Asosoy qism



Yüklə 378,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix28.11.2023
ölçüsü378,27 Kb.
#137017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Alisher navoiy asarlari tarixiy manba sifatida

 
 
_______________________________ 
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. Yigirma tomlik. O‘n beshinchi tom. Xamsat ul-
mutahayyirin. P.Shamsiyev matni asosida tarjima va izohllarni to‘ldirib, nashrga tayyorlovchi 
S.G‘aniyeva.-T.: O‘zR FA «Fan» nashriyoti. 2019. 5-85 betlar. 


22 
II BOB Alisher Navoiyning tarixiy mavzudagi asarlari tavsifi. 
2.1 «Tarixi anbiyo va hukamo» asari va «Tarixi muluki Ajam» asari. 
Ushbu ma’ruzada Alisher Navoiy (1441-1501) nasriy asarlarining tarixiy 
manba sifatidagi xususiyatlariga e’tibor bermoqchimiz. Chunki Navoiyning ulkan 
she’riy merosi, dostonlari va asarlari badiiy adabiyot namunasi sifatida keyoingi 
XX asrda ham yurtimizda juda katta e’tiborga sazovor bo‘lgan bo‘lsa-da, ammo 
uning tarix ilmiga qo‘shgan ulkan hissasi, bizning fikrimizcha, tarixchi olimlarimiz 
e’tiboridan chetda qolib keldi. Maxsus tarixiy asarlari ham faqat filologik nuqta-i 
nazardan o‘rganildi, xalos.
Alisher Navoiy asarlarini manbashunoslik nuqta-i nazaridan tadqiq qilish 
uchun ming mukammal asarlar yigirma tomligini asos qilib olinish mumkin.
Alisher Navoiy nasrda «Munojot», «Tarixi anbiyo va hukamo», «Tarixi 
muluki Ajam», «Xamsat ul-mutahayyirin», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», 
«Holoti Pahlavon Muhammad», «Vaqfiya», «Majolis un-nafois», «Nasoyim ul-
muhabbat», «Mezon ul-avzon», «Munshaot», «Muhokamat ul-lug‘atayn» kabi 
asarlari bilan ham aruz nazariyasi, ham tilshunoslik, ham adabiyotshunoslik bilan 
bir qatorda tarixi ilmi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi.
Alisher Navoiyning tarixiy mavzudagi asarlari tavsifi 
«Tarixi anbiyo va hukamo» asari. 
Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» asari 890/1485 va 904/1498-
1499 yillar orasida tasnif etilgan bo‘lib, unda Odam Atodan boshlab, oltmish oltita 
payg‘ambarlar va o‘n bitta donishmandlar to‘g‘risida ixcham, lekin juda jonli va 
qiziqarli ma’lumotlar bayon etilgan.
Ma’lumki, Alisher Navoiyga qadar ham anbiyolar haqida turli rivoyatlar, 
qissalar mavjud bo‘lgan. Ayniqsa, «Qur’oni karim»da va eng qadimiy manbalarda, 
umumiy tarixga oid Abu Ja’far Tabariyning (836-923) «tarixi ar-rusul va muluk», 
Abu Rayhon Beruniyning «Osor ul-boqiya», hamda Abu Sulaymon ibn Dovud 
binni Abu-l-Fazl Muhammad binni Dovud al-Banokatiyning (vaf. 730/1330) 
«Ravzatu Oli al-bob fi tavorix al-akobir va-l-ansob» (1317) yoki «Tarixi 


23 
Banokatiy» (XIV asr) nomli, Hamdulloh binni Abu Bakr binni Ahmad binni Nasr 
al-Mustavfi Qazviniyning (vaf. 750/1350) «tarixi Guzida» (744/1343), Abulqosim 
Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiy Ganjaviyning «Xamsa» va boshqa shu kabi 
asarlarda tarixiy voqealar, shuningdek, diniy tarixga oid ma’lumotlar ko‘p.
O‘z davrining yirik olimi va tarixchisi sifatida Alisher Navoiy ham bunday 
manbalarni o‘rganib chiqqan, ular bilan yaqindan tanishgan. Bu asarlar aksariyati 
arab va fors tilida bo‘lgani uchun, Alisher Navoiy turkiy-o‘zbek tilida, ko‘plab 
qissalarni qiyosiy o‘rganish asosida o‘z asarini yaratdi. U asar mazmun jihatidan 
umumiy tarixga oiddir.
Bu asar ikki qismdan iborat. Birinchi qismda Odam Atodan tortib, nuh, Iso, 
Muso, Yaqub, Sulaymon, Dovud, Yusuf va boshqa payg‘ambarlar hayotiga oid 
turli naqllarni bayon etadi, har bir tarix oxirida ruboiy keltirilib, ularning hayotiga 
lirik xotima yasaydi.
Kitobning ikkinchi qismida mashhur donishmandlar hayoti lavhalari, ularning 
hikmatlari keltiriladi. Masalan, G‘arbda Pifagorga nisbatan bergan bir iborani 
Alisher Navoiy Buqrotus hakim nomidani shunday keltirilgan: «Yaxshi so‘z 
ko‘ngulni yoritur va yaxshi xam ko‘zning ne’mati arusidurkim, aning mahri 
shukrdir».
Butun umri va faoliyati davomida olimlarni qadrlagan Alisher Navoiy 
ularning tarixini anbiyo, payg‘ambarlar tarixidan keyin, ularni birgalikda bitgani 
alohida tahsinga sazovor holdir. Bu kitob tarixchi, olim va shoirlarga qadimgi davr 
izohi uchun muhim manba vazifasini o‘tashi mumkin. Bu asarni manbashunoslik 
fanida alohida o‘rganish shuning uchun ham zarurki, tarixga oid asarlarda 
tafsilotlari keltirilmay, juda ko‘p o‘rinlarda mayg‘ambarlar va ularning hayotiga 
oid voqealarga murjaat qilish uchraydi. Manna shu jihatidan Alisher Navoiy asari 
ham tarixchi olimlar, ham tarixni o‘rganuvchi talabalar uchun katta ahamiyat kasb 
etadi. Shuning bilan birga, u asarda alisher Navoiyning mashhur tarixchi 
Sharafuddin Ali Yazdiyga munosabati bayon etilgan. Navoiy uning «Zafarnoma» 


24 
asari muqaddimasini zikr qlar ekan, tarixchini «mavlono sharaf ul-millat va davla», 
ya’ni «davlat va millat sharafi» deb ta’riflaydi.

Yüklə 378,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə