A4 Bosim datchiklari va ularning turlari. A5 Namlik datchiklari va ularning turlari


-Amaliy mashg’ulot. Datchiklar o’lchash xatoliklari v a ularning sabablari, asosiy kattaliklarini hisoblash



Yüklə 6,83 Mb.
səhifə2/15
tarix11.10.2023
ölçüsü6,83 Mb.
#127049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kontaktsiz va kontaktli datchiklarning tizim bilan bog

2-Amaliy mashg’ulot. Datchiklar o’lchash xatoliklari v a ularning sabablari, asosiy kattaliklarini hisoblash

Ishdan maqsad: Datchiklar o’lchash xatoliklari va ularning sabablari, asosiy kattaliklarini hisoblashni o’rganish.
Nazariy qism.
O‘lchash xatoliklarining tabaqalanishi
O‘lchash xatoligi o‘lchash natijasini chinakam (haqiqiy) qiymatdan
chetlashuvini (og‘ishuvini) ifodalovchi o‘lchashning sifat mezoni.
O‘lchash xatoliklari turli sabablarga ko‘ra turlicha ko‘rinishda namoyon
bo‘lishi mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
– o‘lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash darajasini
siljishidan kelib chiquvchi sabablar;
– o‘lchash obyektini o‘lchash joyiga (pozitsiyasiga) o‘rnatishdan kelib
chiquvchi sabablar;
– o‘lchash vositalarining zanjirida o‘lchash ma’lumotini olish, saqlash,
o‘zgartirish va tavsiya etish bilan bog‘liq sabablar;
– o‘lchash vositasi va ob’yektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (harorat yoki
bosimning o‘zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar va
hokazolar)dan kelib chiquvchi sabablar;
– o‘lchash obyektning xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar;
– operatorning malakasi va holatiga bog‘liq sabablar va shu kabilar.
O‘lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo
o‘lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarini aniqlash lozim bo‘ladi.
O‘lchash xatoliklari u yoki bu xususiyatiga ko‘ra quyida keltirilgan turlarga
bo‘linadi (1– rasm)



Statik xatoliklar – vaqt mobaynida kattalikning o‘zgarishiga bog‘liq
bo‘lmagan xatoliklar. O‘lchash vositalarining statik xatoligi shu vosita bilan
o‘zgarmas kattalikni o‘lchashda hosil bo‘ladi. Agar o‘lchash vositasining
pasportida statik sharoitlardagi o‘lchashning chegaraviy xatoliklari ko‘rsatilgan
bo‘lsa, u holda bu ma’lumotlar dinamik sharoitlardagi aniqlikni tavsiflashga
nisbatan tadbiq etila olmaydi.

Yüklə 6,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə