A4 Bosim datchiklari va ularning turlari. A5 Namlik datchiklari va ularning turlari


Muntazam xatoliklarni kamaytirish usullari



Yüklə 6,83 Mb.
səhifə4/15
tarix11.10.2023
ölçüsü6,83 Mb.
#127049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kontaktsiz va kontaktli datchiklarning tizim bilan bog

2. Muntazam xatoliklarni kamaytirish usullari
Umuman, muntazam xatolikni yo‘qotish yo‘li aniq ishlab chiqilmagan.
Lekin, shunga qaramay, muntazam xatolikni kamaytirishning ba’zi bir usullari
mavjud:
1. Xatoliklar chegarasini nazariy jihatdan baholash, bu uslub o‘lchash
uslubini, o‘lchash apparaturasining tavsiflarini, o‘lchash tenglamasini va o‘lchash
sharoitlarini tahlil qilishga asoslanadi. Masalan: o‘lchash asbobining parametrlari
va tekshirilayotgan zanjirning ish holatini bilgan holda biz uning tuzatmasini
(xatoligi) topishimiz mumkin. Xatolik, bunda, asbobning iste’mol qiluvchi
quvvatidan, o‘lchanayotgan kuchlanishning chastotasini oshishidan hosil bo‘lishi
mumkin.
2. Xatolikni o‘lchash natijalari bo‘yicha baholash. Bunda o‘lchash natijalari
har xil prinsipdagi usul va o‘lchash apparaturasidan olinadi. O‘lchash natijalari
orasidagi farq – muntazam xatolikni xarakterlaydi. Bu uslub yuqori aniqlikdagi
o‘lchashlarda ishlatiladi.
3. Har xil tavsiyalarga ega bo‘lgan, lekin bir xil fizikaviy printsipda
ishlaydigan vosita yordamida o‘lchash usuli. Bunda o‘lchash ko‘p marotaba
takrorlanib, o‘lchash natijalari muntazam statistika usuli yordamida ham ishlanadi.
4. O‘lchash apparaturasini ishlatishdan oldin sinovdan o‘tkazish. Bu usul
ham aniq o‘lchashlarda ishlatiladi.
5. Muntazam xatoliklarni keltirib chiqaruvchi sabablarni yo‘qotish usuli.
Masalan: tashqi muhit harorati o‘zgarmas qilib saqlansa, o‘lchash vositasini tashqi
maydon ta’siridan himoyalash maqsadida ekranlashtirilsa, manba kuchlanishi
turg‘unlashtirilsa (stabillashtirilsa).
6. Muntazam xatolikni yo‘qotishning maxsus usulini qo‘llash. Bu usul
nisbatan kengroq tarqalgan usullardan bo‘lib, o‘rin almashtirish, differensial usul,
simmetrik kuzatishlardagi xatoliklarni kompensatsiyalash usullari bunga misol
bo‘la oladi.


2-Amaliy mashg’ulot.Haroratni o'lchash datchiklari va ularning turlarni oʻrganish.

Yüklə 6,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə