1- rasm 1-rasmda ko‘rsatilgan qo‘llarning harakati ehtimolga yaqin bo‘lib, u mazkur
holatda yengil, erkin siltashni o‘z ichiga oladi.
Orqaga to‘lqin sagital o‘qda bajariladi (2-rasm). U tananing yuqoridagi
a’zolaridan boshlanadi: orqaga egilishga (1-2- kadr). Pastki a’zolar qo‘shiladi,
gimnastikachi gavdani to‘g‘rilamasdan oldinga egilib yarim cho‘qqayishga o‘tadi
(3-5- kadr), undan keyin esa gavdani rostlaydi (5-8- kadr).
Yonga to‘lqin (3-rasm). Mazkur to‘lqindagi harakat ketma – ketligini
gimnastikachining bo‘ksasi orqali kuzatishimiz mumkin: dastlabki holatdan chap
oyoqqa turib, o‘ng oyoq yonda oyoq uchida (1- kadr) turib gimnastikachi o‘ngga
egilib yarim cho‘qqayadi, shunda bo‘ksa chapga harakatlanadi. Keyin og‘irlik
asta-sekin ikkala oyog‘ga o‘tkaziladi va bo‘ksa o‘nga harakatlana boshlaydi (2-3-
kadr). Bundan keyin tana og‘irligini o‘ng oyoqqa o‘tkazib, gimnastikachi o‘ngga –
yuqoriga harakatlanadi (3-4- kadr). To‘lqinning yakunida gimnastikachi dastlabki
76
holatga o‘xshash, lekin o‘ng oyoqda turib (4-5- kadr) chap oyoq yonda oyoq
uchida turib tugatadi. 4-rasmda xuddi shu harakat yon tomondan ko‘rsatilgan.