Andijon viloyati hududiy boshqarmasi



Yüklə 39,93 Mb.
səhifə300/305
tarix11.05.2023
ölçüsü39,93 Mb.
#109745
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   305
Andijon viloyati hududiy boshqarmasi

savol va topshiriqlar
1. Siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi globallashuv jarayoni
nimalarda namoyon bo‘ladi?
2. Atrof-muhit va inson salomatligining yomonlashuviga qanday
omillar sabab bo‘lmoqda?
3. Ekstremizmning g‘oyaviy xavfi qanday ko‘rinishlarda namoyon
bo‘ladi?
4. Zamonaviy mutaassib diniy guruhlarning ekstremistik xavfi nimada?
5. Nima uchun terrorizm ekstremizmning eng xavfl i turi hisoblanadi?

34-mavzu : XX asr oxiri XI asr boshlarida barqaror rivojlanish va etno-ijtimoiy muammolar
Reja :

  1. Barqaror xavfsiz rivojlanish muammolari.

  2. Irqchilik va irqiy kamsitilishga qarshi kurash.

Tayanch ibora va atamalar :irqchilik,migratsiya.
Barqaror xavfsiz rivojlanish muammolari. Barqaror rivojlanish – bu iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar jarayoni bo‘lib, unda tabiiy resurslardan foydalanish, investitsiyalarni yo‘naltirish, ilmiy-texnik taraq qiyotning yo‘nalishini belgilash, shaxsning rivojlanishi va institutsional o‘zgarishlar bir-biri bilan moslashtiriladi, inson ehtiyojlari va intilishlarini qondirish uchun bugungi va istiqbolli imkoniyatlar kuchay tiriladi. Bulardan maqsad, albatta, kishilarning sifatli yashash darajasini ta’minlashdir. Insoniyat ning barqa ror xavf siz rivojlanishi ko‘p jihatdan xalqaro hamkorlikka ham bog‘liq. Sanoatni energiya va resurslar sarfini kamay tiruvchi yuqori texnolgiya lar ga asoslangan postindustrial tizimga
o‘tka zish hozirgi si vi lizatsiya zimmasiga tushayot gan yukni ancha kamaytirishi mumkin. Masalan, so‘nggi 50 yil ichida ilm-fan yutug‘i natijasida dunyoda yonilg‘i sarfi ning keskin kamayishi tabiatdan oshiq cha boyliklarni olmasdan, atrof-muhitni iflos qilmasdan yuqori texnologiyalar asosida mahsulot olish mumkinligini isbotladi.
Tabiatni himoya qilish bo‘yicha alohida davlatlar tomonidan olib borilayotgan tadbirlar bilan bir qatorda, bu sohadagi xalqaro hamkorlik ham rivojlanmoqda. Atrof-muhitni himoya qilish va barqaror taraqqiyot bo‘yicha 1992-yili Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan konferensiyada XXI asrdagi harakat, jumladan, butun insoniyat uchun
barqaror-xavfsiz rivoj lanish kon sep siya sini ishlab chiqish dasturi qabul qilindi. Dunyoning yetak chi mamla katlari ozon qatlamini yemiruvchi moddalarni atmosferaga chiqa rishni ka may tirish va keyinchalik butunlay to‘xtatish majburiyatini oldi lar. Yadro tex nologiyalaridan foydalanuvchi davlatlar atom elektrostan siyalari xavf siz li gining xalqaro standartlariga rioya qilmoqdalar. Shunga qaramasdan, global, umumjahon miqyosida barqaror-xavfsiz taraqqiyot modeliga o‘tish muammosini yechish uchun hozircha sharoit yaratilgan emas. Ammo insoniyat shu yo‘nalishda rivojlanmoqda, hamkorlik qilishda davom etmoqda. Bu insoniyatning ertangi kuniga ishonchini mustahkamlaydi. Atrof-muhitning ifloslanishi davrimizning eng dolzarb global muammosiga aylanmoqda

Yüklə 39,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   305




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə