Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 104 Kb.
səhifə5/8
tarix11.12.2023
ölçüsü104 Kb.
#147101
1   2   3   4   5   6   7   8
Behzod kurs ishi yangisi

Matematekada “ifoda” deb, aniq qoida asosida tuzilgan sonlar va ular ustida amallarni belgilovchi matematik simvollar ketma- ketligiga aytiladi. I-IV sinflarga ifodalar ikki guruhga, ya’ni sonli va harfiy ifodalarga ajiratib o’rganiladi.

Sonli ifodalarga 5-7; 3+4; 5+2; 9-4; 7+7+12; 47-3+50-8; 14 sm>13sm; (5+7):2 kabi ifodalarni ko’rsatish mumkin. a+3, a+b, 350-c; (a+b)*c kabi ifodalar harbiy ifodalarga misol bo’ladi. Sonli ifoda tushunchasi o’quvchilarning hisoblash malakalarini egallashlariga yordamlashadi.

Amaldagi dasturga ko’ra sonli ifodalar boshlang’ich sinflarning hammasida o’rganiladi. I sinfda 1dan 10gacha va 11dan 100gacha sonlari o’rganilishi munosabati bilan biroz soddaroq ko’rinishdagi ya’ni qo’shish va ayirish amallariga doir sonli ifodalar berilgan. O’quvchilar birinchi o’nlik sonlarini o’rganishda qo’shish va ayirish amallarining natijalari (yig’indi va ayirma) va ularning kompnentlari (qo’shuvchi, kamayuvchi, ayriluvchi) kabi tushunchalarni o’rgangan bo’ladi.

Shu sababli birinchi sinf o’quvchilari eng sodda ifodalar, ya’ni yig’indi va ayirma bilan tanishadilar . Qo’shish va ayirish amallarini o’rganishda dastlab bu amallarni belgilash ishoralarini (“+”)va (“-“)bilib olishadi. Natijada 6+3 ifoda 6 va 3 sonlari qo’shuvchilar) ning yig’indisi ,5-2 ifoda 5 va 2 sonlarining ayirmasi ekanligini qiynalmasdan aytib beradilar. O’qituvchi dastlab bolalarga qo’shish va ayirish amallarini bajarish tartibini puhta o’rgatgan bo’lishi kerak.

Shu sababli o’qituvchilar “O’nlik” mavzusini o’rganishda yig’ndinining ikki sonni qo’shish natijasi ekanligi bilan tanishib, so’ngra 8-3,10-6 ko’rinishdagi ayirmani hisoblash usuli qo’shish va ayirish orasidagi o’zaro bog’lanishga asoslanganligini o’zlashtirib oladilar.

Qo’shish va ayirish amallarini tasvirlovchi ifodalar va ularning qiymatlarini hisoblash oqibatida “qo’shuvchi”, “yig’indi”, “kamayuvchi”, “ayruvchi” va “ayirma” kabi so’zlar bilan lug’at boyliklarini oshiradilar . O’quchilarni har qanday sonni ikki sonni yig’indisi (10=6+4) va ayirmasi (=9-3)ko’rinishda yozishni bilib olishga o’rgatishning muhum vazifalaridan biridir. Birinchi sinf darsligida sonli ifodalar ko’pincha quydagi ko’rinishda berilgan.


Yüklə 104 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə