayonidagi muloqot).
Shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o`z muammolarini yechish maqsadida o`rnatgan munosabatlari).
Pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o`rtasida amalga oshiriladigan murakkab o`zaro ta’sir jarayoni).
Har bir muloqot turining o`z qonun-qoidalari , ta’sir usullari va yo`l-yo`riqlari borki, ularni bilish har bir kishining, ayniqsa, odamlar bilan doimo muloqotda bo`ladiganlarning burchidir.

Yüklə 23,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə