Andijon viloyati hududiy boshqarmasi


Irqchilik va irqiy kamsitilishga qarshi kurash



Yüklə 39,93 Mb.
səhifə301/305
tarix11.05.2023
ölçüsü39,93 Mb.
#109745
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   305
Andijon viloyati hududiy boshqarmasi

Irqchilik va irqiy kamsitilishga qarshi kurash. Jamiyatdagi irqiy keskinlikni yumshatishga qaratilgan tadbirlar etnik ozchilikning teng huquq larini, jumladan, ijtimoiy sohadagi huquqlarini mustah kamlashga qaratilgan qonun lar qabul qilinishini o‘z ichiga oladi. Shunday qonunlar dastlab SSSRda, AQSH va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida
qabul qilindi. Ayniqsa, Yevropada irqiy kamsiti lishga qarshi qonunlarni mustah kam lash ga qaratil gan tadbirlar amalga oshirildi. Etnik ozchilikning ijtimoiy muammolari va siyosiy maqomiga fuqa rolik jamiyatining nodavlat tizimlari ayniqsa katta e’tibor qaratdi.
Masa lan, kasaba uyushmalarida etnik ozchilik vakil lari manfaatlarini ifoda etuvchi bo‘limlar paydo bo‘ldi. Yetakchi siyosiy partiyalar ham etnik ozchilik vakillari uchun o‘z bo‘ lim larini ochdi. Parlamentga, mahalliy hoki miyat organlariga etnik ozchilik vakilla ridan nomzodlar ko‘rsatildi. 1987-yili Buyuk Britaniyada ilk bor jamoa palatasiga etnik
ozchilik vakil laridan to‘rt nafari saylandi. Keyin qora tanli Devid Dinkins Nyu-York shahar meri, afro-amerikalik Barak Husayn Obama AQSH prezi den ti, kelib chiqishi belujlardan bo‘lgan Sodiq Omonxon London shahrining meri etib saylandi. Ammo 2015-yili AQSHning bir necha shaharlarida politsiyachilar va irqchilar tomonidan qora tanli amerikaliklarning o‘ldirilishi ortidan prezident B.Obama AQSH uchun irqchilik hamon dolzarb muammo ekanligini tan oldi.
XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi etno-ijtimoiy muammolar. XX asr oxiriga kelib katta moddiy resurs larga ega bo‘lmagan davlatlar ham etno-ijtimoiy muammolar bilan to‘qnash kela boshladi. Zotan, XXI asrda etno-ijtimoiy mojarolar o‘tgan asrdagi sinfi y kurashlarga nisbatan ham jid diyroq muammolar manbayi bo‘lishi mumkinligini bugungi voqealar ko‘rsatmoqda. Millatlararo hamjihatlik – etnik mojarolarning oldini olishning
samarali yo‘li Jahonda aholisi 1 milliondan ziyod bo‘lgan 164 ta davlatning yarmidan
kamrog‘i nisbatan bir millatli, ya’ni asosiy aholisi bitta millatga mansub davlatlardir. Qolgan davlatlar ko‘p millatli hisob lanadi. Aholining ko‘p millatli tarkibi shu davlatda etno-ijtimoiy mojarolar kelib chiqishini muqarrar qilib qo‘ymaydi. Ko‘pmillatli mamlakatlar, masalan, O‘zbekistonda turli millatlarning tinch-totuv yashash an’anasi
shakllangan. Ammo dunyoning ayrim hududlarida etnik mojarolarning keskin lashuvi yuz bermoq da. XX asrning 80-yillari oxiriga kelib, yuz bergan jami harbiy mojarolarning yarmidan ko‘pi bir davlat ichkarisida, etnoslararo mojarolar edi. O‘sha paytda bu mojarolarning asosiy maydoni Osiyo va Afrika mam lakatlari bo‘ldi. Ammo SSSR tarqalib ketishi bilan uning sobiq hududida o‘nlab etnoslararo keskinlik o‘choqlari vujudga keldi. SSSRda milliy-hududiy chega ralanish o‘tkazilgan XX asrning 20-yillarida sovet respublika lari o‘rtasidagi chegaralar ni belgilashda etnik omil yaxshi inobatga olinmagan, natijada ko‘plab aholi o‘z milliy respublikalari hududidan tashqarida qolib ketgan. Bu muammo ayniqsa Kavkazorti respublikalari va O‘rta Osiyoda SSSR qulagan dan so‘ng yaqqol sezilib qoldi. Bu hududlarda ko‘plab etnoslararo mojaro larning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Sovet davrida barcha respublikalarning sanoat potensiali bir xil
rivojlantirilmaganligi ham SSSR parchalangandan so‘ng bir qator etno-ijtimoiy muammolar manbayiga aylandi. Ayniqsa, 2000-yillardan boshlab sobiq sovet respublikalaridan mehnat muhojirlarining ommaviy ravishda Rossiya Federatsiya siga kelishi bu yerda etno-ijtimoiy holatni keskinlash tirib yubordi.
Xullas, XX asrdagi juda katta siyosiy va harbiy to‘qnashuvlarning mahsuli bo‘lgan etno-ijtimoiy muammolar asr oxirida Yevropada yuz bergan siyosiy bo‘hronlar, SSSR va sotsialistik lagerning tarqalib ketishi natija sida yanada avj oldi. XXI asrga kelib, kishilarni irqiy va diniy mansublik asosida kamsitishlar kamaygan bo‘lsa-da, ijtimoiy tengsizlik, migratsiya ja ra yonlari bilan bog‘liq muammolar hamon saqlanib qolmoqda.



Yüklə 39,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   305




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə