6-mavzu: pedagogik tizimlarni loyihalashtirish reja


b) ta’lim texnologiyasining kontseptual asoslari



Yüklə 126 Kb.
səhifə5/5
tarix23.06.2023
ölçüsü126 Kb.
#118723
1   2   3   4   5
6-mavzu pedagogik tizimlarni loyihalashtirish reja

b) ta’lim texnologiyasining kontseptual asoslari

  • o’quv fanining maqsadi, vazifalari va dolzarbligi, o’quv fani bo’yicha o’quv dasturiga mos auditoriya soatlarining hajmi va faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishi;

  • o’quv fanining mazmuni: o’quv fanining o’quv dasturiga mos ravishda o’quv fanining mavzuiy mazmuni izchil bayoni yoritiladi;

  • o’quv mashg’ulotlarida ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishning kontseptual asoslari: bunda o’qitish, kommunikatsiya, axborot va boshqaruvning yo’l va vositalarini tanlash ishini amalga oshirish asosida yotuvchi ta’lim texnologiyasini loyihalashti-rishga kontseptual yondashuv belgilanadi

v) ma’ruza, seminar va amaliy (laboratoriya) mashg’ulotlarda ta’lim texnolo-giyasi.
2. O’quv mashg’ulotida ta’lim texnologiyasini loyihalashtirish va rejalashtirish qoidalari.
Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishda o’qituvchi harakatining ketma-ketligi

1. Ta’lim texnologiyasini loyihalashtirish

Ta’lim texnologiyasi modeli



2. O’quv mashg’ulotida talabalar bilan hamkorlikdagi faoliyatini bosqichma-bosqich rejalashtirish

O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi



3. O’quv jarayonining tashkiliy-didaktik ta’minotini ishlab chiqish



O’quv mashg’uloti texnologik xaritasiga ilovalar: o’quv-uslubiy, tarqatma va ko’rgazmali materiallar



Ta’lim texnologiyasining modeli:
1. O’quv mashg’ulotini tuzilishini aniqlaydi.
2. O’quv mashg’ulotining maqsadini shakllantiradi, o’quv faoliyatining kutilajak natijalarini aniqlaydi va pedagogik vazifalarni belgilaydi.
O’quv faoliyatining kutilajak natijalari – bu o’qitish natijasida talaba egal-lashi va bajarishi lozim bo’lgan harakatlar.
Ular tomondan erishilgan natijalarni ob’ektiv baholash va belgilangan maqsadga mosligini aniqlash imkonini beradi, aniq, lo’nda va fe’l shaklida shakllantiriladi, tugallangan harakatni bildiradi (…..gapirib beradi, …..sanab, beradi, …. tavsiflaydi, …. yechimini topadi va hokozo).
Pedagogik vazifalar – talabaning o’quv faoliyatini belgilangan natijasiga qarab harakatlanishini tashkil etishda o’qituvchi tomonidan bajarilishi lozim bo’lgan harakatlari.
3. Maqbul ta’lim modelini loyihalashtiradi (tanlaydi)
Ta’lim modeli – bu belgilangan vaqtda va mavjud sharoitda belgilangan maqsadni amalga oshirish va bashorat qilingan o’quv natijalariga erishishni kafolatlaydigan ta’limning eng maqbul shakllari, usullari va vositalari majmuidir.
4. Qaytar aloqa yo’l va vositalarini tanlaydi: tezkor so’rov, savol-javob, o’quv topshirig’i natijalarini taqdimotini baholash va boshqalar.
5. Loyihaviy faoliyat natijasini jadval - o’quv jarayoni ta’lim texnologiyasi modeli ko’rinishida rasmiylashtiradi.
6. O’quv mashg’ulotida ta’lim texnologiyasini rejalashtirishni texnologik xarita ko’rinishida amalga oshiradi.
O’quv mashg’uloti texnologik xaritasi – o’quv mashg’ulotida ta’lim tex-nologiyasi tuzilishining jarayonli (protsessual) bayoni aks etgan hujjat. O’quv mashg’ulotini o’ziga hos hususiyatlarini hisobga olgan holda, bosqichma-bosqich faoliyat ketma-ketligining mazmunini yoritadi
Yüklə 126 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə