Aruz vaznidagi she’rlarni q‘qish reja



Yüklə 25,47 Kb.
səhifə1/2
tarix23.06.2023
ölçüsü25,47 Kb.
#118559
  1   2
3-mavzu


ARUZ VAZNIDAGI SHE’RLARNI Q‘QISH


Reja
1. Aruz vazni va uning o'ziga xos xususiyatlari.
2. Hijo va uning turlari.
3. Ifodali o'qishda hijo va ruknning o‘mi.
4. “Shifoi vasl qadrin...” g‘azali tahlili.
5. G'azalni ifodali o‘qish.
Aruz vaznidagi asarlami ifodali o‘qish uchun, aw alo, ushbu o ‘lchov tizimiga xos xususiyatlar haqida ma’lum darajada bilimga ega bo'lish lozim.Aruz vaznida yaratilgan xilma-xil janrdagi lirik va epik asarlami ifodali o ‘qish, ulaming vazn xususiyatlarini tahlil qilish va turli-tuman o ‘lchovlarni aniqlash malakalarini egallash uchun ham, mazkur tizimning nazariy jihatlaridan yetarli darajada xabardor bo‘lish talab etiladi.“Vazn - badiiy shaklning eng muhim qismlaridan biri. Asar mazmuni, tanlangan mavzu, ijodkor dilini to‘lqinlantirayotgan muammolar, badiiy timsollarda mujassamlashtirilayotgan umumbashariy g‘oyalami jozibali, ta’sirchan, o'qishli qilib ifodalashda vazn alohida ahamiyatga egadir”
Uzoq tarixga ega bo‘lgan aruz vazni Sharq xalqlari adabiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Aruz Yaqin va 0‘rta Sharqda keng tarqalgach, bu she’riyat nazariyasini qabul qiluvchi har bir xalq uni o‘z tili qonun-qoidalariga moslashga harakat qilgan. Shu sababdan ham, fors-tojik aruzi, turkiy aruz nomi bilan milliy tillar fonetikasiga asoslangan aruzlar vujudga kelgan. Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asarining yaratilishi esa, o‘zbek milliy aruzining shakllanishida muhim voqea bo'ldi.
Aruz terminining kelib chiqishi va lug'aviy m a’nosi haqida aruz nazariyasida turli fikrlar mavjud. Bu haqda Alisher Navoiy “Mezon ulavzon” asarida shunday ma’lumot beradi: “Bas sobit bo‘ldikim, aruz fani sharif fandur. Va bukim, ul ilmni nevchun “aruz” dedilar, muxtalif ahvol bor. Va ul budurkim, Xalil ibn Ahmad rahmatullohki, bu fanning voziidur, chun arab ermish va aning yaqinida bir vodiy ermishki, ani “Aruz” derlar ermish va ul vodiyda a’rob uylarin tikib, jilva berib, bawww.ziyouz.com kutubxonasihoga kiyururlar, go‘yoki, qiymat va bahosi ma’lum bo‘lur, bu munosabat bila “aruz” debturlar”
Ko‘rinadiki, Navoiy aruz terminining kelib chiqishi haqida turli-tuman fikr-mulohazalar mavjudligini ta’kidlab, shulardan biri sifatida aruz so‘zi Xalil ibn Ahmad yashagan joy yaqinidagi Aruz vodiysi nomidan olinganini qayd etadi. Va bu vodiyda arablar chodir uylar tikib, ulami bezatib, bahosini aniqlab sotar ekanlar. Xullas, VIII asrda yashab, ijod qilgan arab adabiyotshunosi va musiqashunos olimi Xalil ibn Ahmad asos solgan aruz vazni ming yillardan beri arab, fors va turkiy adabiyotlarining asosiy she’riy mezoni sifatida qo‘llanib keldi. Aruz vaznining keng tarqalishi va umrboqiyligiga sabab, aw alo, uning insoniy hissiyotlami yoqimli musiqiylik va ohangdorlik bilan ifodalash imkoniyatlarining kengligi bilan belgilanadi.Aruz arab zaminida shakllangan ekan, u arab adabiyotining azaliy an’analari, arab tilining xususiyatlariga mos kelardi. Lekin boshqa xalqlar orasiga tarqalganda aruz ham nazariy, ham amaliy jihatdan ba’zi o‘zgarishlarga uchragan. Turkiy tillaming arab va fors tillariga nisbatan o‘zgachaligi, xususan, unda cho‘ziq hijolaming nisbatan kamroq qo‘llanishi, qisqa hijolaming ketma-ket kelishi kabi xususiyatlar turkiy aruzning shakllanishiga sabab bo’lgan. Aruz nazariyasiga oid
atrofiicha kuzatishlar olib borgan adabiyotshunos olim Anvar Hojiahmcdov o‘zbek aruziga xos maxsus jihatlar sifatida quyidagi o ‘ziga xosliklami ko‘rsatadi. “0‘zbek aruzida 19 bahrdan 11 tasi qo’lanadi.
Ular: hazaj, rajaz, ramal, munsarih, muzori’, mujtass, hafif, sari’, mutaqorib, mutadorik, komil bahrlaridir.
Arab she’riyatiga xos bo‘lgan vofir, tavil madid, basit, qarib, mushokil, g‘arib, muqtazab bahrlari o‘zbek aruzida qo‘llanmaydi.
0 ‘zbek aruzida qo‘llanadigan bahrlaming o‘zbek tili xususiyatlari bilan belgilanadigan vaznlar doirasi mavjud. Binobarin, she’riyatimizda qo‘llanadigan vaznlar soni va turlari jihatidan arab va fors-tojik she’riyatidagi vaznlardan farqlanishi mumkin.
0‘zgarishlaming barchasi ham o‘zbek aruziga mos kelavermaydi, shuning uchun arab va fors-tojik aruziga xos jami 44 xil o‘zgarishning 23 turigina she’riyatimizda qo‘llanadi” Hijo. Aruz vaznining asosini hijolaming sifati tashkil etadi. Shunga ko‘ra, aruz tizimidagi she’rlarda hijo dastlabki o‘lchov birligi sanaladi. Aruz she’riy oMchov tizimi misralarda qisqa va cho‘ziq hijolaming muayyan tartibda guruhlanib takrorlanishiga asoslanadi. Demak, aruz vaznida hijolar goh cho‘ziq, goh qisqa talaffuz qilinadi. Aksariyat hollarda “o” tovushidan boshqa unlilar bilan tugallanuvchi hijolar qisqa, barcha undosh tovushlar va “o” bilan tugallanuvchi hijolar cho‘ziq hijo bo‘lib keladi. Tarkibida cho‘ziq unli bo’gan (zor, yor, shod kabi), shuningdek, qo‘sh undosh bilan tugallangan (mehr, xalq, ilm kabi) yopiq hijolar o‘ta cho‘ziq hijo hisoblanadi. Aruz ilmiga doir adabiyotlarda qisqa hijo “ V ” shaklida, cho‘ziq hijo “ - ” va o‘ta cho‘ziq hijo esa “ ~ ” shaklida belgilangan. Hijolaming cho‘ziq va qisqaligi she’riy misralaming yozilishiga qarab emas, balki vazniga muvofiq, o ‘qilishiga qarab aniqlanadi. Masalan, quyidagi bayt misolida hijolar sifatini aniqlab ko‘ramiz:
Jahon shoirlari, ey gulshani bog‘,
Kimi bulbuldurur so‘zda, kimi zog‘.
Ja-hon-sho-ir / la-ri ey-gul / sha-ni-bog‘
v - ----- v - ----------V - ~
Ma-fo-iy-lun, ma-fo-iy-lun, ma-fo-iyl
Ki-mi-bul-bul / du-rur-so‘z-da / ki-mi-zog‘
V - - - V - ----- V-~
Ma-fo-iy-lun, ma-fo-iy-lun, ma-fo-iyl
Ba’zi hollarda vazn talabiga ko‘ra, qisqa hijolaming cho‘ziq hijoga yoki cho‘ziq hijoning qisqa hijoga o ‘zgarishi ham mumkin. Bu aruzda imola deb nomlanadi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, imola hodisasiga ko‘ra a unlisi bilan tugagan ochiq bo‘g‘inlar so‘z o‘rtasida qisqa, so‘z oxirida esa, cho‘ziq va qisqa bo‘lib kelishi mumkin. Shuningdek, qolgan boshqa unli tovushlar bilan bitgan ochiq hijolar ham qisqa yoki cho‘ziq bo’lishi mumkin.
Aruz tizimi, eng avvalo, hijolarning sifatiga asoslanganligi uchun bu tizimga xos juda ko‘p murakkabliklar va o‘ziga xosliklar mavjud. Vazn taqozosiga ko‘ra, ayrim so‘zlar odatdagidan boshqacharoq tarzda o‘qiladi. Masalan, ikki hijoli so‘zlar uch-to‘rt hijoli shaklida o‘qilishi ham mumkin:
Of-tob so‘zi o-f-to-b,pod-shoh so‘zi po-d-sho-h
Iz-hor so‘zi iz-ho-r, mash-hur so‘zi ma-sh-hur kabi.
Aruzdagi she’rlami ifodali o‘qishning nozik jihatlaridan biri misralardagi o‘ta cho‘ziq hijolami to‘g‘ri talaffuz qilishdir. Badiiy so‘z ustalari ham, adabiyot o‘qituvchilari ham, ko‘pincha shunday hijolami o‘qishda xatoga yo‘l qo‘yadilar. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, o‘ta cho‘ziq hijolar yo tarkibida cho‘ziq unli bo‘lgan yopiq hijodan, yo qo‘sh undosh bilan tugallangan yopiq hijodan tashkil topadi.
Tarkibida cho‘ziq unli kelgan yopiq hijo shaklidagi о’rta cho‘ziq hijoning unlisi ancha cho‘zib talaffuz qilinishi shart. Masalan, Bobuming
Yoz fasli, yor vasli, do ‘stlarning suhbati, She’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati, - baytidagi “yoz”, “yor” hijolari o‘ta cho‘ziq bo‘lgani .uchun ularing unlilari cho‘zib talaffuz etiladi.
Aruz tizimining xarakterli xususiyatlaridan yana biri shundaki, ba’zi hollarda unli bilan boshlanadigan so‘z undosh bilan tugagan so‘zdan keyin kelsa, vazn talabiga ko‘ra qo‘shib o‘qiladi. Masalan:
Kel-di-lar / ka-ra-may-lab / kul-ba-mich / ra-jo-non-lar,
Har-bi-ri / si-jo-nim-din / ham-a-zi / z-meh-mon-lar. •
Tiy-ra-sho / mi-hij-ro-nim / rav-sha-net / ti-lar-kun-dek,
Yuz-la-rin / o-chib-har-yon / ne-cha-mo / hi-to-bon-lar.

M ashq. Quyida keltirilgan g‘azalni hijolarga ajrating. Qisqa va


cho‘ziq hijolarga e’tibor bergan holda, ifodali o‘qishni mashq qiling.
Qon yutub umri jahon ahliga bir yor istadim,
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.
Kimga-kim jonim fido aylab sog‘indim dam-badam,
Ermas erdi yorlikda chun vafodor istadim.
Bilmadim olam elida yo‘qturur mutlaq vafo,
Vahki, umri ulcha yo‘qtur sog‘inib yor istadim.
Ulki, topilmas bashar jinsida, vah, g‘aflat ko‘rung,
Kim pari xaylida men devonai zor istadim.
Sirri ishqimni ko‘ngul ko‘z birla fosh etmak, ne tong,
Qalbu tardomanni men chun sohib asror istadim.
Shayx birla xonaqahdin chun yorug’luq topmadim,
Dayr piri xizmatig‘a ko‘yi xammor istadim.
Ey Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu g‘ussadin
0 ‘zni bekaslik balosig‘a giriftor istadim.


Rukn. Aruz tizimidagi ikkinchi o’lchov birligi rukndir. She’riyatda misralar ma’lum tartibda bo’lganligi uchun, ular bir necha hijodan iborat bo‘laklarga bo'lib talaffuz etiladi. Misraning ana shu bo‘laklari rukn deyiladi. Rukn arabcha so‘z bo’lib, ustun ma’nosini ifodalaydi. Mazmun va shakl jihatdan uzviy bog’langan tugal ikki misra bayt deyiladi. Baytning asl m a’nosi uy bo‘lib, go‘yo ikki misra bir she’riy uyni tashkil etadi. Uyning ustuni bo‘lganidek, she’riy baytning ham ustuni - ruknlari bo‘ladi. Rukn bittadan tortib besh hijogacha bo’lishi mumkin.
She’riy asami o‘qish jarayonida har bir misradagi ruknlami bir-biridan ajratish uchun qisqa pauza qilinadi. Masalan, Atoyining quyidagi baytini ruknlarga ajratib ko‘raylik:
Ul sanam kim , suv yaqosinda paritek o‘lturur,
G ‘oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo‘lur.
Ul-sa-nam-kim / suv-ya-qo-sin-da / pa-ri-tek / o‘l-tu-rur,
G ‘o-ya-ti-no / zuk-lu-kin-din / suv-bi-la-yut/ sa-bo‘-lur.
Rukn aruz tizimida she’r vaznini tashkil etuvchi asosiy o’lchov birligi sifatida asrlar davomida mustahkam qonunlashib ketgan. Shu boisdan ham, har bir asar ana shu ruknlar asosida yuzaga keluvchi muayyan vazn bilan oMchanadi. Ruknlar m a’lum qoidalar asosida o‘zgarmas tabiatga ega bo’lganligi tufayli, so‘zlami ham ana shu qoidalar asosida talaffuz qilishni taqozo etadi.
Aruz tizimida rukn asosiy o’lchov birligi sifatida g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Shunday ekan, har bir o ‘qiladigan asar oldindan ruknlarga ajratib olinadi. Zero, ruknlar takrori, bir tomondan, muayyan asarning vaznini aniqlab olish imkonini bersa, ikkinchi tomondan, asaming ritmikasini, o‘ziga xos musiqiy tabiatini his qilishga imkon yaratadi. Fikrimizning dalili sifatida quyidagi baytni ruknlarga - ritmik bo'laklarga ajratib ko‘raylik.
Mastu bexudlik bila umrungni o‘tkazding darig‘,
Ey ko‘ngul, mundin beri bo‘l bir nima hushyorroq.
Mas-tu-be-xud / lik-bi-la-um / rung-ni-o‘t-kaz / ding-da-rig‘,
Fo-i-lo-tun / fo-i-lo-tun / fo-i-lo-tun / fo-i-lun
- V - - / - V - - / - V - - / - V -
Ey-ko‘-ngil-mun / dm-be-ri-bo‘l / bir-ni-ma-xush / yo-r-roq
Fo-i-lo-tun /fo-i-lo-tun / fo-i-lo-tun / fo-i-lun
- V - - / - V - - / - V - - / - V -
Kuzatganimizdek, she’rda ritm-ohang baytdagi ruknlami tashkil etgan cho'ziq “ - ” va qisqa “ V ” hijolaming bir tekisda takrorlanishidan hosil bo‘lib, bu ohang o‘z navbatida rukn deb nomlangan hijolaming turli ritmik guruhlariga tayanadi.Ruknlar hijolarning miqdori va sifatiga (cho‘ziq-qisqaligiga) qarab sakkiz aslga bo‘linadi va ulaming har biri maxsus nom bilan yuritiladi:
1. faulun - uch hijoli rukn: fa-u-lun;
2. foilun - uch hijoli rukn: fo-i-lun;.
3. foilotun - to‘rt hijoli rukn: fo-i-lo-tun;
4. mafoiylun - to‘rt hijoli rukn: ma-fo-iy-lun;
5. m af’ulotu - to‘rt hijoli rukn: maf-u-lo-tu;
6. m ustaf’ilun - to‘rt hijoli rukn: mus-taf'-i-lun;
7. m utafoilun - besh hijoli rukn: mu-ta-fo-i-lun;
8. mafoilotun - besh hijoli rukn: ma-fo-i-lo-tun.
Mana shu sakkiz ruknning turlicha birikishidan bahrlar vujudga keladi. Bahrlar esa, aruz tizimidagi she’r o‘lchovlarining asosi hisoblanadi.
Ruknlar o‘zgarishsiz takrorlansa, solim (asliy), ruknlaming takrorlamshida o‘zgarishlar paydo bo‘lsa tarmoq (far’iy) bahrlari hosil bo‘ladi.
Aruz tizimining bir-biriga yaqin vazn turkumlari bo‘lib, bu turkumlar bahr deb nomlangan. Bahrlar asllaming va far’laming takroridan yoki bir-biriga aralashtirib olinishidan vujudga keladi. Bu haqda Alisher Navoiy 'Mezon ul-avzon”da shunday deb yozadi: “ o‘n to‘qqizta bahr quyidagicha nomlangan: tavil, madid, basit, vofir, komil, hazaj, rajaz, ramal, munsarih, muzore’, muqtazab, mujtass, sare’, jadid, qarib, hafif, mushokil, mutaqorib, mutadorik. Bahrlar odatda baytdagi ruknlarning
miqdori bilan birga aytiladi. Masalan, hazaji musaddas - olti ruknli hazaj, hazaji musamman - sakkiz ruknli hazaj, ramali murabba’ - to‘rt ruknli ramal va hokazo.Demak, ramal, hazaj va boshqa bahrdagi bayt to‘rt ruknli bo‘lsa - murabba’, olti ruknli bo’lsa - musaddas, sakkiz ruknli bo‘ls a - musamman sanalib, vazn nomi bilan qo‘shib aytiladi. Masalan, ramali musaddas, ramali musamman kabi.Bahrlaming o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, har bir bahming o'z
ichida bir necha tarmoqlarga bo’linib ketishidir. Masalan, ramal bahri 15 tarmoqqa va rajaz bahri 9 tarmoqqa, hazaj bahri 10 tarmoqqa va boshqa bahrlar ham shu tariqa bo’linib ketadi. Masalan, quyidagi ramal bahrining bir-biridan farq qiluvchi uchta tarmog’ini o‘rganib chiqaylik.
1. Ramali musammani maqsur:
Foilotun / foilotun / foilotun I foilun
- V - - - V - - - V - - -v -
2. Ramali musammani mahbun:
Foilotun / foilotun / foilotun / foilotun
- V - - - V - - -V- - -V- -
3. Ramali musaddasi maqsur:
Foilotun / foilotun / foilun
-V - - -V- - - V -
Aruz tizimidagi asarlar qaysi bahrda yozilganligidan qat’iy nazar, ulami maxsus tayyorgarliksiz o‘qib o ‘rganishning, ayniqsa, ifodali o‘qishning hech ham iloji yo‘q. Maxsus tayyorgarlik deganda, biz shartli ravishda quyidagi qoidalarga amal qilishni nazarda tutdik:
1. Dastlab lirik she’r yoki epik asardan olingan matndagi arabiy va forsiy so‘zlaming mazmuni lug‘at yordamida aniqlanadi. Lug‘atda muayyan so‘zning bir necha ma’no qirralari ko‘rsatilgan bo‘ladi. 0‘rganilayotgan baytda (kontekstda) mazkur so‘zning qaysi ma’nosi nazarda tutilganligi belgilanadi.
2. Matndagi notanish so‘zlaming mazmuni oydinlashtirilgandan keyin har bir baytni sinchkovlik bilan o‘rganib, uning nasriy bayonini tuzib chiqish maqsadga muvofiqdir. Chunki nasriy bayon baytdagi tashbehu tamsillar qobig‘iga o‘ralgan purma’no so‘zlaming mazmunini m a’lum darajada anglab olishga yordam beradi.
3. Baytlar mazmuni ma’lum darajada о ‘rganilgandan keyin she’rning umumiy g‘oyasi, shoiming maqsad va muddaosi, nima demoqchi ekanligi aniqlanadi. Bunda asaming tub mohiyatini talqin qiluvchi baytlarga alohida e ’tibor beriladi.
4. Asarning g‘oyaviy xususiyatlarini o‘rganish barobarida, badiiy tasvir vositalariga ham alohida e’tibor qaratiladi. Bunda tashbehu tamsil, majozu istiora kabi badiiy san’atlaming she’riy asardagi asosiy g‘oyani yorqin ifodalashda muhim o‘rin tutganligini tushunib olish ham maqsadga muvofiqdir.
5. Muayyan she’riy asaming g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari ma’lum darajada о ‘rganilgandan keyin, endi uning shakliy tuzilishiga e’tibor qaratiladi. Masalan, o‘rganilayotgan g‘azal aruzning qaysi bahrida yaratilganligini aniqlash uchun, dastlab hijolarga va ruknlarga ajratib chiqiladi. She’rning ruknlar tartibi va chizmasini belgilash uni to‘g‘ri o‘qishga yordam beradi.
6. She’rni ifodali o‘qishda qisqa “V”, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziq hijolar talaffuziga alohida e’tibor qaratish lozim.
7. She’rning shakliy tuzilishini o‘rganish jarayonida vazn talabi bilan biri ikkinchisiga qo‘shilib ketadigan so‘zlami belgilab chiqish ham She’rni to‘g ‘ri va ifodali o‘qishni osonlashtiradi.
Sharq xalqlari orasida qadim-qadimdan to‘g ‘ri so‘zlash va fikrni chiroyli ifodalash masalalariga katta e’tibor qaratilgan. Til qoidalariga to‘la amal qilgan holda so‘zlash va yozish bilan bog‘liq fan “ilmi balog'a”deb, chiroyli, yoqimli so‘zlash va yozishni o‘rgatadigan fan sohasi esa, "ilmi fasohat” deb atalgan. Lutfiy, Alisher Navoiy, Fuzuliy, Ogahiy kabi buyuk san’atkorlaming beqiyos ijod mahsuli sifatida yaratilgan asarlari balog‘a va fasohat ilmining yorqin namunalaridir. Biror fikmi oddiy so‘zlar bilan jo ‘ngina ifoda qilish bilan uni badiiy bo‘yoqlar, go‘zal tashbehlar, rang-barang obrazlar, jozibador vazn va ohangdosh qofiyalar vositasida ifodalash o‘rtasida katta farq bor. So‘z san’atkorlarining asarlarida talqin qilingan umumbashariy g‘oyalar yuksak badiiylikda ifodalangani uchun ham mangulikka daxldor bo‘lib qolgan.
Mumtoz adabiyot namunalarining tarovatiyu jozibasi, ayniqsa, ifodali o ‘qish paytida yanada ko‘proq namoyon bo’ladi va eshituvda zavq uyg‘otadi. Zavq bu insonning yetuklik va go‘zallikdan lazzatlana olish qobiliyatidir.
Abu Ali ibn Sino “She’r san’ati” risolasida “she’r uch xil narsa bilan xayolga ta’sir etadi” deydi.
Bulardan birinchisi lahn - garmoniya bo‘lib, bu bilan she’r kuylanadi. Kuy va ohang, shubhasiz, inson ruhiga ta’sir etadi.
Ikkinchisi obrazli va tashbehli aytilgan so‘zlardir.
Uchinchisi esa vazn bilan bo‘ladigan taqliddir.
Shuning uchun kimda-kim she’r aytib kuylamoqchi bo‘lsa, albatta, uni ohangli lahn bilan bajo keltiradi.
Ming yillar oldin aytilgan ushbu fikrlar kishini hayratga soladi. Buyuk qomusiy olimning she’r va uning inson ruhiga ta’siri, She’rni qanday aytish haqidagi mulohazalari ayni kunlarda ham nihoyatda muhimdir.
Mashq. Muhammad Fuzuliyning “Shifoyi vasl qadrin...” deb boshlanuvchi g‘azalini ifodali o‘qish.
Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o ‘landan so‘r,
Zuloli zavq-shavqin tashnai diydor o‘landan so‘r.
Labing sirrin gelub gufitora bandan o‘zgadan so‘rma,
Bu pinhon nuktani bir voqifi asror o ‘landan so‘r.
Go‘zi yoshlularing holin na bilsun mardumi g ‘ofil,
Kavokib sayrini shab to sahar bemor o‘landan so‘r.
G ‘amingdan sham’tak yondim, sabodan so‘rma ahvolim,
Bu ahvoli shabi hijron banim-la yor oMandan so‘r.
Xarobi jomi ishqam, nargisi masting bilur holim,
Xarobat ahlining ahvolini xummor o‘landan so‘r.
Muhabbat lazzatindin bexabardir zohidi g‘ofil,
Fuzuliy ishq zavqin, shavqi ishqi vor o ‘landan so‘r.

Yüklə 25,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə