Asosoy qism



Yüklə 378,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix28.11.2023
ölçüsü378,27 Kb.
#137017
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Alisher navoiy asarlari tarixiy manba sifatida




 
MUNDARIJA: 
KIRISH………………………………………………………………….………3 
ASOSOY QISM
I BOB ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODI…………………………..12 
1.1 ALISHER NAVOIYNING IJODIDA TARIXIY MAVZUDAGI 
ASARLAR……………………………………………………………….……….12 
1 . 2 A L I S H E R N A V O I Y N A S R I Y A S A R L A R I … … … … … . … … . . 2 1
II BOB ALISHER NAVOIYNING TARIXIY MAVZUDAGI
ASARLARI TAVSIFI.…………………………………………………………..24 
2.1 «TARIXI ANBIYO VA HUKAMO» ASARI VA «TARIXI MULUKI 
AJAM» ASARI……………………………………………………………….…..24 
2.2 «XAMSAT UL-MUTAHHIRIN», «HOLOTI SAYYID HASAN 
ARDASHER» RISOLASI «XAMSAT UL-MUTAHHIRIN» RISOLASI……...26 
2.3 «HOLOTI PAHLAVON MUHAMMAD» RISOLASI……………………..29 
XULOSA……………………………………………………………..………….30 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………….31 



Kirish 
Kurs ishining dolzarbligi
: Buyuk shoir oʻz asarlarida bu qutlugʻ dargohga 
yaqinligidan iftixor etishini bayon qiladi. Shuningdek, uning tarjimai holiga oid 
ayrim lavhalar asarlarida uchraydi. Bu tabarruk zot toʻgʻrisidagi baʼzi 
maʼlumotlarni esa uning zamondoshlari oʻz kitoblarida beradilar. 
Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda 
oʻsdi. Kichiklik chogʻidan sheʼr va musiqaga ishqi tushdi. Olimu fozillar davrasida 
boʻldi. Uch-toʻrt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning bir 
sheʼrini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi. Bir yildan soʻng uni maktabga 
berdilar. U boʻlajak sulton Husayn Bayqaro bilan birga oʻqidi. Uning zehni va 
iqtidori haqidagi gaplar esa el orasida tarqalib bordi. 1447-yilda Shohruh Mirzo 
vafot etib, temuriy shahzodalar oʻrtasida taxt uchun kurash boshlanadi. Hirot 
notinch boʻlib qoladi. Alisherlar oilasi Iroqqa yoʻl oladi. Yoʻlda, Taft shahrida 
Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, „Zafarnoma“ning muallifi Sharafiddin 
Ali Yazdiy bilan uchrashdi. Alisher xonadoni 1451-yilda Hirotga qaytadi. 
Tarixchi Xondamir bu bilan bogʻliq shunday bir hikoyani keltiradi: Karvon Yazd 
choʻli bilan Hirotga borarkan, tungi yurishlardan birida ot-ulov ustida hammani 
uyqu bosadi. Alisher mingan ot, ittifoqo, yoʻldan chiqib, boʻlajak shoir egardan 
tushib qoladi, uyqu zoʻrlik qilib, uygʻonmaydi. Horigan ot ham egasi yonidan 
ketmay, toʻxtab qoladi. 
Alisher tong otib, quyosh qiziganda uygʻonadi. Qarasa, poyonsiz sahro, 
atrofida hech kim yoʻq. Yolgʻiz otigina yovshan ildizlarini chimtib turibdi. Oʻn 
yoshli bola oʻzini qoʻlga oladi. Otini minib, zehn bilan yoʻlni topib ilgari yuradi. 
Kun qizib, chanqoqlik boshlanadi. Shu payt uzoqdan bir narsa qorayib koʻrinadi. U 
suv toʻla mesh ekan, Ollohga shukuronalar aytib, Alisher yoʻlini davom ettiradi. 
Uning ota-onasi manzilga yetgach, oʻgʻilllarini yoʻqligini biladilar va mulozimni 
shoshilinch orqaga qaytaradilar. Mulozim koʻp yurmay, Alisherga duch keladi. 
Alisherni, goʻyo u qayta tugʻilganday, quvonch bilan kutib oladilar.





Yüklə 378,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə