Aruz vaznidagi she’rlarni q‘qish reja


G'azaldagi notanish so‘zlarning izohi



Yüklə 25,47 Kb.
səhifə2/2
tarix23.06.2023
ölçüsü25,47 Kb.
#118559
1   2
3-mavzu

G'azaldagi notanish so‘zlarning izohi
О‘landan - bo‘lgandan
Zulol - tiniq
G u fto r- so‘zlash
Nukta - sir
Kavokib - yulduzlar
Fatton - fitnachi
Banim-la - men bilan
Xarobot ahli - iloh oshiqlari
Shabi hijron - hijron tuni
Nargisi masting - mastona ко‘zing
G’azalning nasriy bayoni
Ayriliq azobiga shifo bo‘luvchi vasl qadrini hijron dardida kuygandan so‘ra.
Labing sirlaridan so‘z ochmoqchi bo’lsang, buni mendan o‘zgadan so‘rama,
Bu pinhona so‘zni sirlardan voqif bo’lgan odamdan so‘ra.
Ko‘zi yoshlilaming holini g‘ofil olomon qayerdan ham bilsin,
Ko'kdagi yulduzlar sayrini ham tunlami bedor o‘tkazgan bemorgina biladi.
Fitnachi ko‘zlar jabrini chekkanlardan xabarsiz bo‘lma (oshiqlardan)
0‘zidan bexabar mastlar bedodligini hushyor bo’lgandan so‘ra.
G ‘amingda shamdek yonganimni sabodan so‘rama,
Bu ahvolni hijron tunida menga yor bo’lgandan so‘ra.
Ishq mayini ichib harob bo’lgan holimni mastona ko‘zlaring biladi,
Ishq ahlining ahvolini ham ishqqa giriftor bo’lgan oshiqdan so‘ra.
G ‘ofil zohid muhabbat lazzatidan bexabardir,
Fuzuliy, ishq zavqini faqat ishq-shavqi bor odamdan so‘ra.

Muhammad Fuzuliyning ushbu g‘azali o‘tmishda xalq o‘rtasida nihoyatda mashhur bo‘lgan. Fuzuliyxonlik kechalarida shoir she’riyatining ixlosmandlari uning mana shunga o‘xshagan g‘azallarini qayta-qayta o‘qib bahra olganlar. G ‘azalni bir boshdan imkon darajasida o‘rganib chiqib, nima uchun uning bunchalik mashhur bo‘lgani sababini anglaganday bo‘lasiz. G ‘azal an’anaviy yor va oshiq, oshiqning


ishqiy kechinmalari tasviriga bag‘ishlangan. Mavzu an’anaviy, lekin tasvir uslubi nihoyatda o ‘ziga xos bo‘lib, g‘azal “Kim tabib, boshidan o‘tkazgan tabib” degan hayotiy haqiqat asosiga qurilgan. G‘azal qahramoni fikricha, visolning qadrini, visolga erishganlar emas, hijron azobini chekkanlar biladi. Vasl - shifo, hajr - bemorlikdir. Shunday ekan, shifoning qadrini bemordan, zilol suvning qadrini tashna odamdan so‘ramoq lozim.“Dilda darding bo‘Imasa, sardaftarimni kovlama” deydi Mashrab. Fuzuliy mana shu fikrlarga jo ‘r bo‘lib, ishq ahlining ahvolini faqat
ishqqa giriftor bo‘lganlargina biladi deya o‘git beradi. Ko‘zi yoshli olaming holini g‘ofil kimsalar anglay olmaganidek, kechalari yulduzlar sayrini ham tunlami bedor o‘tkazuvchi bedorlar biladi.
Shu tariqa g‘azalda Fuzuliyning lirik qahramoni - mutafakkir, hayot haqiqatini chuqur anglab yetgan mushohadakor faylasuf sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu g‘azal Sharq klassiklarining shu mavzudagi eng yaxshi she’rlari bilan hamohangdir. Biroq har bir buyuk shoiming iste’dodi har qanday mavzuni o‘ziga xos tarzda yoritishni taqozo etadi. Fuzuliy ham barcha shoirlar kuylagan muhabbat mavzusini o‘z qarashlaridan kelib chiqib, o‘ziga xos shoirlik ehtirosi bilan talqin etadi.
Yüklə 25,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə