Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə14/86
tarix29.11.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#142763
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   86
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-fayllar.org

Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy
Xoja Abdulholiq G’ijduvoniy keyinchalik Xojagonlar (Naqshbandiya) tariqatiga
asos soladi. Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy 1103-yili Buxoro viloyatining G’ijduvon
tumanida tavallud topgan. U boshlang’ich talimni G’ijduvonda olgach, Buxoroga kelib,
Yusuf Hamadoniyga shogird tushadi. Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy Yusuf Hamadoniy
qo’lida talim olib, «zikri dil»(«xufya usuli bilan zikr aytish»)ga ijozat bolgach, ushbu
sulukka o’tadi.
Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy malum tahsilni olib, tariqat peshvosi darajasiga
etgach xojagon (keyinchalik naqshbandiya) tariqatining mohiyatini belgilovchi
va mazkur talimotning asosiy aqidalari hisoblangan talablarni yaratadi. Bu



44
aqidalarning to’rttasiga dastlab Yusuf Hamadoniy tomonidan tartib berilgan bo’lib,


ular:
1. Xush dar dam - tiriklik nafasda. Ichkaridan chiqayotgan har bir nafas ogohlik
va huzur yuzasidan bo’lishi, g’aflat unga yo'1 qo’ymasligi kerak.
2. Nazar bar qadam, ya'ni nazar qadamda. Solik yo'1 yurganda uning nazari
doimo oyoq panjalarida bo’lsin, nazari sochilmasin va keraksiz joyga tushmasin,
degan ma'noni bildiradi. Bu insonni har bir ishga mas'uliyat bilan qarashga,
behuda narsalar uchun hayotni, vaqtini sarf etmaslikka undaydi.
3. Safar dar vatan - solik odamiylikning tabiatida safar qilsin, ya'ni yomonlikdan
yaxshilik tomon yursin degan ma'noni bildiradi.
Abdurahmon Jomiynnig bir bayti sharhida «yurakning ma'naviy oynasi
olamning zabt etuvchi zaxmatlaridan xalos bo’lsa, soflik va nuroniylik bilan
bezansa, tabiiy xohishlar zulmat undan ko’tarilsa, yaratuvchi tajalliyoti va ilohiy
sifatlarni qabul etish uchun safar va sulukka hojat qolmaydi. Chunki safar, sayr va
sulukdan maqsad yurakka sayqal berish va uni tozalashdir», - deb ta'kidlanar ekan,
suluk safar qilish-qilmasligi ularning xojagonlar malakasini hosil qilishlariga bog’liq.
Agar o’z yurtlarida bunday talimni amalga oshiruvchi azizni topsalar, tarki safar
aylab, «chidam xislatini» hosil qilmog’i, «xojagonlarning nisbat malakasini qo’lga
kiritish»i mumkin, - deyiladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə