|
Abdurahmon sayyoh toshkandiyning al-isloh jurnalidaOriental Renaissance: innovativeabdurahmon-sayyoh-toshkandiyning-al-isloh-jurnalida-ilgari-surgan-axloqiy-fikrlari-me-yor-ul-axloq-axloq-me-yorlari-asari-tasnifidaOriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
142
w
ns.uz
www.orie
2021
March
YOrdamchisidur oning bo sidqi dil bahimmat.
Har kim taraqqiydin istar rivoji islom,
O‘zi va otasig‘a aning hazor rahmat.[4]
“Al-Isloh”ning 1917 yil 1-sonida Bahriddin Azmiyning “Tashakkur” sarlavhali she’ri
bosildi. Jurnalning isloh etishini, va ma’rifat targ‘ibotchisi bo‘lishini istab, u bunday
yozadi:
Muddate biz ixtilof ila yasharduk subhu shom,
Ixtilof ila qorishqon shayxu mulla o‘zgacha.
O‘zgalar jurnolu ro‘znoma rivojin istasa,
Biz etarduk necha yuz g‘avg‘oni barpo o‘zgacha.
SHukri sadki ushbu dam topduk nishoni ittihod,
CHunki ul Sayyoh afandi etdi ifsho o‘zgacha.[5]
Demak jurnalning faoliyatida Abdurahmon Sayyohning o‘rnini shu kabi bir
qator she’riy misralarda ko‘rishimiz mumkin.
Ta’kidlash kerakki, milliy uyg‘onish davri ulamolari yosh avlodga “ma’ruf hadis
kitoblari va islom ulamolari asarlari” asosida ta’lim berishga katta xizmat qilgan.
Jurnal muharriri Abdurahmon Sayyoh asarlari ayni shu jihatdan ham ahamiyatlidir.
Sayyoh asarlari qanday asarlar edi? “Tuhfat ul anom tarixi bayt ul-Harom” asarida
Makkai mukarramaning tarixi, geografik iqlimi, islom ma’rifati va madaniyati
rivojida tutgan o‘rni masalalari qalamga olingan. Musulmon olamining XX asr
boshidagi qoloqlik girdobiga tushishi sabablari ochib berilgan. “Me’yor ul-axloq”
asari odob-axloqqa bag‘ishlangan bo‘lib, “Al-Isloh” ma’lumoticha, ikki bo‘limdan
iborat. Har bir bo‘lim ettitadan bobga ajratilgan.
Birinchi bo‘limdagi boblar:
1. Axloqning insonlarga xosligi.
2. Axloqning buyukligi.
3.
Axloqning mafhumi.
4.Axloqning fazilati.
5. Axloqning yomonligi.
6. Axloqning yomonlik ta’sirida buzilishi
.
7. YAxshi ahloqning ijro etuvi va yomon axloqning yo‘qolishi.
“Tarixi islom” asarida islom dini tarixi, payg‘ambarlar haqida ma’lumot, islom
dini haqidagi rivoyatlar bayon qilinadi. Jurnalda yozilishicha, “Tanvir ul-ahdoq fi
makorim il-axloq” asari odob-axloq masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, Turkiston
shevasida, o‘zbekcha. Ushbu risolada ma’rifat va axloq uyg‘unligi hayotiy misollar
asosida ochib berilgan. Odamlarning madaniyat, tijorat va boshqa ishlarida zarur
|
|
|