Abdurahmon sayyoh toshkandiyning al-isloh jurnalida


Oriental Renaissance: innovative



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix11.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#148485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
abdurahmon-sayyoh-toshkandiyning-al-isloh-jurnalida-ilgari-surgan-axloqiy-fikrlari-me-yor-ul-axloq-axloq-me-yorlari-asari-tasnifida

Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784
 
144 
w
ns.uz
www.orie
2021
 March 
 
asrlarda yashab o‘tgan islom olamining yirik allomalari ilgari surgan g‘oyalar asosida 
yozilgan bo‘lib, odob-axloqqa oiddir. Mazkur asarlarda muallif axloqning mohiyati 
xususida fikr yuritar ekan avvalo Qur’oni karim, hadisi sharif hamda imom 
G‘azzoliy, Faxriddin Roziy kabi allomalar asarlariga ishora qiladi. Asarda muallif 
tomonidan an’anaviy musulmon odob-axloq masalalariga yangicha yondashuvlarning 
bildirilishi alohida ahamiyatga ega. 
“Me’yor ul-axloq” asari 1912 yil(hijriy 1330yil)da Toshkentda G‘ulom Hasan 
Orifjonov matbaasida toshbosma uslubida chop etilgan. Kitob ikki qism (hissa)dan 
iborat bo‘lib, har ikki qismi ettitadan bobni o‘z ichiga olgan. Kitobning birinchi qismi 
asosan axloqning nazariy masalalariga bag‘ishlangan. Kitobning ikkinchi qismi esa, 
axloqning amaliy masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda inson axloqi va axloqning 
ijobiy hamda salbiy kategoriyalariga misollar asosida tavsiflar berilgan.
Kitob so‘ngida inson axloqi va ruhiyati uchun xos bo‘lgan o‘ttiz ikkita xislat 
tavsiflangan. Unda islomiy an’analardan kelib chiqqan holda ibodat, taqvo, shukr, 
duo, sabr kabi tushunchalarga izoh berish bilan birga, inson axloqining muhim 
sifatlari bo‘lgan adab, afu, shafqat, sahovat va ehson, tavoze’ va ehtirom, shijoat, 
diyonat, vafo, sodiqlik kabi kategoriyalarni tahlil qiladi. Kitob so‘ngida berilgan 
ma’lumotga qaraganda, Abdurahmon Sayyoh “Me’yor ul-axloq” asarining uchinchi 
va to‘rtinchi qismlarini ham nashrga tayyorlagan. 
Asarda islom olamida o‘tgan buyuk allomalarning fikrlari bilan birga ularga 
sodda sharhlar berib borilgan. Misol uchun quyida shunday deyiladi: 
Imom G‘azzoliy axloq ilmini tib ilmiga qiyos qilib shunday deganlar: “Badan 
sihat-salomatligi muhofazasi uchun tib qoidalariga rioyat qilish va kasallik yuz 
berganda tabiblarga murojaat qilish lozim. SHuningdek, ma’naviy hayotiylik 
muhofazasi uchun ham axloq ilmi ta’limi mutaxassisiga murojaat qilmoqlik lozim va 
vojibdir. Badandagi jismoniy kasallik shubhasiz uning halokatiga olib keladi. Va 
ma’naviy kasallik – axloqsizlik ham ma’naviy hayotning halokatiga sabab bo‘ladi”. 
Jismoniy kasallik inson hayotini nihoyasiga etkazar ekan, kishilar e’tiborli 
bo‘ladilar va tabiblarga borib muolaja oladilar. SHunday ekan, ma’naviy kasallik 
ham ma’naviy hayotni yo‘qlikka olib kelishini anglagan holda axloq ilmiga e’tibor 
qaratishlari lozim. 
Inson ikki narsaning majmuidan iboratdir. Ularning birinchisi jism bo‘lsa, 
ikkinchisi ruh, uni nafs ham deydilar. Jismni ko‘z bilan ko‘rsa, qo‘l bilan ushlasa 
bo‘ladi. Ruhni esa zohiran his etib bo‘lmaydi. Balki, aql bilan uning siyratiga qarab 
topish mumkin. SHu sabab ko‘z va ko‘rish kabi zohiriy sifatlar inson jismiga 
taalluqlidir. Ammo, fe’l-atvor, amallar va odatlar ruhga xos hislatlardirki, ular 
insonning botiniy surati ko‘zgusidir. Toki, insonning barcha a’zolari mutanosib va 
barobar bo‘lmas ekan zohiriy husn mukammal bo‘lmaydi. SHundan qiyos qilib aytish 
mumkinki, insonning fe’l-atvor va hatti-harakatlari me’yorida bo‘lmasa uning botiniy 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə