Saraton (rak) kasalligi sabablari, alomatlari, belgilari, davolash, oldini olish



Yüklə 407,11 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix23.12.2023
ölçüsü407,11 Kb.
#155256
Saraton (rak) kasalligi - sabablari, alomatlari, belgilari, davolash, oldini olish



Saraton (rak) kasalligi - sabablari, alomatlari,
belgilari, davolash, oldini olish
mymedic.uz
Onkologik kasalliklar
— hozirda insoniyatning yetakchi patologiyalar guruhidir. Jahon
tibbiyoti amaliyotida kasallikni dastlabki bosqichlarini davolashda muvaffaqiyatga
erishildi. Cheklovchi omillar — saratonning preklinik bosqichida muntazam keng ko’lamli
diagnostik tekshiruvlarini tashkil etishning murakkabligi, ba’zi shakllarining patogenezi
tezligining yuqori bo’lishi. Shu munosabat bilan, aholi o’rtasoda onkologik sergaklikni
yaxshilash uchun ta’lim muhim ahamiyatga ega.
Saraton (rak) nima? Kasallik haqida ma’lumot
Saraton (rak)
— bu tanadagi ichki to’qimalardan o’sadigan yomon sifatli o’sma (shish).
Kasallikning bunday nomlanishiga sabab, 90% holatlarida bemorlarda yomn sifatli
o’smalar qisqichbaqa (saraton) qisqichiga o’xshaydi (rus. 
рак
). Rivojlangan
mamlakatlarda barcha o’limlarning 15-20% saraton kasalligidan kelib chiqadi.
Saratonni davolash istiqbollari
Onkologiya — tibbiyotning yuqori texnologik bo’limidir. Tashxisdan tortib to reabilitatsiya
qilishgacha bo’lgan tibbiyotni tashkillashtirish bosqichlari logistikasi qancha yuqori
bo’lsa, bemorni tiklanib ketishga bo’lgan imkoniyati shunchalik yuqori bo’ladi. Saraton
bilan kasallangan bemorlar uchun yuqori darajadagi tibbiy yordam ko’rsatadigan
mamlakatlar ham mavjud (Germaniya, Shveytsariya, Isroil, Amerika Qo’shma Shtatlari).
So’nggi yillarda Rossiya yuqori texnologiyali markazlarni yaratib, muayyan ijobiy qadamlar
qo’ydi. O’zbekistonda ham ulkan imkoniyatlar yaratildi. Hozirda rak kasalligi davosi
o’rganilmoqda.


Agar erta yoki kech bosqichda tashxislanishiga keladigan bo’lsak, yuqorida aytib
o’tilganlardan tashqari, dastlabki bosqichlarda tiklanish istiqbollari ancha yuqori.
Saratonning erta bosqichlari
Shifokorlar saraton oldi (prekantseroz) va erta bosqichlarida saratonni davolashga
optimizm bilan nazar solishlari, ilm-fan yutuqlari va ularni amaliy qo’llash natijalariga
asoslanadi:
Kundalik amaliyotga minimal invaziv diagnostika tizimlari: KT, 
MRT
, MSKT, PET-KT
kiritilishi real vaqtda shikastlangan hujayralarning yakka to’planmalarini 2D va 3D
vizualizatsiya qilish (saraton oldi bosqichlari uchun) imkonini berdi;
Erta bosqichlarida onkojarayon patogenezi mexanizmini yaxshiroq tushunish,
biokimyo, pato ziologiya, klinik tibbiyot sohasidagi kash yotlar davolashning yangi
choralari va usullarini ochib berdi.
Yuqorida keltirilganlar faqat onkologiya boshlanayotganida samarali bo’ladi.
Saratonning so’nggi bosqichi
Tibbiy muassasalarga beparvo qilingan patologiya shakllari bilan murojaat qilgan
bemorlarni samarali davolash juda qiyin.
Onkologik kasallikni kech aniqlanishi sabablari:
Ko’plab odamlarda onkologik kasalliklarni erta aniqlash texnologiyasi ishlab
chiqilmagan, klinik belgilar bo’lmagan bemorlar o’zlarini sog’lom deb hisoblashadi;
Saratonning ba’zi shakllarida metastaz mavjudligi, subklinik kechimdan
o’smalarning tez o’sishi bilan namoyon bo’ladigan patogenezning yuqori tezligi.
Onkologik kasalliklar epidemiologiyasi
Sog’ayib ketish ehtimolligi onkologik kasallikning birinchi (dastlabki)
bosqichida tashxis qo’yilganlarda eng yuqori bo’ladi. Tashxisdan keyin besh yil
davomida tirik qolish ehtimoli bu bemorlarda 95% ni tashkil qiladi.
Inson saratonining yuzdan ziyod nozologik shakllari aniqlangan. Ko’pincha a’zo va
to’qimalarda yuqori tezlikli apoptoz (dasturlashtirilgan o’limi) va mos ravishda o’lgan
hujayralarning o’xshash xususiyatli yangi hujayralar bilan almashadigan yomon sifatli
o’smalar kuzatiladi. Jarayon qayerda rivojlanganligiga qarab, kasallik alomatlari va
belgilari o’zgarib turishi mumkin.


Ko’krak qafasi sohasida birlamchi lokalizatsiyali onkologik kasalliklar:
O’pka;
Ko’krak bezi
;
Qalqonsimon bez.
Qorin sohasidagi birlamchi lokalizatsiyaga ega bo’lgan onkologik kasalliklar:
Oshqozon;
Jigar;
Buyrak;
Oshqozon osti bezi.
Kichik tos a’zolari sohasidagi birlamchi lokalizatsiyali onkologik kasalliklar:
Prostata bezi;
Yo’g’on va to’g’ri ichak;
Bachadon tanasi va bo’yni;
Tuxumdonlar;
Qovuq;
Teri va shilliq pardalarida birlamchi lokalizatsiyali onkologik kasalliklar:
Teri va shilliq parda melanomalari.
Limfatik va gemopoetik tizimlarning onkologik kasalliklari:
Turli yosh guruhlari uchun onkologik kasalliklarning rivojlanish xav quyidagicha bo’ladi:
Gemopoez (qon hosil qilish) va limfa hosil qilish organlari — 30 yoshgacha;
Oshqozon, qalqonsimon bez, limfoma, leykoz (erkaklar va ayollar), bachadon bo’yni,
tuxumdonlar, sut bezlari (ayollar) — 31- 40 yosh;
O’pka, oshqozon-ichak trakti (erkaklar, ayollar), sut bezlari, ayol jinsiy a’zolari
(ayollar) — 41-50 yosh;
Oshqozon-ichak trakti, o’pka — 51-60 yosh;
O’pka, teri, oshqozon-ichak trakti, sut bezlari — 61-70 yosh;
Teri, o’pka, oshqozon-ichak trakti — 70 yoshdan oshganlar uchun.
Saraton sabablari
Rak kasalligini keltirib chiqaruvchi sabablar nima ekanligini hozirgacha hech kim aniq
isbotlanmagan. Hozirda bir necha o’nlab ilmiy nuqtai nazarlar mavjud. Agar ularning
barchasi bir umumiy tasvirga birlashtirilsa, yomon sifatli o’smalarning rivojlanishiga
yordam beradigan uchta asosiy omil ajratiladi:


Fizik omillar
— ular radiatsiya, ultrabinafsha nurlari;
Kimyoviy omillar
— kantserogenlar;
Biologik omillar
— ayrim xav i viruslar.
Ularning barchasi dastlab DNK tuzilishi patologiyasiga olib keladi, natijada, onkogen
faollashadi va hujayralar abadiy hayotga erishadi. Buning oqibatida hujayralar nobud
bo’lmasdan, juda katta miqdorda ko’payishni boshlaydi va o’smani hosil qiladi.
Bu omillar saraton rivojlanishining tashqi sabablari hisoblanadi. Biroq, tashqi omillardan
tashqari ichki sabablar ham mavjud — bu irsiy moyillikdir. Bu holda organzimning DNKni
qayta tiklash qobiliyati yoki onkologiyaga immunitet darajasi kamaygan bo’ladi. Ko’pincha
saraton kasalligining ichki va tashqi sabablari shunchalik xiraki, ularning ta’siri ustunligi
haqida gapirish qiyin.
Ilmiy dunyoda saratonning mutatsion nazariyasi umumiy qabul qilingan. Ushbu
nazariyaga ko’ra, saraton hujayrasi — tashqi yoki ichki omillar ta’siri ostida tananing
yetilmagan hujayralarining aniq genetik nuqsonlari natijasidir. Kantserogenezning boshqa
nazariyalari ham muhokama qilinadi.
Ammo, hech qay biri kasallikning mohiyatini aks ettirmaydi, chunki:
Saratonni davolashning zamonaviy tamoyillari — rivojlanib bo’lgan kasallikning
oqibatlarini bartaraf etishga asoslangan: jarrohlik aralashuvi, kimyoterapiya va
radioterapiya usullari orqali o’simta hujayralari o’sishini bostirish;
Hujayra mutatsiyasini boshqarish usullarini tushunish uchun hech qanday
tamoyillar mavjud emas.
Kantserogenezning universal mexanizmi kashf qilinganidan so’ng, shubhasiz, kasallik
ustidan o’rnatilgan haqiqiy g’alaba degan ma’noni anglatuvchi yomon sifatli shishlarning
rivojlanishini istisno qilish usuli aniqlanadi.
Shuning uchun, ushbu maqolada turli nazariyalar ta’ri ga chuqur to’xtalib o’tish amaliy
mazmunga ega emas. Barcha olimlar tomonidan e’tirof etilgan, shubhalanmagan,
o’quvchilarga amaliy foydasi bo’lgan sodda va tushunarli lahzalariga to’xtalib o’tamiz.
Nima uchun saraton paydo bo’ladi?
Inson organizmni ko’p sonli, taxminan 10
13
–10
14
tagacha bo’lgan hujayralardan iborat
bo’lib, to’rt turdagi to’qima mavjud: epiteliy, biriktiruvchi, mushak, nerv to’qimalari, ular 200
dan ortiq turdagi maxsus hujayralardan iborat. Normal organizmda barcha hujayralar
bitta genetik dasturga muvo q ishlaydi.


Hujayralarning hayot muddati dasturlashtirilgan. Har bir hujayra turi uchun shaxsiy
chegara mavjud, masalan, trombotsid 4 kun, eritrosit esa 125 kun. Inson tanasi doimiy
ravishda yangi hujayralar tufayli yangilanadi.
Sog’lom hujayralarining bosqichlari:
Organizmning o’zak hujayralarining tug’ilishi va bo’linishi.
Yetilish. Hujayraning morfologik va ziologik ixtisoslashuviga bo’lgan genetik kelib
chiqgan intilishi.
Ixtisosligi. Hujayra yetilgan morfologik, gistologik va ziologik belgilarga ega
bo’lishi, masalan, epitelial hujayradan, eritrotsitdan, limfotsitdan faqat shularga
o’xshash hujayralar paydo bo’ladi.
Faoliyat. Hujayralarning to’liq ishlashi va makroorganizmga keng qamrovli
bo’ysunishi.
Qarish. Fiziologik vazifalarning yo’qolishi davri, morfologik o’zgarishlar.
Dasturlashtirilgan o’lim (apoptoz). Patologik o’lim — nekrozdan asosiy farqi, apoptoz
holatida hujayra atro da yallig’lanishli shish yo’qligi.
Patologik mutatsiyalar har bir soniyada sodir bo’ladi, lekin o’zgargan hujayralarning ko’p
bosqichli nazorati natijasida, sog’lom organizmda «yomon» hujayralar yo’q qilib turiladi.
Ichki va / yoki tashqi patogen omillar (genetik, zil, kimyoviy, biologik) ta’siri ostida
nazorat qilish funktsiyasi buzilsa, o’zgargan hujayralar o’lmaydi, balki o’sma joyida
ko’payib boradi, biroq, endi organizmga aloqador bo’lmagan o’zlarining dasturlari bilan.
Muhim farq shundaki, mutatsiyaga uchragan hujayralar ixtisoslik va keyingi bosqichlariga
yetib bormaydi, ularning dasturlashtirilgan o’limi (apoptoz) sog’lom organizmning yagona
qonunlariga bo’ysunmaydi.
Organizmdagi o’smaning bosqichlari
Giperplaziya
yoki ortiqcha yetilmagan hujayralarning shakllanishi;
Yaxshi sifatli shish paydo bo’lishi
; Ushbu bosqich:
Saratonning ba’zi shakllarida bu bosqich bo’lmasligi mumkin, jarayon
giperplaziyasiz birdan displaziya bosqichiga o’tishi mumkin;
Patogenez davom etmasligi, shu bosqich yakuniy bosqich bo’lishi mumkin.
Yaxshi o’simta asta sekin o’sadi, metastaz kuzatilmaydi, xavf faqatgina o’simta atrofdagi
asab tolalari, qon tomirlarini ezib qo’yishi holatlarida paydo bo’ladi.
Displaziya
. O’zgargan hujayralarning patologik o’sishini davom etishi va kuchayishi.
Yaxshi sifatli o’smani yomon sifatli o’smaga aylanishi — bu malignizatsiya deb
ataladi.


Saraton oldi holati
— bu chegara holati bo’lib, shish rivojlanib bo’lgan, ammo regress
yuz berishi mumkin. Ushbu holatdagi hujayralarning yana bir muhim xususiyati —
ularning cheklangan sohada joylashganligidir.
Invaziv saraton
. Patogenezning rivojlanishi metastaz paydo bo’lishi, shish o’sgan
sohalarda yallig’lanish reaktsiyalari rivojlanishi bilan birga kechadi. Metastazlar olis
a’zolarda aniqlansa, kasallikning yakuni yaxshi hisoblanmaydi.
Saraton kasalligi yuzaga kelishining sababi sifatida kantserogenlar
Saraton yuzaga kelishining asosiy sababi kasallikning xususiyati — bu DNK tuzilishining
shikastlanishida yotadi. Uni esa kantserogenlar shikastlaydi. Tabiiyki, insonlarda bunga
qarshi mudofaa bor.
Organizm o’zi tiklanishi, kantserogenlar va hatto xatarli o’smalarni yo’q qilish qobiliyatiga
ega. Ammo yosh o’tishi bilan organizmning bu vazifasi zai ashadi. Shuning uchun
saraton kasalligiga chalinish xav nafaqat organizmning faoliyatiga, balki tushayotgan
kantserogenlar soniga ham bog’liq. Shu sababli, organimzga tushadigan kantserogenlar
miqdorini kamaytirish saratonning oldini olish imkonini beradi.
Kantserogenlar ta’siri
Turli xil kantserogenler DNK tuzilishiga turlicha ta’sir qiladi. Masalan, zik shikastlanish
ko’p miqdorda erkin radikal hosil qiluvchi kantserogenlar tomonidan yuzaga keladi.
Ularga ultrabinafsha va rentgen nurlari kiradi. Shuningdek kimyoviy ta’sir ko’rsatadigan
kantserogenlar ham mavjud bo’lib, ular DNK bilan kimyoviy bog’lanishi natijasida uni
zararlaydi. Biologik kantserogenlarga viruslar kiradi. Viruslar odatda DNK tarkibiga o’z
DNKsini kiritadi va uni shikastlaydi.
Ammo kantserogenlarning ta’sir qilishiga tibbiyotning o’zi ham hissasini qo’shishi
mumkin — masalan, ionizatsiyalovchi nurlanishlar, gormon terapiyasi va saraton
terapiyasi.
Irsiyat va saraton
Irsiyat ham saraton rivojlanishiga ta’sir qiladi. Insonda zaif immunitet bilan bog’liq
onkologiyaga tug’ma moyillik yoki organizmning DNKni tiklash qobiliyati pasayishi
aniqlanishi mumkin.
Saraton va chekish


Tamaki chekish — bu saratonning eng yaxshi manbasi bo’lib, bir vaqtning o’zida ikkita
xavf omilidir: jismoniy zaharlanishdan tashqari, chekuvchi kimyoviy nurlanish ta’sirga
ham duchor bo’ladi. Bir quti sigaretadan taxminan 8 mikrozivert chiqadi, bu 800
mikrorentgenga teng. Ushbu miqdordagi radiatsiyani 24 soat ichida butun boshli
radiatsion fon hosil qiladi! Agar chekuvchi bir nechta quti cheksa-chi? Boshqacha qilib
aytganda, faol sigareta chekuvchi shaxs katta miqdorda zaharlovchi moddalarni oladi,
ulardan o’pka, oshqozon aziyat chekadi va qo’shimcha ravishda uch karrali radiatsiya
dozasini oladi! Va nega bu odamlar chekishni tashlamaydilar?
Bugungi kunda o’pka saratoni bilan bog’liq barcha holatlarning 80% chekish bilan bog’liq
va faqatgina 10% radon va boshqa omillar ta’sirida yuzaga keladi. Har yili saratondan 600
ming kishi vafot etadi!
Saraton xavf omillari statistikasi
95% hollarda saraton yomon atrof-muhit va hayot tarzi tufayli yuzaga keladi:
Tamaki chekish — 30% patologiyalar;
Oziq-ovqat — 35% patologiya;
Infektsiya — 10%;
Kasb bilan bog’liq kantserogenlar — 5%;
Ionlashtiruvchi va ultrabinafsha nurlanish — 6%;
Alkogolizm
— 2%;
I oslangan havo — 1%;
Jinsiy infektsiyalar — 4%;
Past jismoniy faollik — 4%.
Shuni ta’kidlash kerakki, eng yuqori foiz noto’g’ri ovqatlanishga to’g’ri keladi. Buning
sabablari yuqori kaloriyali parhez, 
semizlik
, oziq-ovqat mahsulotlarida kantserogenlar
mavjudligi, kletchatkaning oz miqdordaligidir. Parhezni o’zgartirish va to’g’ri ovqatlanish
inson salomatligi garovidir.
Saratonni oldini olish
Saraton kasalligining oldini olish uchun tez-tez shifokor ko’rigidan o’tib turing.
Kantserogenez jarayonini dastlabki bosqichlarda aniqlash imkoniyati yildan-yilga o’sib
bormoqda. Saratonni boshlang’ich davrlarida yengish esa juda oson!
2000 yilda saraton kasalligiga chalinganlarning soni 10 000 000 ni tashkil etdi. Turmush
sharoiti, atrof-muhit va turmush tarzi yomonlashib borayotganligi sababli, 2020 yilga
kelib, olimlar bashoratiga ko’ra, saraton bilan kasallanganlar soni 16 millionga yetadi.
Kasallanganlar foizini kamaytirish uchun rak kasalligini pro laktika qilish lozim.


Yevropada saraton kasalligining oldini olish choralari qo’llanilgach, kasallanishlar soni 20
foizga kamaydi. Saraton bilan kurashishdagi eng yaxshi choralar — chekish va noto’g’ri
ovqatlanish bilan kurashish, ultrabinafsha nurlanishini kamaytirishdir.

Yüklə 407,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə