6-mavzu: pedagogik tizimlarni loyihalashtirish reja


Pedagogik loyihalash (PL)



Yüklə 126 Kb.
səhifə2/5
tarix23.06.2023
ölçüsü126 Kb.
#118723
1   2   3   4   5
6-mavzu pedagogik tizimlarni loyihalashtirish reja

Pedagogik loyihalash (PL) – yaratilayotgan modelni dastlabki va yakuniy ko’rinishda ishlab chiqish va uni amaliy qo’llash darajasiga yetkazishdan iborat. Pedagogik faoliyatda loyihalash ob’ektlari sifatida pedagogik jarayon, pedagogik vaziyat, pedagogik tizim bo’lishi mumkin.
PL quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi:

  1. Ob’ekt haqidagi ilmiy asoslangan tasavvurga maksimal yaqinlashtirish uchun uni nima qilish kerakligi haqida umumiy tasavvurlarni izlash. Loyihaviy model pedagogik faoliyatning yangilangan qismi qanday bo’lishi lozimligini, mazkur faoliyatni yaxshilashni ta’minlash omillari haqida bilimlarni o’zida mujassam etadi;

  2. Eskirgan samarasiz modellar o’rniga taqdim etiladigan yangiliklarni model-lashtirish uchun qo’llanishi mumkin bo’lgan pedagogik xulosalar namunalarini izlash;

  3. Pedagogik tizimning yangilangan bir bo’lagining innavatsion modelini yasash;

  4. Yangilikni amaliyotga joriy etish algoritmini qurish.

O’quv loyihasi – ahamiyatga molik nazariy yoki amaliy muammolarni ta’lim oluvchilar tomonidan amalga tadbiq qilishning tadqiqotchilik, izlanuvchanlik, ijod-korlik ish turidir.
O’qitishni loyihalash esa ta’limning umumiy maqsadi, mazmuni o’quv maqsadlari o’qish, o’qitish, o’zlashtirishni baholash, tuzatishlar kiritishdir.
Demak, o’qitish jarayonini loyihalash uchun ijtimoiy buyurtma sifatida ta’limning umumiy maqsadlari asosida, o’quv maqsadlarini, buning uchun o’qish va o’qitishni, o’zlashtirishni rejalashtirgan holda, o’qish natijalarini kafolatlash tizimini ishlab chiqish lozim. SHunday qilib, pedagogik texnologiyada o’quv mazmuni asosida o’zlashtirish natijalarini kafolatlash uchun, o’quv maqsadlari oydinlashtiriladi va o’quv mashg’u-lotlari loyihalashtiriladi. Buni qayta takrorlanadigan, tiklanadigan tuzilma deb qaraydigan bo’lsak, unda o’quv jarayoni ma’lum modullar, birliklardan iborat bo’la-di, ular umumiy holda ushbu modullar, birliklarning qo’shilishi asosida yagona va yaxlit mazmunga keltiriladi. Bunga eng muhimi, takrorlanadigan, qaytariladigan va tuzatish-lar kiritilgan, ilmiy asoslangan teskari aloqaning mavjudligidir.
Bugungi kunda pedagogik tizimni loyihalash va rejalashtirish masalasi oliy ta’-lim tizimida yetakchi tendentsiya sifatida namoyon bo’lmoqda. Biroq loyihalash va reja-lashtirishga doir faoliyatning mazmun-mohiyati hamma uchun birdek tushunarli bo’l-mayapti. SHuning uchun fanlar bo’yicha yaratilayotgan ta’lim texnologiyalarida formallik, takroriylik, maqsad va vazifalarning nomuvofiqligi, qayta aloqalarning intensiv emasligi, loyihalash va rejalashtirishning ketma-ket amalga oshirilmasligi kabi kamchiliklar ko’zga tashlanmoqda.
Ta’limga texnologik yondashuv o’qituvchidan o’quv mashg’ulotiga tayyorlanish jarayo-nida juda ko’p mehnat qilishni talab qiladi. Mazkur jarayonda professor-o’qituvchi har bir mavzu bo’yicha o’quv maqsadini oydinlashtirish, pedagogik vazifalarni to’g’ri qo’yish, o’quv faoliyati natijalarini aniqlashtirish, ta’limni tashkil etish shakl, metod va vositalarini to’g’ri tanlab olish, o’quv vaqtini oqilona taqsimlash orqali o’qituvchi va talabaning faoliyatini aniq tartiblangan algoritmini hosil qilishi lozim. Ana shu tartibda o’quv jarayonini loyihalay olgan professor-o’qituvchigina talabalarning o’quv-bilish faoliyatini erkin boshqara oladi.
Ta’lim – boshqariladigan jarayon bo’lib, uning natijasi, ko’p jihatdan, tayyorlangan didaktik loyihaga bog’liq. Didaktik loyiha esa ta’lim texnologiyasining mahsulidir. O’quvchi-talabalarning bilish faoliyatini didaktik loyihaga ko’ra boshqarish ta’lim texnologiyasining pedagogik asosi sanaladi. Har qanday jarayonning boshlanishi va yakuni mavjud bo’lganidek, didaktik loyihani amalga oshirishning ham kirish va chiqish nuqtalari bor. Ikki nuqta orasiga juda ko’p nuqtalarni joylashtirish mumkin bo’lga-nidek, didaktik loyihani amalga oshirish ibtidosi bilan intihosigacha bo’lgan masofada ta’limning samarali usullari, vositalari ko’p topiladi. Bu yerda ta’lim texnologiyasi eng samarali usul bo’lib, ta’limning samarali shaklini tanlashda o’qituvchiga yordamga keladi.
Demak, maqsaddan etalonga yetib kelguncha o’qituvchi (pedagog) va o’quvchi-talaba ongi juda ko’p hodisalar bilan uchrashadi. Ta’limga texnologik yondashish – bu ma’lumot va ta’lim mazmunini atroflicha tahlil qilish yo’li bilan o’quv-tarbiya jarayonining umu-miy, xususiy maqsadlarini tahlil qilish, o’qituvchi (pedagog) va o’quvchi-talaba maqsad-larining uchrashgan nuqtalarida (o’qitish maqsadi, o’qish maqsadi) ta’limning didaktik maqsadini belgilash asosida ta’limni loyihalash va amalga oshirish yo’llari bilan mo’ljaldagi etalonga erishishdir. Umuman, ta’lim texnologiyasi haqida gap ketganda o’zaro daxldor quyidagi hodisalarni bir-biridan farqlashga ehtiyoj tug’iladi: ta’lim-ni didaktik loyihalash; loyihani amalga oshirish; ta’limning joriy va oraliq natijasiga ko’ra didaktik loyihaga tuzatish va o’zgartirishlar kiritish; ta’lim-ni takrorlash va yakuniy nazoratdan iborat. Bu hodisalarning birinchi va ikkinchisi an’anaviy ta’lim tajribasida ham uchraydi. Ta’lim texnologiyasining an’anaviy ta’lim tizimidan farqi shundaki, ta’lim natijasi va uning etalon darajasida bo’lishi doimo o’qituvchi (pedagog) hamda o’quvchi-talabaning diqqat markazida turadi. O’qituvchi (peda-gog) ta’lim natijasini tez-tez tekshirib, o’quvchi-talabalarni o’zlari erishgan yutuqlar-dan ogoh qilib turadi va o’quvchi-talabalar o’zlari erishgan yutuq va kamchiliklarni anglab, yutuqlarini yanada ko’paytirishga, kamchiliklarini esa bartaraf etishga harakat qiladi. O’quvchi-talabalar ta’limning zaruriyligini, ular ta’lim jarayonining haqiqiy sub’ektiga aylangan paytida sezishadi.

Yüklə 126 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə