A. V. Mavlonov


Er bag’ridagi neft va gazli qatlamlarni ajratish



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə13/94
tarix19.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#151131
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94
NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI darslik

3.2. Er bag’ridagi neft va gazli qatlamlarni ajratish

Quduq kesimini litologik tarkibi va xossalariga qarab mahsuldor qism va ular orasidagi g’tkazmas qatlamlarga ajratiladi. Bu vazifa atroflicha g’rganiladi va bunda asosiy g’rin geofizik usullarnikidir. Geofizik tadqiqot natijalari kern va shlamni g’rganish natijalari hamda qatlam qismlarini sinab kg’rish vaqtida olingan ma’lumotlar va nihoyat gidrodinamik tadqiqotlar natijalari bilan taqqoslanadi. Olingan ma’lumotlarning aniqlik darajasi geologik kesimning g’rganilganligiga va qilingan tadqiqotlarning aniqligiga bog’liq bg’ladi.


SHuni e’tibordan xoli qilish kerak emaski, terrigen tog’ jinslari bilan karbonat jinslar orasida ma’lum darajada g’ziga xoslik bor va tadqiqot vaqtida bularni hisobga olish lozim. CHunonchi, terrigen tog’ jinslari g’ovaklik xususiyati bilan ajraladi va quduqni burg’ulash vaqtida qatlamga eritmaning suvi shimiladi hamda qatlam yuzasida loyli qobiq hosil bg’ladi. Karbonat tog’ jinslarida g’ovaklik va yoriqlik xususiyatlari rivojlanmagan hollarda ham shunday bg’lini mumkin, bularni bir-biridan ajrata bilish taqozo qilinadi.
Geofizik usullarning sharoitga qarab tanlanishida va umuman, geofizik tadqiqotlarning majmuasiga qarab kesmaning haqiqiy kg’rinishini tasavvur qilish imkoni ochiladi. SHuni e’tiborga olish lozimki, terrigen tog’ jinslarida gillarning mavjudlik darajasi kg’pchilik kg’rsatkichlarga g’z ta’sirini g’tkazsa, karbonat tog’ jinslarida ularning g’ovaklik darajasi har xil g’zgarishlarga sabab bg’ladi, shuning uchun birinchila-rida qarshilik, g’z-g’zidan qutblanish va tabiiy gamma nurlanishning ahamiyati katta bg’lsa, keyingilarida neytron va akustik hamda qarshilik usullarining ahamiyati e’tiborga loyiq. Natija litologik kolonka shaklida namoyon qilinadi. Unda kollektorlarning ajratilishi va ularning fizik kg’rsatkichlari, zahiralarning aniqlashda, qazib chiqarish sistemasini tg’g’ri tanlashda va ba’zi qatlamchalarni tg’g’ri ishlatishda asqotadi.
3. 3. Quduqlar kesmasini g’rganishning maqsadi

1. Qatlamning umumiy qalinligini aniqlash. Umumiy qalinlik qatlamning tepa va past qismlari bilan chegaralangan hamma qatlamchalar yig’indisidir.


2. Qatlamning suyuqlik va gaz g’tkazish mumkin bg’lgan qalinligi, har bir g’tkazuvchi qatlamchalar yig’indisidan tashkil topadi.
3. Samarali shimilgan (neft, gaz bilan) qalinlik - neft va gaz bilan shimilgan qatlamchalar yig’indisi bg’lib, u faqat uyum chegarasida ba’zi qatlamlarning qalinligi g’zgarib, hatto ular yg’qolishi hollari kg’plab uchraydi. SHu maqsadda hamma g’zgarishlarni aniq bilish uchun qalinlik xaritasi tuziladi. Bu xaritani tuzishda quduqlar bg’yicha qatlamchalar qalinligi qg’shilib, natijada interpolyatsiya qilinadi va izopaxit xaritasi tuziladi.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə