Baholash ishi



Yüklə 47,13 Kb.
səhifə5/7
tarix08.06.2023
ölçüsü47,13 Kb.
#116189
1   2   3   4   5   6   7
BBI-50 Tadjibayeva Gulnoza - Hisobot

Qiyosiy yondashuv.
Qiyosiy yondashuv – baholanayotgan obyekt bir yoki bir necha o’xshash analoglar yordamida baholanadi.
Qiyosiy yondashuv deganda aktiv qiymatini baholashning baholanayotgan aktivni analog aktivlar bilan tuziladigan bitim yoki taklif narxlari haqida axborot mavjud bo‘lganda shunday aktiv bilan qiyoslashga asoslangan usullari yig‘indisi tushuniladi. Qiyosiy yondashuv almashtirish prinsipiga asoslanadi.
Qiyosiy yondashuv usullari taqqoslanuvchi baholash obyektlarining faol bozori mavjud bo‘lganda samarali bo‘lib, obyektning haqiqatan ham bozor qiymati haqida tasavvur beradi.
Qiyosiy yondashuvni quyidagi holatlar mavjud bo‘lganda qo‘llash va uning salmog‘ini ko‘tarish kerak bo‘ladi:

  • baholanayotgan aktiv baholashda qo‘llanilayotgan baholash bazasi nuqtai nazardan e’tiborga olish mumkin bo‘lgan yaqinda tuzilgan bitimda sotilganda;

  • baholanayotgan aktiv yoki mohiyatiga ko‘ra unga o‘xshash aktivlar bozorda ko‘plab sotilsa;

  • mohiyatiga ko‘ra o‘xshash aktivlar bilan yaqinda amalga oshirilgan bitimlar mavjud bo‘lsa.

Ko‘pchilik aktivlarning turli xilligi, ayrim hollarda bir xil yoki o‘xshash aktivlar bilan bitimlar haqidagi bozor ma’lumotlarini topish imkonini bermaydi. Qiyosiy yondashuvdan foydalanilmasdan, boshqa yondashuvlar qo‘llanilganida ham dastlabki bozor ma’lumotlaridan yuqori darajada foydalanilishi kerak.
Qiyoslanuvchi bozor axboroti xuddi shunday yoki mohiyatiga ko‘ra xuddi shunday aktivlarga tegishli bo‘lmaganda, baholovchi baholanayotgan va qiyoslanayotgan aktivlar o‘rtasidagi sifat va miqdoriy o‘xshashlik hamda farqlarni qiyosiy tahlil qilishi lozim. Bunda tegishli axborotga qiyosiy tahlil natijalarini hisobga olib tuzatishlar kiritish hamda baholovchi tomonidan tuzatishlar kiritish sabablari hujjatlashtirilib qo‘yilishi, miqdoriy bahoni qanday berganligini tushuntirib berishi lozim.
Qiyosiy yondashuvni qo‘llaganda asosiy talab qiyoslash obyektini (analogni) to‘g‘ri tanlash hisoblanadi. Qiyoslash obyekti baholanayotgan obyekt bilan nafaqat funksional, balki klassifikatsion o‘xshashlikka ega bo‘lishi, ya’ni baholanayotgan aktiv va qiyoslash obyekti vazifasi hamda eng asosiy narxni hosil qiluvchi parametrlari qiymatlari bo‘yicha bitta klassifikatsion guruhga mansub bo‘lishi zarur.
Qiyosiy yondashuvda ko‘pincha taqqoslanuvchi obyektlar tanlanmasidan olinadigan bozor multipikatorlaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi, ularning har biriga o‘z multiplikator qiymati xos bo‘ladi. Mavjud qiymatlar ichidan munosib multiplikatorni tanlashda sifat va miqdoriy omillarni e’tiborga oladigan asoslashni taqozo etadi.
Aktiv qiymatini qiyosiy yondashuv orqali baholashda quyidagi asosiy usullardan foydalaniladi:

  • taqqoslanuvchi bitim usuli;

  • kapital bozori (analog-kompaniya) usuli.

Qiymat ko‘rsatkichini olish uchun taqqoslanuvchi bitimlar usuli qo‘llanilganda baholanayotgan aktivga o‘xshash yoki xuddi shunday aktivlar bilan bitimlar haqidagi axborotdan foydalaniladi. Agar taqqoslanuvchi bitimda baholanayotgan aktiv ishtirok etsa, bu usul “oldingi bitimlar usuli” deb ataladi.
Taqqoslanuvchi bitimlar usulini qo‘llaganda baholash obyekti parametrlarini qiyosiy tahlil qilishning turli xil natijalaridan, shuningdek taqqoslash uchun baza bo‘lib xizmat qiladigan “taqqoslash birligi” parametrlaridan foydalanish mumkin. Bularga quyidagilar kiritilishi mumkin:

  • kvadrat metr bahosi ― ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ko‘rib chiqishda kvadrat metr bahosi taqqoslash birliklaridan biri sifatida qaraladi, bunda bir kvadrat metr uchun ijara haqi hamda kapitallashtirish stavkalari aniqlanadi;

  • soliqlarni, foizlarni va moddiy va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini chegirgungacha bo‘lgan foyda (bundan buyon matnda EBITDA deb yuritiladi) multiplikatorlari, narx/foyda multiplikatori, narx/tushum multiplikatori va narx/balans qiymati multiplikatori ― biznesni baholashda qo‘llaniladigan taqqoslash birliklaridan biri hisoblanadi;

  • daromadlilik va foiz stavkalari sperdlari (foiz stavkasidan yuqori marja) ― moliyaviy vositalarni baholashda qo‘llaniladigan taqqoslash birliklari hisoblanadi.

Foydalaniladigan taqqoslash birliklari bir-biridan aktiv mansub bo‘lgan guruh, tarmoq va mintaqaga bog‘liq holda farq qilishi mumkin.
Kapital bozori (analog-kompaniya) usuli taqqoslash uchun baza sifatida baholanayotgan aktivga o‘xshash yoki xuddi shunday ommaviy sotiladigan taqqoslanuvchi aktivlar haqidagi axborotdan foydalanishni nazarda tutadi.
Kapital bozori usuli taqqoslanuvchi bitimlar usuliga o‘xshash bo‘lib, ayrim farqlari bundan mustasno, ular ochiq bozorda savdo qilinadigan taqqoslanuvchi aktivlarga bog‘liq bo‘ladi. Quyidagilar kapital bozori usulining taqqoslanayotgan aktivlarning ochiq bozorda sotilishi bilan bog‘liq farqli jihatlari hisoblanadi:

  • faqat baholash sanasidagi qiymat bahosi ko‘rsatkichlaridan foydalanish mumkin;

  • taqqoslanuvchi aktivlar haqidagi bunday axborotdan ochiq foydalanish mumkin;

  • ochiq foydalaniladigan axborot buxgalteriya hisobi standartlarini hisobga olgan holda tayyorlanadi.

Kapital bozori usulidan, baholanayotgan aktiv ochiq bozorda sotiladigan analog-obyektga juda o‘xshash bo‘lgandagina foydalanish mumkin, bu ularning to‘g‘ri taqqoslanishini ta’minlaydi.
Xususiylashtirish maqsadida baholash obyektlari baholanganda qiyosiy yondashuvning quyidagi usullarini biridan foydalaniladi:
- baholash obyekti bilan oldingi bitimlar usuli;
- kapital bozori usuli;
- bitimlar usuli;
- bozorga oid taqqoslashlar usuli;
- analog bilan to’gridan-to’g’ri taqqoslash usuli.

Yüklə 47,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə