Baholash ishi



Yüklə 47,13 Kb.
səhifə6/7
tarix08.06.2023
ölçüsü47,13 Kb.
#116189
1   2   3   4   5   6   7
BBI-50 Tadjibayeva Gulnoza - Hisobot

Xarajat yondashuvi.
Xarajat (mulkiy) yondashuvi – baholash obyekti qiymatiga qilingan xarajatlar nuqtai nazaridan yondashiladi va xususiylashtirish maqsadida mulkni baholashda sof aktivlar usuli yordamida amalga oshiriladi.
Xarajatli yondoshuvni qo'llash baholash obyektini tiklash yoki almashtirish imkoni mavjud bo'lganda amalga oshiriladi. Xarajatli yondoshuvni qo'llash orqali baholash quyidagi asosiy jarayonlarni o'z ichiga oladi:

  • Baholash obyektiga shunga o'xshash yangi baholash obyektini yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini aniqlash;

  • Baholash obyektining shunga o'xshash yangi obyektga nisbatan eskirganligi xajmini aniqlash;

  • Baholash obyekti qiymatini unga nisbatan shunga o'xshash yangi baholash obyektini yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini chegirib tashlash yo'li bilan hisoblash.

Xarajat yondashuvi baholash obyekti qiymatini baholashning baholash obyekti eskirishini hisobga olib, uni tiklash yoki almashtirish uchun zarur xarajatlarni aniqlashga asoslangan usullar yig‘indisi. Ushbu mulkni o‘rnini bosish uchun asl mulkning nusxasi yoxud xuddi shunday foydalilikni ta’minlay oladigan boshqa mulkni yaratish mumkinligi nazarda tutiladi.
Bunday yondashuv aktivni almashtirish yoki takror ishlab chiqarishga xarajatlarni hisoblash hamda jismoniy va boshqa o‘rinli eskirish turlariga chegirmalar qo‘llash yo‘li bilan qiymat ko‘rsatkichini olish imkonini beradi.
Xarajat yondashuvi quyidagi hollarda qo‘llaniladi:

  • ishtirokchilar baholanayotgan aktivdaga o‘xshash foydali aktivni normativ yoki huquqiy cheklovlarsiz takror ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan va bu aktivni tez yaratish oqibatida, ishtirokchi baholanayotgan aktivdan shu zahoti foydalanish uchun ko‘p pul to‘lashi shart bo‘lmaganda;

  • baholanayotgan aktiv bevosita daromad olib kelmaydigan, shuningdek aktivning o‘ziga xos xususiyati daromad yondashuvi va/yoki qiyosiy yondashuvdan foydalanish imkonini bermaganda;

  • qo‘llaniladigan baholash bazasi takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati kabi almashtirish xarajatlariga asoslanganda.

Xarajat yondashuvi quyidagi asosiy usullar orqali hisoblanadi:

  • almashtirishning qoldiq qiymati usuli, bunda qiymatni teng qiymatli foydaliligi taklif qilinadigan o‘xshash aktivga xarajatlarni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi;

  • takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati usuli, bunda qiymatni aktivning aniq nusxasini yaratishga ketgan xarajatlarni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi;

  • komponent usuli, bunda uning yordamida aktiv qiymati uning tarkibiy qismlarining alohida qiymatlarini qo‘shish orqali hisoblanadi.

Yuqorida qayd etilgan yondashuvlarning afzalliklari hamda ularning kamchiliklari ham mavjud bo’lib, ular quyida ifodalangan (1-jadval).


1-jadval
Baholash yondashuvlarining afzalliklari va kamchiliklari3

Afzalliklari

Kamchiliklari

Xarajat yondashuvi

1. Samaraliroq foydalanish uchun tayyor yangi yoki yaqinda qurilgan obyektlarni baholashda yanada ishonchli.
2. Tugallanmagan qurilishni baholash, kam faol bozorlarda obyektlarni baholash, sug’urtalash va soliqqa tortish maqsadlari uchun baholash, yangi qurilish yoki rekonstruksiyalarning texnik iqtisodiy tahlili hamda boshqa yondashuvlarni qo’llashda yetarli axborot ma’lumotlari bo’lmasa qo’llash mumkin.

1. Aniqroq natijaga erishishga intilish mehnat xarajatlarining jadal o’sishi bilan birga kuzatiladi.
2. Xarajatlar har doim ham bozor qiymatiga ekvivalent emas.
3. Ko’chmas mulk baholanayotganda eski binolarni ishga tushirish qiymatini hisoblash muammo.
4. Ko’char mulkni baholashda har doim ham sarflangan xarajatlarni to’liqligicha aniqlay olmaslik mumkin.

Qiyosiy yondashuv

1. Tuzilayotgan bitimlar bo’yicha yetarli miqdorda ma’lumotlarni ta’minlovchi axborot infrastrukturasi mavjudligi sharoitda ishonchliligi yuqori.
2. Statistik asoslangan bo’lishi mumkin.
3. Sotish narxida moliyaviy shartlar yoki inflyatsiya o’zgarishlari aks ettiriladi. Qiyoslanayotgan obyektlar farqiga tuzatishlar kiritish imkonini beradi.
4. Tahlil uchun yetarli miqdorda ma’lumotlar mavjudligi ushbu usulni qo’llash orqali oson va ishonchli natija olinadi.

1. Sotishlar tafovuti. Mutlaq o’xshash obyektlar savdosi bo’lmaydi, bir xillik faqat qator parametrlar bo’yichagina kuzatiladi;
2. Bozor barqarorligiga bog’liq. Agar bozor tezkor o’zgarishlarga uchrasa, u holda, baholash bo’yicha aniq natija olish qiyinroq kechadi, chunki baholash sanasiga kelib bozor
shartlari jiddiy o’zgarib ketishi mumkin.

Daromad yondashuvi

1. Bu yondashuv asosida olingan natijalar daromad keltiruvchi obyektlarni baholashda ko’proq ahamiyatga ega.
2. Mulkni daromad yondashuvida baholashda mulk asosiy narx shakllantiruvchi omil sifatida e’tiborga olinadi.
3. Kapitallashuv usuli hisoblashlarning nisbatan soddaligi, bozor holatini aks ettiradi.
4. Pul oqimlarini diskontlash usuli eng yaxshi nazariy usul hisoblanadi, bozor dinamikasi, daromad va xarajatlarning notekis tuzilmasini hisobga oladi.

1. Daromadlarning uzoq muddatli oqimini prognozlash zarurati, noaniq prognoz ehtimoli, prognoz davri uzoq muddatliligini mutanosib ravishda oshiradi.
2. Prognoz qilinayotgan daromadga risk omillari ta’siri mavjud.
3. Analog obyektlar daromadliligi haqida ma’lumotlar yig’ish muammo hisoblanadi.



Xulosa
Tanishuv amaliyoti davomida quyidagi xulosalarga kelindi:
- mulk bilan bog’liq qadimgi dunyo va o’rta asrlar faylasuflarining qarashlarini hamda mulk to’g’risida zamonaviy qarashlarni tizimli o’rganish asosida aytish mumkinki, mulk tushunchasi ko’rilgan asrlar sharoitiga mos bo’lib, ular zamonaviy mulk to’g’risidagi nazariy qarashlarning fundamental asoslari bo’lib xizmat qiladi;
- metodologik nuqtai nazardan, mulkni turli yondashuv, belgi, shakl va uslublarga asosan tasniflash va tavsiflash mulk turlari va tasnifi to’g’risidagi bilimlarni kengaytiradi va chuqurlashtiradi. Bu esa, o’z navbatida, mulkiy munosabatlarni amalga oshirishda ishonchli qaror qabul qilishga xizmat qiladi;
- mulk qiymatini baholash prinsiplarini bilmasdan turib va baholash maqsadlarini aniq belgilamasdan turib mulk qiymatini to’g’ri va obyektiv baholab bo’lmaydi;
- mulk turlari bo’yicha uning qiymatiga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish va tavsiflash asosida mulkni baholashning qanday yondashuv va usullarni qo’llash mumkinligini ko’rish mumkin;
- mulk qiymatini baholashning huquqiy bazisi sifatida O’zbekiston Respublikasining “Mulkchilik to’g’risida”gi qonuni, “Baholash faoliyati to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi “Mulkni baholashni Milliy standartlari”, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari qabul qilingan bo’lib, ular orqali mulk qiymatini baholashning huquqiy bazisi qonuniy tartibga solingan.
Mamlakatimizda mulk qiymatini baholash metodologiyasini qo’llashga oid masalalar ahamiyatini yanada oshirish maqsadida quyidagi holatlarga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq bo’ladi:
- baholash xizmatlari va munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik huquqiy va me’yoriy hujjatlarni, xususan, baholashning milliy standartlarini takomillashtirish;
- ko’char va ko’chmas mulklarini baholash metodologiyasi va amaliyotining ahamiyati va samaradorligini oshirish;
- yuqori malakali baholovchi mutaxassislar, ekspertlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- baholash jarayonlarini amalga oshirish nazariyasi va metodologiyasiga oid o’quv qo’llanma va darsliklar, ilmiy maqolalar nashr ettirish;
- mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xo’jalik subyektlarini biznes qiymatini baholashning axborot va boshqa zarur ma’lumotlar bilan ta’minlanganlik holatini tahlil qilish asosida tegishli ishlanmalarni shakllantirish.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida mulk qiymatini baholash metodologiyasini qo’llashga oid masalalarga katta e’tibor berish orqali milliy iqtisodiyotda mulk, uning tasnifi, tavsifi, mulk qiymatini baholashning yondashuv va usullari to’g’risidagi aniq va to’liq ma’lumotlarga ega bo’lish bilan birga, mulk qiymatiga asoslangan holda va sifatli baholanishiga erishiladi hamda korxonalarda to’g’ri qaror qabul qilishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda baholash faoliyati tizimining asosiy elementlari belgilandi va ta’riflandi. Har bir alohida element faoliyati batafsil tahlil qilinishi ulardan har birining kuchli tomonlarini ham, zaif taraflarini ham ko’rsatdi. Elementlar tahlili ularning tizimdagi pozitsiyasi, ular bajaradigan funktsiyalar, ichki tuzilma, xususan uning tarkibiy qismlari tavsifi hamda ular orasidagi aloqalar, shuningdek har bir elementning tizimdagi boshqa elementlar bilan aloqasi nuqtai nazaridan olib borilgan.
Har bir element uchun ham, butun baholash faoliyati tizimi uchun ham xos bo’lgan muammolar aniqlandi va strukturalandi, muammolar paydo bo’lishining sabablari aniqlanib, ularni hal etishning ehtimoliy yo’llari taklif qilindi.
Natijalar bo’yicha boshqarish printsiplari asosida butun baholash faoliyati tizimini boshqarishga yondashuv taklif etildi.
Ishlab chiqilgan hujjat baholash faoliyatiga oid qonun hujjatlari bazasini rivojlantirishga, umumiy metodologik fazoni yaratishga, baholash faoliyati sohasi mutaxassislarini tayyorlashga, baholash faoliyati milliy axborot tizimini vujudga keltirishga, litsenziya beruvchi organ ishining samaradorligini oshirishga, professional jamoat tashkilotlarini rivojlantirishga, baholash natijalaridan foydalanuvchilarning bilimlarini oshirishga qaratilgan.


Yüklə 47,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə