Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti


Dars jarayonida qo’llaniladigan boshqa pedagogik texnologiyalar



Yüklə 112,76 Kb.
səhifə3/7
tarix07.06.2023
ölçüsü112,76 Kb.
#115803
1   2   3   4   5   6   7
e8UDOXT5bHGQGEOD707

Dars jarayonida qo’llaniladigan boshqa pedagogik texnologiyalar


Dars davomida atom fizikasini chuqurroq o’rgatish uchun turli hil metodlardan foydalanish mumkin. Masalan slaydlar darsni to’liq tushuntirishga yordam beradi. Nazariyani tasavvurida gavdalantirish uchun juda qo’l keladi. Chunki atomning modeli yoki shunga o’xshash rasmlar yordamida darsni tushuntirish va tushunish osonroq.
Darsda qo’llash mumkin bo’lgan yana bir metod bu “Yashnagan daraxt” deb nomlanadi. Bu o’yinda o’quvchilar daraxt rasmi chizilgan katta qog’ozdan foydalanishadi. Daraxt shoxlariga barglar yopishtirishadi. Qaysi guruh daraxtining barglar soni ko’p bo’lsa shu guruh g’olib bo’ladi. Bu ham o’qitishning qiziqarli va samarali usulidir [2].
Yana bir metod “B.B.B” deb nomlanadi. Bu Bilganlarim, Bilib oldim, Bilishim kerak deb nomlanadi. Bu o’yinda qaysi o’quvchi darsni qay darajada ushunganligini bilib olish mumkin. O’quvchining bilishim kerak bandiga javob beriladi. O’quvchi dars davomida o’rganganlarini ayni shu paytda sintez qiladi va barcha ma’lumotlarni eslab qog’ozga tushuradi. O’yinning darsga bo’lgan reaksiyasi juda katta. Chunki o’quvchi bu o’yinni o’ynash jarayonida psixologik xotirani charxlaydi.
Yana bir o’yin “Davom ettir” deb nomlanadi. Bu o’yin sharti quyidagicha: Bir o’quvchi fizik termin aytadi, ikkinchi o’quvchi uning oxirgi harfiga boshqa bir fizik termin aytadi. o’yin o’quvchilar soni tugaguncha davom etadi. Masalan: atom, massa, amorf, foydali ish koeffitsienti, ion, nuklon, nikel, lupa, amper, resistor, reostat, temperatura, atmosfera, ampermetr, radioaktivlik, kelvin.
Bu o’yin aqlni charxlaydi. So’z boyligini oshiradi va fikrni jamlashga o’rgatadi. Dars davomida olingan ma’lumotlarni va ayniqsa butun fizika kursini takrorlashga yordam beradi.
Keyingi metod “Do’stingni tanla va masalani yech”deb nomlanadi bunda barcha o’quvchilarga kartochkalar beriladi. Kartochkalarda masala berilganlari yozilgan. Lekin nimani topish kerakligi yozilmasdan boshqa kartochkaga yozilgan.
Bola qo’shnisini ya’ni masala shartining davomini topishi kerak va masalani ikki kishi bo’lib hamkorlikda ishlab o’qituvchiga topshirishlari lozim.
Navbatdagi o’yin “Xatoga yo’l qo’yma”
Doskada quyidagi formulalar yozib qo’yiladi o’yin qoidalari o’qituvchi harbir komandadan navbat bilan bir o’qituvchini doskaga chaqiradi. Kvadratcha o’rniga shunday son yoki harfni yozingki, natijada to’g’ri tenglik hosil bo’lsin. Hammasini yozib bo’lgandan keyin formulalarni diqqat bilan tekshirish talab qilinadi.
So’ngra o’ng tomonini yopib qo’yib chap tomonini keltirib chiqarish va aksincha talab qilinadi. Undan keyin esa butunlay formulani yopib qo’yib, uni yozish talab qilinadi.
Topshiriqni to’g’ri bajarsa 5 ball, to’gri bajarolmasa 2 ball, tartibni buzganlardan 1 ball ayriladi.
Bu o’yinni atom fizikasi mavzularidan masala yechish darsida foydalanish maqsadga muvofiq.
Keyingi o’yin«Loto».
Maxsus convert ichida kartochkalar toplami va katta karta solinadi va o’qituvchilarga tarqatiladi. Katta kartada 6 ta to’g’ri to’rtburchak, o’quvchilarda esa stolchadagi 7-8 ta kartochka beriladi. o’quvchi kichik kartochkadagi misolni yechib javobini chiqaradi va katta kartada turgan son joylashgan to’rtburchak ustini yopadi kichkina kartochkalarning orqa tomonlari birlashganda birinchi bor rasm, chizma, yoki harfni ifodalaydi. Agar misollar to’g’ri yechilsa bu yaqqol o’qituvchi va o’quvchilarga ko’rinadi. [3]

Yüklə 112,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə