Andijon viloyati hududiy boshqarmasi



Yüklə 39,93 Mb.
səhifə304/305
tarix11.05.2023
ölçüsü39,93 Mb.
#109745
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   305
Andijon viloyati hududiy boshqarmasi

Adabiyot. XX asr oxiri – XXI asr boshlariga kelib adabiy jarayonlar tez o‘zgardi, har o‘n yilda adabiyotda yangi yo‘nalish paydo bo‘lyapti, yangi maktab lar shakl lanyapti. Bu davr adabiyotida intellektual izlanish jarayonini davom ettirmoqda, u zamonaviy jamiyatning
ehtiyojlarini va rivojlanish usul larini anglashga intilmoqda. Yangi asr boshida ko‘plab tillarda nashr qilingan va katta shovshuvga sabab bo‘lgan shunday asarlardan biri afg‘onistonlik Xolid Husayniyning «Shamol ortidan yugurayotgan odam» deb nomlangan
romani bo‘ldi. Roman voqealari Kobulda «tolibon» harakati avjiga chiqqan davrda yuz beradi. Bu – Amir va Hasan o‘rtasidagi do‘stlik tarixi. Unda odamlar o‘rtasidagi do‘stlik va majburiyatning ma’naviy asoslari haqida fi kr yuritiladi. Asar 2001-yil sentabr voqealaridan keyin nashr etilgani uchun ham katta qiziqish uyg‘otdi. XXI asrda o‘zbek kitobxoniga yetib kelgan yana bir mashhur asar obraziliyalik yozuvchi Paulo Koelyoning «Alkimyogar» romanidir. Asar yoshlik, orzu va unga intilish haqida. «O‘z Taqdiriga erishish – mana insonning haqiqiy burchi», deb yozadi P. Koelyo. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida jahon jamoatchiligining e’tiborini qozongan eng mashhur asarlardan biri ingliz yozuvchisi Joan Rouling qalamiga mansub «Garri Potter» haqidagi romanlar bo‘ldi. Olimlar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega deb hisoblaydigan bu romanlar o‘limni ham yengib o‘tgan xudovash o‘spirin Garri Potterning sarguzashtlariga bag‘ishlangan. Asar bugungi dunyo har qachongidan ham ezgulikka, odamlarga yaxshilik eltuvchi ulug‘ zotga muhtoj ekanligi, ezgulik yo‘li hozir har qachongidan og‘ir va ziddiyatli bo‘lsa-da, Garri Potterdek sof qalbli insonlar ularni yengib o‘tishi mumkinligi haqida hikoya qiladi. An’analarni saqlab qolishga intilgan yozuvchi bu asarlarda betakror obrazlar yordamida o‘zining o‘ta ishonchli badiiy olamini yaratishga muvaffaq bo‘ldi.Bu turdagi asarlarning ko‘pligiga qaramasdan, bugungi adabiyotning ko‘p qismini asosan tijoriy va reklama xarakteridagi asarlar tashkil etmoqda. Zamonaviy jamiyat o‘z rivojlanishining muhim intellektual qismi bo‘lgan adabiyotning ahamiyati va muammolarini, jamiyat adabiyotsiz
mavjud bo‘lishi va rivojlanishi mumkin emasligini to‘liq anglab yetishi lozim. Televideniye, radio va Internet tarmoqlari orqali beriladigan kunning muhim yangiliklari qatorida nashr etilgan kitoblarni taqdim etish, ularni reklama qilish odatiy holga aylanmog‘i lozim. Bu aslida zamonaviy jamiyat madaniyatining muhim qismi, uni inobatga olmaslik mumkin emas.
San’at. Zamonaviy san’at XX asrning ikkinchi yarmida shakllangan an’analar asosida tashkil topdi. Bu davr san’ati modernizmga muqobil, ba’zan unga keskin qarama-qarshi yo‘nalishlarni izlash, yangi san’at tilini yaratishga urinish bilan xarakterlanadi. U yangi obrazlarni, ifodalashning yangi, nomoddiy vosita va materiallarini izlash jarayonida aks etdi. Axborot davrining yangi texnologiyalari, axborotning haddan ziyodligi, inson bilan mashina o‘rtasida ziddiyatga olib keldi. Bu ziddiyatni hal qilish yo‘li sifatida telekom munikatsiyaga estetik asoslarni olib kirish, uni axborot yetkazish funksiya sidan ozod qilish, xususan, ko‘rsatuvlar mazmunini sharqona mistitsizm, irratsional negiz bilan to‘ldirish taklif qilinadi. Intellektni «ishga solmasdan», bevosita insonning ichki olamiga murojaat qilish – bu tamoyil kompyuter grafikasi, videokliplar yaratish kabi san’atning yangi tur larida, qisman zamonaviy kino san’atida qo‘lla nilmoqda. XX asrning ikkinchi yarmi, ayniqsa, asr oxirlariga kelib, yurak-qon tomir tizimi va saraton ka salliklari

Yüklə 39,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   305




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə