Adabiyot 11-sinf indd


«RiSOlAyi FAlSAFAyi SiyOHON»DAN



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
adabiyot 1qism 11 uzb

«RiSOlAyi FAlSAFAyi SiyOHON»DAN
(
«Qarolar falsafasi risolasi»dan
)
Avvalg‘i fasl
Bu faslda barcha qarolar borasida bu aqli qosir
1
va no-
raso ilan bayon qilurman.
Aslida, qaro nimarsalar qarong‘ulikda ko‘zga ko‘runmas, 
ammo bu falaki kajraftor
2
o‘z shevalari ilan zamonani zulmat 
ichra qaro chodirga burkabdurki, bu chodir o‘z qarolig‘i qirq 
yilg‘i jilosida ichidagi barcha qarolarni ham namudor etgay
3
...
Har kishida o‘tkur idrok bo‘lsa bilurki, qarong‘u tunda 
qaro baxt, qaro niyat va qaro fikr nechuk robita
4
birla zul-
mat qu 
cho 
g‘ida harakat qilur. Qaro tunda qaro baxt harakat 
qilg‘oni shu bo‘lurki, barcha mazlumlar bedor va vahshat 
biym (qo‘rquv, vahm)ida og‘ir zahmat va mehnatg‘a giriftor 
bo‘lurlar... 
Aksar Janub va Sharq xalqlari monandi Arab, Eron, 
Afg‘on, Seylon, Hind va Kashmir xalqlari qaro yuz, oq 
ko‘ngul xaloyiq erurlar. Ul xaloyiq aslzoda oq tanlar kabi 
andom, a’zoyi badan, qo‘l-oyoq, til, ko‘z, aql-hush, g‘ayrat, 
quvvat va tafakkurga mo 
yildurlar...
Ul qaro xalq oftob so‘zonida
5
mehnat qilib, o‘zlari har 
qancha kuyganlari holda, hosillarini hamtavoqlarig‘a tuhfa 
qilurlar. Misol andoqdurki, qazon bovujud qarodur, o‘zi 
o‘tda kuyub qaro bo‘lg‘oni holda ovqat pishirub odamlarni 
to‘ydurur... 
Qarolar bordurlarki, alar o‘zlari qaro bo‘lg‘onlari holda 
ma’rifat nuri siyratlarida to‘ladur va ul nurlarni fasohat
6
va 
til durdo nalari vositasi ila olamg‘a oq shu’la socharlar. Misol 
uldurki, qaro charog‘ o‘zi qaro yog‘ va kuyundig‘a giriftor 
bo‘lg‘oni holda nuri ilan kulbani ravshan qilur. 
1
Q o s i r – qusurli, aybli.
2
K a j r a f t o r – teskari yuruvchi, egri qiliqli; makkor.
3
N a m u d o r e t m o q – ko‘rsatmoq, namoyish etmoq.
4
R o b i t a – aloqa, vosita; tartib-qoida.
5
S o‘ z o n – taft; kuydirish. 
6
F a s o h a t – so‘zning ochiq, ravshan, ravon bo‘lishi; uslubning 
chiroyliligi.


194
O‘ Z B E K M U M T O Z A D A B I Y O T I
Husn bobidagi eng muqaddam omillar ham qaroliqdur-
larki, go‘zal siymoni asosi qaro qosh-u qaro soch va qaro 
xol bo‘lur. 

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə