9 – mavzu: globallashuvning falsafiy muammolari global muammolar tushunchasi. Zamonamizning asosiy global muammolari


Oziq-ovqat muammosi hozirgi paytda o‘ta dolzarb bo‘lib turibdi



Yüklə 18,56 Kb.
səhifə2/3
tarix18.05.2023
ölçüsü18,56 Kb.
#111007
1   2   3
9-MAVZU TARQATMA

Oziq-ovqat muammosi hozirgi paytda o‘ta dolzarb bo‘lib turibdi: och qolaѐtganlar soni 1970 yilda 460 million bo‘lgan bo‘lsa, 1990 yilda 550 millionga yetdi. 2000 yilga bu ko‘rsatkich 650 million kishiga yetishgan (sayѐra aholisining 10%).
Demografik muammo misolida butun global muammolarning o‘zaro aloqasini yaqqol ko‘rish mumkin. Ortiqcha aholi atrof-muhitga bo‘lgan salbiy ta’sirning kuchayishni anglatadi: suv va havo sifati ѐmonlashadi (xususan tez o‘saѐtgan shaharlarda), yer unumdorligi pasayadi, sanoat va maishiy chiqindilar ko‘payadi, ya’ni ekologik vaziyat keskin ѐmonlashadi. Aholi soni qancha ortib borsa, uning haѐti va faoliyati uchun energiya, xom-ashѐ, oziq-ovqat shunchalik ko‘p talab etiladi. Buning mantiqiy nihoyasi esa energetik, xom-ashѐ, oziq-ovqat muammolarining keskinlashuvidir.
Terroristik aktlar ma’lum bir guruhlarni (ѐki butun bir jamiyatni) qo‘rqitish uchun ѐki terroristlarning g‘oyalarini propoganda va namoyish qilish uchun xizmat qiladi.
Terroristik amallar turli vositalar: portlatish, o‘t qo‘yish, siѐsiy arboblar joniga suiqasd, garovga olish. O‘g‘rilash va ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llashga (yadroviy, biologik va kimѐviy) tahdid qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
2017-2021 yillardagi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida global muammolarning tavsifi
O‘zbekiston Prezidenti 7 fevral kungi farmoni bilan 2017—2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqladi.
2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishi:
- davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siѐsiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;
- qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jaraѐnida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik ѐrdam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;
- iqtisodiѐtni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiѐtning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiѐtda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiѐti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;
- ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siѐsiy faolligini oshirish, arzon uyjoylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiѐt, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, ѐshlarga oid davlat siѐsatini takomillashtirish;
- xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siѐsat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning ѐn-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.

Yüklə 18,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə