Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə13/86
tarix29.11.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#142763
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   86
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-fayllar.org

Ahmad Yassaviy
Ahmad Yassaviy 1041-yili Saryom (Sayram) qishlog’ida Shayx Ibrohim
xonadonida tug’iladi. Etti yoshida otasidan, so’ng onasidan etim qoladi. U Arslonbob
nomli inson qo’lida hamda aksariyat tolibi ilmlar kabi Buxoroda tarbiya va tahsil
oladi. U erda mashhur Yusuf Hamadoniydan suluk odoblarini o’rganib, so’ng
Turkistonga qaytadi va o’z tariqatiga asos soladi. U so’fiylik g’oyalari, o’z tariqati
asoslarini targ’ib etishda she'rlaridan foydalanadi. Islom dini aqidalari va o’zi
asoslagan g’oyalarni she'riy tarzda bayon etish asosida keng omma orasiga kirib
boradi. Yassaviy hikmatlarining axloqiy, falsafiy, ilohiy asoslari to’g’ridan-to’g’ri
«Qur'on» g’oyalari va payg’ambarimiz Muhammad alayhis-salom hadislari negizida
shakllanadi. Ahmad Yassaviy hikmatlarida Muhammad alayhis-salom talimotida
ulug’langan ma'naviy-axloqiy xislatlar - muruvvat, saxovat, qanoat, rostgo’ylik
targ’ib qilinadi, bildirilayotgan fikrlar kishilarni faqat Ollohga tobe bolishga
undaydi. Uning hikmatlarida pand-nasihat asosiy o’rin tutadi. Ularning barchasida
so’fiylik tariqatining a'mollari – haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafsu dunyodan
chekinishga da'vat etuvchi g’oyalar o’z aksini topgandir. Inson ruhi va ongini har
qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina inson axloqida ko’zga
tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni
shakllantirishning asosiy yo’llaridan biri sifatida e'tirof etiladi. Zero, tasawuf -
nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs –ochko’zlik, o’g’rilik, jaholat, xudbinlikni
keltirib chiqaradi. Shuning uchun qanoat Ahmad Yassaviyning hayotiy shiori sanaladi.
Oziga qanoat qilish, shukronalik, halol luqma eyish orqali inson Haq bilan «ko'risha»
oladi, nafsga mute bo’lganlar esa xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga
uchraydi. Xususan:
Nafsdan kechib, qanoatni pesha qilg’on, Har kim topsa, rozi boiib, bo’yi sung’on 
Yaxshilarga xizmat qilib duo olg’on, Andoq oshiq rnahshar kuni armoniyo’q.
Jondin kechmay hu-hu degan bari yolg’on, Bu gumrohdin so’rmang savol, yo’lda 
qolgan, Haqni topgan o’zi pinhon, so’zi pinhon, Ul sababdan oltmish uchda kirdim 
erga.
Banda bo’lsang mehnat tortg’il g’ofil odam, Oqil ersang g’animatdur senga shul 



43
dam. Omonatdir aziz joning yurma beg’am, Eshitib o’qib erga kirdi qul Xoja 


Ahmad.
Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va
ustozlarga hurmatsizlik, ma'naviy qashshoqlik, yovuzlik, takabburlik, nodon
insonning eng tuban shaxs ekanligi, nodonlik, razo-lat hukm surgan joyda, ma'rifat
bo’lmagan o’lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini alohida qayd etib o’tadi.
Ahmad Yassaviy hikmatlarida Haqqa etish yo’lini targ’ib qilar ekan, insonni
jaholat botqog’idan xalos qilish lozimligini alohida ta'kidlaydi. U «shariatda orif-billoh
bo’lishni, tariqatda voqif-asror bo’lishni, haqiqatda komil-mukammal bolishni,
ma'rifatda daryoi ummon bo’lishni talab qiladi».
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan anglanadiki, Ahmad Yassaviy tomonidan ilgari
surilgan g’oyalar insonni yomon illatlar, nafs balosidan voz kechishga undaydi.
Yomon illatlar va nafs balosidan xalos bo’lish insonni ruhiy va jismoniy komillik sari
etaklaydi.
Aslini olganda, Mansur Xalloj ham, Imom G’azzoliy ham, Ahmad Yassaviy
ham ruhiy kamolotga intilganlar. Zero, ular intilgan komillik -Haqqa etishish, unga
muhabbat qo’yish, shu ishq dardi bilan yashash, tavba-tazarru, sabru qanoat,
shijoat, to’g’rilik, rostgo’ylik, samimiyat, nafsni tiyish, undan g’olib kelish, har bir
inson qalbini chirkin illatlardan xalos etuvchi faqru fano kabi xislatlarning majmuidan
iboratdir. Ular inson kamolotining ta'minlanishi uchun turli yo’llarning samarali
ekanligini asoslashga harakat qilganlar. Shu bilan birga, tadqiqotchilar yassaviya
talimoti g’oyalariga ko’ra zolim hukmdor, nopok din peshvolari, nodon va johil
kishilarga nisbatan muxolifot mavjudligi ta'kidlanganligidan guvohlik beradilar.
XIV asrning boshlariga kelib, Movarounnahrda so’fiylikning yana bir oqimi -
naqshbandiya tariqati shakllandi.
Naqshbandiya ta'limoti o’zining hayotiy g’oyalari bilan boshqa tariqatlardan tubdan
ajralib turadi. Naqshbandiya tariqatining ildizi uzoq davrlar, ya'ni Sharq Uyg’onish
davriga borib taqaladi. Markaziy Osiyoda ikki buyuk olim - Abulqosim al-Xaraqoniy
(1034-yili 80 yoshida vafot etgan) hamda Abu Ali al-Farmadiy (1084-yili vafot
etgan)ning so’fiylik talimoti rivojida katta hissalari bor ekanligini ta'kidlaydilar.
Tasavvuf olamining mashhur faylasuflari Ahmad al-G’azzoliy va Yusuf Hamadoniy
(1049-1140 -yillar) Abu Ali al-Farmadiyning shogirdlari sanaladilar.
Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Abdulloh Barraqiy(Barkiy), Xoja Ahmad Yassaviy va
Xoja Abdulholiq G’ijduvoniy tasawuf ilmi bo’yicha Yusuf Hamadoniy qo’lida
chuqur ta'lim olgan to’rt mashhur shayxlar sanaladilar.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə