Mohir tarjimon, yozuvchi- mirzakalon



Yüklə 49,42 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü49,42 Kb.
#160315
  1   2
Mirzakalon Ismoiliy



Andijon viloyat bolalar kutubxonasi
Uslubiyat bo'limi
Mirzakalon Ismoiliy tavalludining
115 yilligiga
MOHIR TARJIMON, YOZUVCHI- MIRZAKALON
ISMOILIY





Andijon - 2023


AVBK_uslubiyat


Tarjimai hol


Taniqli adib va mohir
tarjimon Mirzakalon Ismoiliy
1908-yil 15-oktyabrda
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida
dunyoga keldi. U dastlab qishloq
maktabida o‘qidi, keyin shahar
maktab-internatida tarbiya oldi.
Toshkentga kelib, o‘zbek
erkaklar bilim yurtida ta'lim


oldi. 1928 - 1930 yillarda O‘rta Osiyo Davlat universitetining Sharq fakultetida o‘qidi, o‘qituvchilik qildi.





Mirzakalon Ismoiliyning dastlabki ijodi “Sakkizinchi mart xotin-qizlar ozodligi” nomli kichik pyesadan boshlangan. Ushbu pyesa 1927-yilda nashr etildi. U O‘zbekiston Davlat nashriyotida (1932 - 1937), Toshkent kinostudiyasida (1937 - 1938), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1939), “Qizil O‘zbekiston” gazetasida (1948 -1949) va “Sharq yulduzi” jurnalida (1949 - 1950) ishladi.


Adib ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. U 1942-yilda frontga jo‘nab, 1947-yilgacha harbiy xizmatda bo‘ldi. “Qizil Armiya” nomli front gazetasida mas'ul kotib, muharrir o‘rinbosari, harbiy muxbir bo‘lib ishladi. Yozuvchi va jangovar jurnalist sifatida faoliyat ko‘rsatdi.


AVBK_uslubiyat




Urushdan keyingi yillarda ham, adib samarali ijod qildi. Jumladan, “Ozod inson haqida qo‘shiq” nomli novellalar to‘plami, odob-axloq bobida “Inson husni” nomli kitobchani nashr ettirdi. Shuningdek, u “Keng maydonlar” pyesasining (1948), qator ocherklarning muallifi hamdir. Jumladan, “Vatanga muhabbat”, “Gvardiyachi”, “Gulxan yonida”, “Yorqin kunlar sari”, “Zifo”, “Ikki kecha-yu, ikki kunduz”, “Ozodlik gulini hidlagan kishi”, “Sening amring” kabi ocherklari diqqatga sazovor.
Mirzakalon Ismoiliy 1950-yil 30-noyabrda qatag‘onga uchrab hibsga olingan. 1955-yil noyabrda gunohsiz topilib ozodlikka chiqarilgan.


Mirzakalon Ismoiliy ozodlikdan
mahrum chog‘ida ham tushkunlikka
tushmay, qo‘liga qalam olib xalqi
uchun mehnat qildi. Jumladan,
“Farg‘ona tong otguncha” romanini
yozdi va ozodlikka chiqqach, romanga
sayqal berib, nashrga tayyorladi.
Romanda Oktabr to‘ntarishi arafasidagi
o‘zbek mehnatkashlarining hayoti va
ma'rifat sari intilishini tasvirlagan.
Roman o‘zining g‘oyaviy-badiiy
xususiyatlari bilan 60-yillar o‘zbek


nasri ravnaqiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi. Mirzakalon Ismoiliy yoshlar hayotini aks ettiruvchi “Bizning roman” (1963), ma'naviyat yog‘dularini sharaflovchi “Odamiylik qissasi” (1965) kabi puxta, go‘zal nasriy asarlari bilan kitobxonlar e'tiborini qozondi.





AVBK_uslubiyat





Odamiylik qissasi”da yozuvchi odob, axloq to‘g‘risida
hikoya qiladi. Muallif asarda yoshlarni hamisha qiziqtirib kelgan
go'zallik, ishq-muhabbat tushunchalariga aniq va ravshan ta'riflar
beradi, ajoyib hikmatlar keltiradi. “Odamiylik qissasi”da insonga
oid juda ko'p fazilatlar birma-bir sanab, ta'riflab o'tiladi:
mehnatsevarlik, madaniylik, shirinsuhanlik, ko'ngilxonlik,
oqko'ngillik, yuz chiroyi, ishq-muhabbat, iffat, hayo, odob, xulq-
atvor, farzand burchi, ota-onadan lozimi va boshqalar tartibi bilan
tiziladi va xalq adabiy tilida tushuntiriladi.
Mirzakalon Ismoiliy “Qizlar
daftariga” (1980), “O‘zingdan ko‘r”
(1986), “Inson husni” (1989) kabi
asarlarida ham yoshlar axloqi, oilada
totuvlik va o‘zaro hurmat masalalari
haqida fikr yuritadi. Qissadagi har bir
voqea, keltirilgan dalil va fikr shunday
mohirlik bilan tasvirlanganki, go'yo
adib kitobxon bilan yuzma-yuz suhbat
quradi, chin yurakdan so'zlashadi,
oramizda uchrab turadigan va sira inkor
qilib bo'lmaydigan illatlarni baralla


ochib tashlaydi, ularga barham berish zarur ekanini isbotlaydi.


Mirzakalon Ismoiliy dastlab, Lev Tolstoyning “Tirilish” romanini 1938 yilda, keyinchalik shu yozuvchining “Anna Karenina” romanini o'zbekchaga o'girdi. Yozuvchi qatag'ondan so'ng ozodlikka chiqqach, ikkinchi jahon urushidan ilgari boshlagan xayrli ishlarini davom ettirib, qator asarlar tarjimasiga kirishdi. Jumladan, M.Sholoxovning “Inson taqdiri”, N.Ostrovskiyning “Bo'ron bolalari”, Rashod Nuri Guntekinning


AVBK_uslubiyat




Choliqushi”, Servantesning “Don Kixot” kabi asarlarini o'zbek kitobxonlariga tuhfa etdi.
U jahon adabiyotining 200 dan ortiq na'munalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Mirzakalon Ismoiliy O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi (1983) unvoniga sazovor bo‘lgan.
Taniqli adib, mohir tarjimon Mirzakalon Ismoiliy 1986-yil 5-mayda vafot etgan.


AVBK_uslubiyat



Yüklə 49,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə