O‘lchash vositalarini kalibrlash



Yüklə 68,09 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü68,09 Kb.
#165391
Документ Microsoft Office Word


Kalibr turlari va ijrochi o’lchamlari
Reja
1. O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlashning umumiy masalalari
2. O‘lchash vositalarini kalibrlash
3. Qiyoslashni umumiy xolati


O‘lchash vositalarini kalibrlash.
Davlat metrologiya nazorati va tekshiruvi majburiy bo‘lmagan faoliyat sohasida o‘lchash vositasining metrologik sozligini ta’minlash uchun kalibrlash qo‘llaniladi.Kalibrlash (kalibrlash ishlari) – davlat metrologik nazorati va tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lmagan o‘lchash vositasining metrologik xarakteristikalarining haqiqiy qiymatlarini aniqlash va tasdiqlash hamda (yoki) ishga yaroqliligini tasdiqlash maqsadida bajariladigan operatsiyalar majmuasidir
Kalibrlash ishlarini o‘tkazish uchun kalibrlash tizimi yaratilgan bo‘lib, ular davlat metrologik nazorati va tekshi-ruvidan o‘tishi lozim bo‘lmagan sohalarda o‘lchashlar birliligini ta’minlashga yo‘naltirilgan sub’ektlar faoliyati va kalibrlash majmuasidir. Kalibrlash tizimi kalibrlash ishlarini tashkil etish va o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi. Kalibrlash tizimi faoliyati O'zDSt 8.018:1997 bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘lchash vositalarini kalibrlash tizimi (keyinchalik - O‘z KT) ni tashkillashtirish, tuzilishi, vazifalari bo‘yicha asosiy nizomlar, bu tizimga kirgan sub’ektlarning xuquqlari va majburiyatlari O‘z RST 8.018-97 da belgilangan. Bu standartning qoidalari O‘z KT da akkreditlangan yuridik shaxslarning metrologik xizmatlariga, O‘z KTga kirgan akkreditlash va boshqa
idoralar va tashkilotlarga nisbatan joriy etiladi. O‘Vni kalibrlash – o‘lchash vositalarining haqiqiy metrologik tavsilotlari(xarakteristkalari) ni aniqlash va tasdiqlash maqsadida, belgilangan sharoitlarda bajariladigan amallar majmui.
Kalibrlash tizimi – Davlatmetrologiktekshiruvivanazoratiqo‘llanilmaydigan
sohada o‘lchashlar birliligini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyat va kalibrlash ishlarini bajaruvchi va kalibrlash ishlarini tashkillashtirish va o‘tkazishga o‘rnatilgan talablar asosida harakat qiluvchi sub’ektlar majmui. Kalibrlash to‘g‘risidagi sertifikat – o‘lchash vositalarining kalibrlanganligini va uning natijalarini tasdiqlovchi hujjat. Bu hujjat kalibrlashni bajargan tashkilot tomonidan beriladi.
Kalibrlash belgisi – kalibrlash natijalarini ijobiy ekanligini tasdiqlash maqsadida o‘lchash vositasiga va (yoki) ularning ekspluatatsion xujjatlariga bosiladigan tamg‘a.
O‘z KT O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlar birliligini ta’minlash umumiy tuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lib, davlat metrologik tekshiruvi va nazoratidan tashqari sohada metrologik ishlarni tashkillashtirish va o‘tkazishda o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimida o‘rnatilgan me’yorlar va qoidalarga rioya qilinishini ko‘zda tutadi.
O‘z KT quyidagi tamoyillarga asoslangan holda tuziladi:
tizimga ixtiyoriy ravishda kirish kalibrlash ishlarini bajarishda talablarni davlat etalonlaridan va boshlang‘ich o‘lchash vositalaridan birliklarning o‘lchamlarini kalibrlanuvchi o‘lchash vositalariga majburiy berish.
Kalibrlash tizimidagi faoliyatning asosiy vazifalari:
- akkreditlovchi idoralarni ro‘yxatga olish;
- metrologik xizmatlarni kalibrlash ishlarini bajarish huquqiga akkreditlash;
- o‘lchash vositalarini kalibrlash;
- O‘z KTning asosiy tamoyillarini va qoidalarini o‘rnatish;
- O‘z KTning faoliyatini tashkiliy, metodik va axborot bilan ta’minlash;
- Akkreditlangan metrologik xizmatlar tomonidan kalibrlash ishlarini
bajarishda talablarga rioya qilinayotganligini inspeksion tekshirish.
Metrologiya bo‘yicha Milliy idora (O‘zstandart Agentligi), SMSITI, hududiy
SSM, yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari, o‘z
vazifalarining ushbu xujjatning talablariga muvofiq bajaruvchi O‘z KT ning tashkiliy asosini tashkil etadi.
Uz KT tuzilmasi quyidagilardan tashkil topgan: Uz KTning Markaziy idorasi; O‘z KTning Kengashi; Uz KTning akkreditlash idoralari;
- Kalibrlash ishlarini bajarishga akkreditlangan yuridik shaxslarni
metrologik xizmatlari. Yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari: O‘Vni, shu jumladan tashqi tashkilotlar uchun ham kalibrlash ishlarini bajaradi;
Kalibrlash ishlarini o‘tkazish uchun talab etilgan sharoitlarni, kalibrlash vositalarining va yordamchi jihozlarning yaxshi holatda bo‘lishini ta’minlaydi. Kalibrlash ishlarini o‘tkazish uchun zarur texnik, metodik va me’yoriy hujjatlar jamg‘armasini shakllantiradi va rivojlantiradi. Me’yoriy hujjatlaning o‘lchashlar birliligini ta’minlash va kalibrlash faoliyati doirasidagi talablarining bajarilishini ta’minlaydi; Kadrlar tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish ishlarini bajaradi; Kalibrlash faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi. Metrologik xizmat quyidagilarga mas’ul bo‘ladi: korxonalarda kalibrlanishi lozim bo‘lgan UVning xolatiga; bajariladigan kalibrlash ishlarining sifatiga; korxonaga qarashli kalibrlash vositalarining xolatiga; kalibrlash intervallarining to‘g‘ri o‘rnatilganligiga.
O‘zbekiston Respublikasining kalibrlash tizimi o‘z belgisiga ega.
Bu belgining shakli va o‘lchamlarini metrologiya bo‘yicha milliy idora tasdiqlaydi.
O‘z KTning belgisi bloklarga, shtamplarga, shuningdek O‘z KTning boshqa hujjatlari va ob’ektlariga tamg‘alab bosiladi. O‘z KT ning belgisini tamg‘alash (qo‘llanish) joyi va tartibini O‘z KTning markaziy idorasi belgilaydi.
O‘lchash vositalarining kalibrlash tizimining asosiy yo‘nalishlari:
yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining kalibrlash ishlarinio‘tkazish
huquqini akkreditlashni amalga oshiruvchi organlarni qayd qilish;
yuridik shaxslar metrologik xizmatlarining kalibrlash ishlarini o‘tkazish bo‘yicha huquqini akkreditlash;
o‘lchash vositalarini kalibrlash;
O‘zbekiston Respublikasi kalibrlash tizimining asosiy prinsiplari va qoidalarini belgilash, tashkiliy metodik va axborot faoliyatini ta’minlash; akkreditlangan metrologik xizmatlarning kalibrlash nshlarini o‘tkazish tartiblariga rioya qilishlari ustidan inspeksion nazorat o‘rnatish.
Kalibrlash ishlarini o‘tkazishga doir talablar RD O‘z 51-071-98 GSI da keltirilgan.
Kalibrlash ishlarini bajaradigan tashkilot quyidagilarga ega bo‘lishi lozim qiyoslangan va identifikatsiyalangan (bir xillashtirilgan) kalibrlash vositalari kalibrlashda belgilangan qoidalarga muvofiq ravishda qo‘llaniladigan etalonlar, qurilmalar va boshqa o‘lchash vositalari; kalibrlash ishlarining tashkil etilishini va o‘tkazilishini reglamentlovchi (tartibga soluvchi) hujjatlar. Bular jumlasiga akkreditlash sohasiga oid hujjat, o‘lchashlar va kalibrlash vositalariga oid hujjatlar, kalibrlash, kalibrlash protsedurasi (tartiboti) va uning ma’lumotlaridan foydalanishga doir davlat kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan va malakali xodimlar; me’yoriy talablarni qanoatlantiradigan binolar. Kalibrlash natijalari o‘lchash vositasiga yoziladigan kalibrlash nishoni bilan
yoki kalibrlash haqidagi guvohnoma bilan, shuningdek, ishlatish hujjatlariga yozish bilan tasdiqlanadi.
O‘lchash vositalarini kalibrlash – o‘lchash vositalarini haqiqiy metrologik xarakteristikalarini aniqlashda ushbu o‘lchash vositasi ko‘rsatgan mikdorni etalon orqali olingan mos keluvchi miqsor bilan o‘zaro nisbatini aniqlashdagi operatsiyalar majmui. Agar o‘lchash vositalari majburiy metrologik nazorat va tekshiruvdan o‘tmasa, unda ular kalibrlashdan o‘tadi. Kalibrlash patijalari bo‘yicha o‘lchash vositasini qaqiqiy qiymati aniqlanadi yoki uni ko‘rsatishiga tuzatmalar kiritiladi. Kalibrlash o‘lchash vositasining xatoligini va qator metrologik xarakterystikalarni baholash imkonini beradi. Birliklar kattaligini birlamchi etalonlardan ishchi etalonlarga uzatish metrologik zanjiri ko‘rsatilgan. Birlik kattaligini uzatish o‘lchash orqali amalga oshiriladi.) Qiyoslash sxemasi - birshk o‘lchamini etalondan yoki dastlabki namunali o‘lchash vositasidan ishchi o‘lchash vositalariga uzatish vositalari, uslublari va
Qiyoslash sxemalari to‘g‘risidagi asosiy ma’lumot GOST 8.061-80 da keltirilgan.
Yüklə 68,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə