Baholash ishi



Yüklə 47,13 Kb.
səhifə1/7
tarix08.06.2023
ölçüsü47,13 Kb.
#116189
  1   2   3   4   5   6   7
BBI-50 Tadjibayeva Gulnoza - Hisobot


1-ilova

№___ ___ ___ 2021 y.


______________


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


Byudjet hisobi va g’aznachilik fakulteti

Baholash ishi va investitsiyalar”kafedrasi


BAHOLASH ISHI” TA’LIM YO’NALISHI BO’YICHA TANISHUV AMALIYOTI


H I S O B O T I


Bajardi: BBI-50 guruhi talabasi
Tadjibayeva Gulnoza Xilolitdinovna
Rahbar: k. o’q. Yunusova S.


Toshkent-2021
Reja:
Kirish

  1. Amaliyot o’tash joyi va baholash faoliyati bilan tanishish

  2. Baholash faoliyatiga doir bo`lgan informatsion komunikatsion dasturiy ta`minotini amaliy o`rganish

  3. Mulkni baholashda qo’llaniladigan yondashuvlar xususiyatlari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilovalar

Kirish
Men Tadjibayeva Gulnoza Xilolitdinovna 2021-yilning 1-fevralidan 13-fevraliga qadar “Veritas” baholash kompaniyasida amaliyotimni o’tadim.
Tanishuv amaliyotining maqsadi 5231500 – “Baholash ishi” ta’lim yo’nalishi talabalarining mutaxassislik fanlardan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va amaliyot bilan mustahkamlash, tegishli ishlab chiqarish jarayonlaridagi texnologiyalarni (ishlarni) bajarish, hamda sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni hosil qilishdan iborat.
Amaliyot davomida men biriktirilgan amaliyot joyidagi rahbardan baholash faoliyati to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’ldim. Jumladan, baholash jarayoni - bu baholanadigan ob'ekt qiymatining taxminiy qiymatini olish uchun ishlatiladigan bir qator bosqichlarni o'z ichiga olgan protseduralarning ma'lum bir ketma-ketligi. Yagona Milliy Baholash Standarti O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son “2017 ― 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-son “Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda xalqaro baholash standartlari tamoyillari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasidagi baholash faoliyatini normativ jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.1
Tanishuv amaliyoti mobaynida quyidagi vazifalarni amalga oshirishga harakat qildim:

  • nazariy bilimlarni amaliy bilim va ko'nikmalar orqali boyitish va kasbiy faoliyat bo'yicha orttirilgan bilimlarni chuqurlashtirish;

  • sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni shakllantirish;

  • amaliyot o'tashda zaruriy materiallarni to'play olish, ulardan unumli foydalanish hamda tizimlashtirish;

  • amaliyot o'tash natijasida olingan moliyaviy- iqtisodiy ko'rsatkichlarni tahlil qilish va omilli bog'liqlikda xulosalar yasash;

  • amaliyot o'tash natijalari asosida hisobotni sifatli tayyorlash va unda aks etgan materiallarning mazmun-mohiyatini tushunib yetish.


Yüklə 47,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə