Strategik rejalashtirish modellari



Yüklə 54,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü54,37 Kb.
#181345
  1   2   3
Strategik rejalashtirish modellari



Strategik rejalashtirish modellari 
 
Reja: 
 
1. Стратегия турлари 
2. Стратегик қарорларни қабул қилиш тартиби 
3. Стратегик дастурнинг мазмуни. 


«Strategiya» tushunchasi ikki qismdan iborat (grekcha «Strategia») – stratos -
qo‘shin, ago- olib bormoq, ya’ni masalan, kelib chiqishi bo‘yicha harbiy atama 
hisoblanadi. 
Agar, «strategiya» tushunchasini, fuqarolik muhitida qo‘llanilsa, strategiya
avvalo uzoq muddatli rejalashtirish va mavjud bo‘lgan ahvolni saqlash, maqsadga 
muvofiq bo‘lsa yoki maqsadli ko‘rsatmalarga muvofiq aniqlanadigan, u yoki bu 
sohada tub o‘zgarishlarga erishishga yo‘naltirilgan ish - harakatlanish dasturini 
ifodalaydi. 
«Strategiya» atamasi turli iqtisodiy tizimlarda turlicha tushuniladi. Strategik 
ko‘rsatmalarning qat’iylik darajasi bir xil tushunilmaydi. Mikmilan, uning yapon 
variantini shunday ta’riflab yozadi: « bu yerda strategiya, puxtalik bilan o‘ylangan, 
A va V ga va so‘ngra Strategik ga o‘tishga ijozat beradigan qoidalar yig‘indisi va 
bajariladigan ish tartibi o‘zaro mantiqan bog‘liqligini mutlaqo bildirmaydi». 
Yaponiyada, strategiya deganda, amaliy boshqaruv tizimlari chegarasi 
tashqarisida ro‘y beradigan voqealarga tayyor turish tushuniladi. Ushbu mazmunda 
strategiya, mustahkam turgan fikrlardan, u yoki bu chetga chiqishlar mavjudligi, 
noaniq sharoitda harakatning umumiy mo‘ljallarini ishlab chiqadi. 
Innovatsion strategiya, umumiy iqtisodiy strategiyada dvigatel rolini 
o‘ynaydi. Innovatsion strategiya o‘rni, kompleks strategiya tuzilishini tahlil qilish 
jarayonida aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Takror ishlab chiqarish jarayonining 
alohida qismlari uchun, substrategiyada kompleks strategiyani dekomponovkalash 
mumkin. Dekomponovkalash, gorizontal va vertikal qirqimlarda bajarilgan bo‘lishi 
mumkin. Gorizontal qirqim: 
ishlab chiqarish dasturlarining rivojlanish substrategiyasi; 
ishlab chiqarish-texnik bazalarining rivojlanish substrategiyasi; 
boshqaruv tizimlarining rivojlanish substrategiyasi. 


Vertikal qirqim, iqtisodiy tizimlarning bo‘g‘inlari va elementlari uchun 
strategiyani ishlab chiqishni ko‘zda tutadi (korxona uchun strategiya - bo‘linmalar 
va tarkibiy birliklarning rivojlanishi; tarmoqlar uchun alohida ishlab chiqarish). 
Butun bir integratsiya sifatida ko‘rib chiqilayotgan kompleks strategiya 
umumiy va ishchan strategiyaga bo‘linadi. 
Umumiy strategiya tashkilot maqsadiga erishishga mo‘ljal olib, tashqi va 
ichki o‘zgarishlarga ta’sirlanish vositasi bo‘ladi (faoliyat yo‘nalishini tanlash, 
masalan, manbalardan foydalanish, bozordagi muomala, tutashish, muvaffaqiyat va 
hokazo). 
Umumiy strategiyani amalga oshirish vositalari: narx, kredit, mollarni sotish, 
reklamalar, mutaxassislar va hokazo kichik strategiyani ifodalovchi ishchan 
strategiya, alohida kichik strategiyadan iboratdir. 
Ishlab chiqarish omillari rivojlanishining har bir substrategiyasi omillarning 
o‘zaro ta’siri va mahsulot rivojlanish substrategiyasiga tegishli bo‘lgan, ilmiy-
texnik innovatsiya elementlarini o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, innovatsion 
strategiya, ishlab chiqarish umumiy maqsadlarini va umumiy strategiyaning kichik 
tizimlarini amalga oshirish strategiyasidan iboratdir. Innovatsion strategiya ishchan 
strategiya bilan chambarchas bog‘langan. Xullas, bir tomondan, innovatsion 
siyosat, aniq moliya –iqtisodiy vositalar (ishchan kichik strategiya) sohasida 
tegishli yordamni talab qilsa, boshqa tomondan esa, ularning o‘zi tomonidan 
berilayotgan imkoniyatlari ma’lum darajada aniqlanadi. 
Strategiyaning vertikal qirqimi ular makro-mezo (regional) va mikrodarajada 
ko‘rib chiqilishini ko‘zda tutadi. 
Makro strategiya ba’zan markaziy deb atalsa, mikro strategiya esa ins-
titutsional, deb ataladi. 

Yüklə 54,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə