Adabiyot 11-sinf indd


Ayto‘ldi eligka davlat sifatini ko‘rgitur



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

Ayto‘ldi eligka davlat sifatini ko‘rgitur
Kula aydi Ayto‘ldi: Uqti o‘zum,
Ayitting muni sen, eshitgil so‘zum,
Uqub qoytum emdi bu ishlarni men,
Kerak erdi sen ma muni uqsa sen.
Munu men ma emdi senga keldugum, 
Mening qilqim erdi bu ko‘rguttugum.
O‘run berding ashnu, men o‘ldurmadim, 
O‘run yo‘q menga, sen muni uq tedim.
To‘biq yerda urdum bu so‘z berkitu,
O‘zum yangzag‘ini senga ko‘rgitu.
Ne-teg kim o‘runsuz to‘biq yuvlinur,
Aning-teg ma davlat o‘zum tezginur.
Seva baqting ersa ko‘zum yumdugum,
Senga ko‘rgiturmen neku erdugum.
Bu kun men ma davlat qarag‘u sani,
Menga kim ilinsa tutarmen ani.
Yana so‘zlading sen, yema so‘zladim,
Seva baqting ersa, yuzum kezladim.
O‘zum ko‘rgitur o‘z qilinchin senga,
Ayur qilqim irsal, inanma menga...
Aqar suv, yo‘riq til, bu qut turmadi, 
Ajun tezginurlar yurib tinmadi.
Inanchsiz turur qut, vafasiz, yayig‘,
Yurirda uchar tark, adaqi tayig‘.
Elig aydi: uqtum, achildi so‘zing, 
Yazuq uzri quldung, qutuldi o‘zing. 
* * *
Elig aydi: Uqtum munung, erdaming,
Bu Ayto‘ldi ating ne-ul bu sening?
Bu Ayto‘ldi aydi: Mening atimi,
Bo‘gu mengzatur ayqa bu qilqimi.


77
Xayl boshing (toifa ulug‘i) senga tushuntirmagan edimi,
Begingni oyoq osti qilma, o‘zingni ehtiyot qil, deb.
Oyto‘ldi eligga davlat sifatini ko‘rsatadi
Oyto‘ldi kulib aytdi: Men bu so‘zlarni tushundim,
Sen mendan bularni so‘rading, endi so‘zlarimni eshit.
Men bu ishlarni endi tushunib oldim,
Sen ham endi mana bularni tushunib olishing kerak bo‘ladi.
Mana, endi mening sening huzuringga kelishim(ning sababi),
Mening senga namoyish qilganlarim mening odatim edi.
Sen o‘rin berding, avvaliga men o‘ltirmadim,
Chunki menga o‘rin yo‘q, sen buni tushunib ol, demoqchi bo‘ldim.
Yerga to‘p (koptok) qo‘yishimda shu mazmunning siri bor ediki,
O‘zimning nimaga o‘xshashligimni senga ko‘rsatmoqchi edim.
To‘p (koptok) (bir barqaror) o‘rinsiz dumalab yurgani kabi,
Men [ya’ni davlat] ham uning kabi (o‘rinsiz) kezaman.
Iltifot bilan boqqaningda ko‘zimni yumganim (sababi),
Senga o‘zimning qandayligimni ko‘rsatmoqchi edim.
Bu kunlarda men [ya’ni davlat] ham bir ko‘r kishi kabiman,
Kim menga ilashib qolsa, unga qattiq yopishib olaman.
Sen yana so‘zlading, men ham so‘zladim,
Sen iltifot bilan boqqach, men yuzimni yashirdim.
(Bu bilan) men senga o‘z qiliqlarimni ko‘rsatdim,
Mening barcha qilmishlarim jafo, menga ishonma, dedim...
Oqar suv, ravon til, baxt­davlat bir yerda turmaydi.
Jahon kezuvchilar yurib tinmaydi.
Baxt­davlat ishonchsiz, bevafo, qo‘nimsizdir,
Yurib ketayotib to‘satdan uchadi, uning oyog‘i tayg‘anchiqdir.
Elig aytdi: Tushundim, so‘zlaring ravshanlashdi,
Gunohlaringga uzr so‘rading, o‘zing xalos bo‘lding.
* * *
Elig aytdi: Nuqson va fazilatlaringni tushundim,
Oyto‘ldi deb atalishingning boisi nimada?..
Oyto‘ldi aytdi: Mening otimni,
Dono (kishi) qiliqlarimni oyga nisbat berib atagan.


78
Bu ay tug‘sa, ashnu edi az tug‘ar,
Kuninga beduyur, yuqaru ag‘ar.
To‘lun bo‘lsa, to‘lsa, ajunda yarur,
Ajun xalqi andin yaruqluq bulur.
Tugal bo‘lsa, ko‘r, ay bu ag‘sa adiz,
Yana erlu to‘rchir, ketar ko‘rk mengiz.
Yaruqluqi aksur, yana yo‘q bo‘lur,
Tug‘ar kecha azin yana-o‘q to‘lur.
Mening bu o‘zum ma bu yanglig‘ turur,
Ara bar bo‘lur-men, ara yo‘q bo‘lur...

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə