Adabiyot 11-sinf indd



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
adabiyot 1qism 11 uzb

ikkinchi fasl
Bu faslda man farqi qarolar taqdirini bayong‘a keltirur-
man. Avvalo, farq iborasi uldurki, ayollar boshini ikki qismga 
ajratib, peshonasidin, ya’ni burni ustidin ayriliq yo‘l tushar, 
shu(l) yo‘lni farq deyurlar, ma’nisi ulki o‘ng taraf va chap 
tarafni farq qil 
moq uchun zarurdir. Ma’lum bo‘ldiki, farq 
deb ayol boshidag‘i chiziqni nom olduk. Bas, farq ayol 
boshida bo‘lsa, ul farq qay xilda bo‘lmog‘ini ham bilmoqni 
taqozo qilur.
Ayol sochini farqi har ikki tarafg‘a barobar taralg‘on 
bo‘lub, nihoyat, silliq bo‘lg‘onidan yaroqqos jilosi bo‘lur, ul 
jilog‘a nazar solub, bu ayol taqdirini nelar bilan o‘turini 
muoyina tafakkur ko‘zi ila ko‘rib bo‘lur. Bu farq egasi-
ni man inson onosi har nechuk donishmand enagasi deb 
bilurman, ul ono shundog‘ onodur va mohir donodurki
Aflotun va Arastuni, Laqumojis va Doniyolni, Xizr ila Ilyos-
ni, Iskandar-u Doroni, Luqmon va Sulaymonni, Abu Sino 
va Ulug‘bekni, Jomiyni, Sa’diyni, Navoiyni, Firdavsiyni, 
Bedil va Xayyomni, Nodira va Uvaysiyni, meni va seni 
o‘z qornida o‘n oy ko‘tarub, turli ofatlardin saqlab, yegan 
g‘izosidan
1
rasamat
2
berib, to‘qson to‘qquz to‘lg‘oq dardini 
tortub tug‘ub, hanuz ko‘z ochishg‘a majolimiz va sut em-
moqqa kamolimiz bo‘lmag‘on murg‘ak va g‘ilmak holimizda 
ko‘zimizni ochib, olamni ko‘rish va sut emish qobiliyatig‘a 
davvor-u
3
mohir qilibdur, ko‘z mujgonlarini shona
4
qilib, un-
din barcha xilmlarni
5
bartaraf qilib, nimjon barmoqlarimizni 
silab, band-bandig‘a yig‘ilg‘on kirlarni artib, qo‘limizg‘a biror 
narsalarni ushlatub, harakat-ish o‘yinlarni o‘rgatti.
1
G‘ i z o – ovqat, oziq, yegulik.
2
R a s a m a t – ulush, hissa.
3
D a v v o r – aylanuvchi, o‘zgarib turuvchi.
4
Sh o n a – taroq.
5
X i l m – ko‘z og‘riq chiqindisi.


195
O‘shal ono o‘zi o‘rgatgan harakatlar chaqaloqdin voqe’ 
bo‘lganda, kamoli xushnudlikdan boz
1
bolani qaynoq va yum-
shoq ko‘ksiga bosub, hidlab, bo‘salar qilur. Go‘yo boladin so-
dir bo‘lg‘on harakatlar bolani hushyor, botirlig‘idin bo‘lubdur 
va go‘yo onog‘a bir ulug‘ foydaliq mehnat qilib berubdur.
Bas, shundog‘ mehribon ono ham mazkur farqi qarolari 
jumlasidandur... 
Farqi qarolarni qaro soch, qaro ko‘z, qaro xol va lola 
yuz, la’ldek lab, sadafdek tish va hokazolar ila tasvir et-
ganda, ularda o‘z husni jamollarig‘a yarashgon aql, farosat-u 
himmat va g‘ayrat, xizmat-u mehnatlari ham bordurki, ul 
fazilatlari ila birga yodla 
moq lozimdur. 

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə