9 – mavzu: globallashuvning falsafiy muammolari global muammolar tushunchasi. Zamonamizning asosiy global muammolari


Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar uyg‘unligi



Yüklə 18,56 Kb.
səhifə3/3
tarix18.05.2023
ölçüsü18,56 Kb.
#111007
1   2   3
9-MAVZU TARQATMA

Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar uyg‘unligi Globallashuv jaraѐnlarini nazariy jihatdan anglab yetish va global muammolarni bartaraf etish nafaqat o‘ta og‘ir va uzoq davom etadigan, balki kutilgan natijalarga qanday erishish mumkinligi xususida hali aniq javoblar va uzil-kesil yechimlarga ega bo‘lmagan ishdir. Ayni vaqtda aksariyat tadqiqotchilar global tangliklarni bartaraf etish imkoniyatini ommaviy ongda yangicha axloqning shakllanishi va mustahkamlanishi, madaniyatning rivojlanishi va uning insonparvarlashuvi bilan bog‘lamoqdalar. Buning uchun jiddiy asoslar bor, zero odamlarning fe’l-atvori, xatti-harakatlari, pirovard natijada esa ular erishishga harakat qiladigan natija asosan ularning haѐtga munosabati va fikrlash tarzi bilan belgilanadi.
Xalqaro kuchlarning birlashuvi. Odamlar dunѐqarashi nafaqat ularning dunѐ haqidagi bilimlarida, balki ular bu bilimni qanday talqin qilishi, qanday xulosalar chiqarishi va qanday ish ko‘rishida ham namoѐn bo‘ladi. Shu sababli global muammolarni butun dunѐ bahamjihat hal qilishi lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, insoniyat nazariyada muayyan yutuqlarga va ba’zi bir amaliy natijalarga erishgan holda, dunѐ rivojlanishining salbiy jaraѐnlarini to‘xtatishga hali muvaffaq bo‘lmaganini e’tibordan chetda qoldirishimiz mumkin emas.
Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar. Har bir xalq, har bir mamlakat xalqaro munosabatlarning u ѐki bu tartibida, davlatlararo savdo oqimlarining yo‘nalishi va kapitallarning taqsimlanishida o‘z muayyan manfaatiga ega bo‘ladi.
Hozirgi sharoitga tatbiqan muayyan universal asos sifatidagi «yangi insonparvarlik»ning mohiyati yer kurrasida yashovchi barcha odamlarning muhim manfaatlarini aks ettiradigan va shu sababli butun dunѐda umumiy qadriyatlar sifatida idrok etiladigan borliq me’ѐrlari va tamoyillarini qaror toptirishdan iborat.
Yüklə 18,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə