Baholash ishi


Baholash faoliyatiga doir bo`lgan informatsion komunikatsion dasturiy ta`minotini amaliy o`rganish



Yüklə 47,13 Kb.
səhifə3/7
tarix08.06.2023
ölçüsü47,13 Kb.
#116189
1   2   3   4   5   6   7
BBI-50 Tadjibayeva Gulnoza - Hisobot

Baholash faoliyatiga doir bo`lgan informatsion komunikatsion dasturiy ta`minotini amaliy o`rganish
Mavjud sharoitdan kеlib chiqqan hоlda, qоnuniy hujjatlar yaratilib, kоrхоnalarni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish jarayonlarida chеt el investitsiyalarini jalb qilish va investitsiоn iqlimni yaхshilash bоrasida hukumat tоmоnidan dоimiy ravishda mе’yoriy хujjatlar ishlab chiqib, qabul qilinmоqda. Bu islоhоtlar o’zida yangi nоrmativ aktlarni qabul qilishga, mavjud bo’lgan mе’yorlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishga, davlat kоrхоnalarini хususiy mulkga aylantirishda yordam bеradi. Chеt el invеstоrlarining davlat tasarrufidan chiqarish va kоrхоnalarni хususiylashtirish jarayonida, chеt el invеstоrlarining taklif va fikr mulоhazalari vazirliklar va idоralar tоmоnidan o’rganilmоqda. Umumiy taklif va fikr mulоhazalar natijalari tahlil qilinib o’rganilgandan so’ng, kоrхоna aksiya pakеtlarini o’zlashtirishda yoki оb’еktni umumiy tarzda sоtib оlishda ularga yangi imtiyoz va imkоniyatlar yaratib bеrishga qarоrlar qabul qilinmоqda.
Baholash jarayonining axborot (informatsion) ta'minoti - mulkiy huquq subyektlari va potentsial mulkdorlarning fuqarolik huquqi obyektlari holati va u bilan bog’liq jarayon va hatti-harakatlarni transparent (informatsion shaffof) ifodalashga qaratilgan axborotlar va hisobotlar tizimi (mexanizmi) bilan ta'minlanganligi. Fuqarolik huquqi obyektlari bo'yicha informatsion munosabatlar o'z ichiga mulkiy huquq subyektlarining faoliyatidagi transparentlikka asoslangan turli axborot va hisobotlar shakllantirishi, almashinish, taqdim etish faoliyati jarayonidagi me'yorlarini oladi. Bunda transparentlik mulkdorlar huquq va manfaatlarini himoyalash, mulkiy munosabatlarda ishonchli qaror qabul qilish maqsadlarida ta'minlanadi.
Dasturlaming turli xillari mavjud bo’lib, ularning har biri ma’lum bir ishni bajarishga moijallangan. Insonlarga o’xshab, kompyuterlar ham qandaydir ko’rsatmalarga yoki dasturiy ta’minotga muhtoj bo’ladi, chunki dasturiy ta’minotsiz ularning ishini, ichki va tashqi xotiralar bilan ishlashni, qo’shimcha qurilmalarga murojaat qilishni, foydalanuvchilar bilan muloqotni va kompyuter tarkibiy qismlarining bir maromda ishlashini ta’minlash mumkin emas.
Hozirgi paytda keng tarqalgan operatsion tizimlar SP/M, MS-DOS, UNIX, Apple Macintosh, Novell, Windows-95, 98 va Windows-2000, 2002 va boshqalar.
Kompyuterdan foydalanish samaradorligini oshirishda, uni ishlatishni yengillatishda va foydalanuvchilar uchun dasturlar tayyorlashni osonlashtirishga moijallangan dastur vositalari kompleksi dasturiy ta’minot tizimi deb yuritiladi. Kompyuteming DT o’z ichiga turli xil dasturlar to’plamini oladi. 23 Dasturlashni avtomatlashtirish tizimi (DAT) DTning bir qismi boiib, foydalanuvchilar uchun dasturlarini yaratish jarayonini avtomatlashtirishga moijallangan boiadi. Rivojlangan DATlar dasturlashtirish tillari, translyatorlar va sozlash dasturlarini o’z ichiga oladi. Sozlash dasturlari — dasturlar ishining to‘g‘riligini tekshirish va xatolami topish uchun ishlatiladi.
Mol-mulkni baholash standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, ularga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish tartibi toʼgʼrisida Nizom mol-mulkni baholashning yangi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek mol-mulkni baholashning amaldagi standartlariga oʼzgartirish qoʼshimchalar kiritish hamda ularning oʼz kuchini yoʼqotgan deb eʼtirof etish tartibini belgilaydi. O'zbekiston Respublikasida baholash faoliyatini "Baholash faoliyati to'g'risida"gi qonuni, O'zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-sonli "O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida" va 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli "Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko'rsatilayotgan hizmatlar sifati uchun ularning mas`uliyatini oshirish to'g'risida"gi qarorlari huquqiy tartiblashtiradi.
O’zbekiston Respublikasining Baholash faoliyati to’g’risida qonuni baholash faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladi. Baholash faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladi. Baholash faoliyatini litsenziyalash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Baholash faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiruvchi organ (bundan buyon matnda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) baholovchi tashkilotning qonun hujjatlarida belgilangan litsenziya talablariga va shartlariga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Baholovchi tashkilot baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo’lgan yuridik shaxsdir. Baholovchi tashkilot o’z faoliyatida mustaqildir. Xizmatlarning iste’molchisi (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi) yoki boshqa manfaatdor shaxslarning baholovchi tashkilot faoliyatiga aralashishiga yo’l qo’yilmaydi.
Baholovchi tashkilot qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va o’z faoliyatini amalga oshirishi mumkin, ochiq aksiyadorlik jamiyati bundan mustasno. Bunda quyidagi majburiy shartlarga rioya etilishi kerak:

  • baholovchi tashkilotning rahbari baholovchi bo’lishi;

  • baholovchi tashkilotning shtat birligi tegishli malakaga ega bo’lgan baholovchilarning shtatdagi eng kam soniga doir, qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo’lishi;

  • baholovchi tashkilotda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdordagi ustav fondining mavjudligi;

  • baholovchi tashkilotda baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sug’urta polisining mavjudligi. Baholovchi (baholovchilar) faqat bitta baholovchi tashkilotning muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori) bo’lishi mumkin.
    Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining baholovchi tashkilotni tashkil etishi, shuningdek baholash faoliyatini amalga oshirishi taqiqlanadi. Baholovchi belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir.

Baholovchi baholash ishlarini o’tkazishga, agar u baholovchi tashkilotning shtatida turgan bo’lsa yoki baholovchi tashkilot u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo’lsa, baholovchi tashkilot tomonidan jalb etilishi mumkin. Baholovchi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar o’tkazadigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar o’rtasida tuzilgan shartnoma asosidagina mutaxassis sifatida ishtirok etishi mumkin.
Baholovchining yordamchisi baholovchining malaka sertifikatiga ega bo’lmagan va baholovchining baholash ob’ektini baholashdan o’tkazish bilan bog’liq topshiriqlarini bajaradigan, baholash ob’ektini baholash to’g’risidagi hisobotni (bundan buyon matnda baholash to’g’risidagi hisobot deb yuritiladi) hamda baholashni o’tkazish bilan bog’liq boshqa rasmiy hujjatni imzolash huquqiga ega bo’lmagan jismoniy shaxsdir. Baholovchi yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomasida (kontraktda) belgilab qo’yiladi. Baholovchining yordamchisi sifatida ishlangan vaqt baholovchining malaka sertifikatini olish uchun zarur bo’ladigan ish stajiga qo’shiladi.
Baholash ob’ektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • alohida moddiy ob’ektlar (ashyolar);

  • shaxsning mol-mulkini tashkil etuvchi ashyolar majmui, shu jumladan muayyan turdagi (ko’char yoki ko’chmas) mol-mulk;

  • mol-mulkka yoki mol-mulk tarkibidagi ayrim ashyolarga bo’lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;

  • talab qilish huquqlari, majburiyatlari (qarzlar);

  • ishlar, xizmatlar, axborot;

  • intellektual mulk ob’ektlari va qonun hujjatlariga fuqarolik muomalasida bo’lishi mumkinligi belgilangan boshqa fuqarolik huquqlari ob’ektlari.

Baholash maqsadlariga qarab baholash ob’ekti xususida bozor qiymati yoki bozornikidan farqlanuvchi qiymat qo’yiladi. Baholash ob’ekti qiymati turlarining qo’llanish sohasi va ularning farqlanuvchi xususiyatlari baholash standartlari bilan belgilanadi. Baholash ob’ektini baholash pul shaklida amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasining Baholash faoliyati to’g’risida qonuni baholash ob’ektining bozor qiymati va bozornikidan farqlanuvchi qiymati belgilab bergan. Shunga muvofiq, baholash ob’ektining bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan narxi tushunilib, unga ko’ra mazkur baholash ob’ektining ochiq bozorda raqobat sharoitida, bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega bo’lgan holda o’z manfaatlarini yo’lida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladi, bitim narxining baland-pastligida esa biron-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qo’shilish majburiyati aks etmaydi. Agar biron-bir baholash ob’ektining baholashda majburiy o’tkazish talabi mavjud bo’lgan normativ hujjatda yoki baholash ob’ektining baholash to’g’risidagi shartnomada (matnda bundan buyon shartnoma deb yuritiladi) qiymatning aniq turi ko’rsatilgan bo’lmasa, mazkur ob’ektning bozor qiymati belgilanishi lozim.
Mazkur qoida normativ hujjatda baholash ob’ekti qiymatining turini aniqlovchi, ushbu Qonunda yoki baholash standartlarida nazarda tutilmagan atamalarda foydalanilgan taqdirda ham qo’llanishi kerak.
Baholash ob’ektining bozornikidan farqlanuvchi qiymati deganda mazkur baholash ob’ektining baholash ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilganidan farqli shartlarida o’tkazilgan eng ehtimol tutilgan baho tushuniladi. Baholashni o’tkazishni davlatga to’la yoki qisman qarashli baholash ob’ektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda, shu jumladan: baholash ob’ektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga topshirish yoki ijaraga berish maqsadida ularning qiymati aniqlanayotganda; baholash ob’ektlaridan garov narsasi sifatida foydalanayotganda; baholash ob’ektlari sotilayotganda yoki o’zga shaxsga boshqacha tarzda o’tkazilayotganda; baholash ob’ektlari bilan bog’liq qarz majburiyatlaridan boshqaning foydasiga voz kechilayotganda; baholash ob’ektlari yuridik shaxslarning ustav fondlariga ulush tariqasida berilayotganda majburiydir.
Baholash o’tkazish baholash ob’ektining qiymati to’g’risida nizo chiqqan taqdirda ham, shu jumladan: mol-mulk natsionalizatsiya qilinayotganda; ipoteka krediti berilayotganda; taraflardan birining talabiga binoan er-xotinning mol-mulki bo’linayotganda; mol-mulk mulkdorlaridan davlat ehtiyojlari uchun sotib olinayotgan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha tarzda olib qo’yilayotganda; soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’g’ri to’lanishi ustidan nazorat o’tkazilayotganda majburiydir.
Ushbu moddaning amal qilishi davlat unitar korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o’rtasida ularga xo’jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi bilan berkitib qo’yilgan mol-mulkni tasarruf etishda kelib chiqadigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Baholovchi tashkilot quyidagi qo’shimcha professional xizmatlar ko’rsatishi mumkin:

  • baholash to’g’risidagi hisobotlarning ishonchliligini ekspertiza qilish;

  • investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish, biznes-rejalar tuzish;

  • baholash jarayonini avtomatlashtirish va baholash faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish;

  • baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va ularning natijalarini tarqatish.

Baholash faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladi. Baholovchi tashkilot shartnomani bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida buyurtmachiga zarar yetkazilganligi uchun uning oldida javobgar bo’ladi. Buyurtmachiga etkazilgan zararning, shu jumladan boy berilgan foydaning o’rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot tomonidan qoplanishi kerak. Baholovchi baholash ob’ektini baholashni sifatsiz o’tkazganligi yoki lozim darajada o’tkazmaganligi, maxfiy ma’lumotlarni oshkor etganligi natijasida etkazilgan zarar yoki baholovchi tashkilotning zarar ko’rishiga olib kelgan boshqa xatti-harakatlar uchun baholovchi tashkilot oldida qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladi.
Baholovchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Mol-mulkni baholash standartlari quyidagilarni bеlgilaydigan o’zaro bog’liq normalar va qoidalar komplеksini ifodalaydi:

  • baholash tushunchalari va printsiplari;

  • baholash faoliyatida qo’llanadigan atamalar va ta'riflar;

  • qiymat turlariga qo’yiladigan talablar;

  • boshlang’ich axborotga qo’yiladigan talablar;

  • baholashni o’tkazish tartibi;

  • baholash usullarini qo’llash xususiyatlari;

  • baholash natijalarini rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablar;

  • boshqa talablar.

O'zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti 2020-yil 4-iyun kuni davlat ro'yxatidan o'tkazildi. Mazkur me'yoriy hujjat davlatimiz rahbarining Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida”gi Farmoni va 2019 yil 1 iyuldagi “Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqildi.
Standart eng yaxshi xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda, baholashning xalqaro tamoyillari asosida, mulkchilik shaklidan qat'i nazar ob'ektlarni baholashning yagona milliy standartlariga muvofiq tayyorlangan.
YaMBS tuzilmasi ikkita asosiy qismga – umumiy baholash standartlari va aktivlarni baholash standartlariga boʻlinadi.
Umumiy baholash standartlari oltita hujjatni oʻz ichiga oladi: 
1-son MBS «Baholash faoliyatida foydalaniladigan prinsiplar, atamalar va tariflar»;
2-son MBS «Baholashga oid vazifa»;
3-son MBS «Baholash jarayonida oʻtkaziladigan oʻrganishlar va tahlillar»;
4-son MBS «Baholash haqidagi hisobotni tuzish»;
5-son MBS «Baholash bazalari»;
6-son MBS «Baholash yondashuvlari va usullari».
Aktivlar qiymatini baholash standartlari beshta hujjatni oʻz ichiga oladi:
7-son MBS «Biznesni va biznesda ishtirok etish huquqini baholash»;
8-son MBS «Koʻchmas mulkni baholash»;
9-son MBS «Nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni baholash»;
10-son MBS «Mashina va uskunalarni baholash»;
11-son MBS «Tovar-moddiy zaхiralarni baholash»;
12-son MBS «Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini baholash»;
13-son MBS «Baholovchilar ishining sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qoʻyiladigan umumiy talablar».



Yüklə 47,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə