6-mavzu: pedagogik tizimlarni loyihalashtirish reja


Ta’lim texnologiyasi asosida o’tkaziladigan mashg’ulotlar an’anaviy pedagogik amaliyotdan qator xususiyatlariga ko’ra farq qiladi



Yüklə 126 Kb.
səhifə4/5
tarix23.06.2023
ölçüsü126 Kb.
#118723
1   2   3   4   5
6-mavzu pedagogik tizimlarni loyihalashtirish reja

Ta’lim texnologiyasi asosida o’tkaziladigan mashg’ulotlar an’anaviy pedagogik amaliyotdan qator xususiyatlariga ko’ra farq qiladi:
- mashg’ulotlar talabalarning o’quv maqsadlarini oydinlashtirishdan boshlanadi;
- ta’lim-tarbiya jarayoni oldindan qayd etilgan natijaga mo’ljallab tashkil etiladi;
- har bir talaba o’z faoliyati xususiyatlariga mos keladigan sur’atda ishlaydi;
- jamoa a’zolarining har biri o’zlari erishgan natijadan tez-tez ogohlantirib turiladi; erishilgan natija ta’limning har bir bosqichida etalonga birlashtirib turiladi;
- natija talabalarning asosiy o’quv maqsadlariga ko’ra aniqlanadi;
- o’quv materialini to’liq o’zlashtirgan o’quvchi-talaba keyingi mavzuni o’rganishga o’tadi;
- etalondan past o’zlashtirgan talabalar uchun ta’lim o’xshash sharoitlarda takrorlanadi;
- talaba uchun o’qish-o’rganish harakatiga teng maqsadlarni amalga oshirishdan boshlanadi;
- talaba harakatga teng maqsadlardan oraliq maqsadga – bilimlarga, undan umumiy o’quv maqsadiga qarab boradi;
- harakatga teng maqsaddan umumiy o’quv maqsadiga qarab borish o’qish-o’rganishning tsiklligini ta’minlaydi;
- yakuniy (nazorat) baho o’quv kursi to’liq o’rganilgach chiqariladi.
Olima L.V.Golish pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish uchun uning qoidalariga amal qilish kerak deydi va pedagogik texnologiyalarni loyiha-lashtirish va rejalashtirishning qo’yidagi qoidalarini ko’rsatadi:
1. O’quv fani bo’yicha ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish qoidasi.
O’quv fani bo’yicha ta’lim texnologiyasi quyidagilardan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi:
1) ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish qoidalari;
2) maqsadni belgilash; o’quv fanining tuzilishi va mazmuni; fan bo’yicha o’quv axborotining hajmi va murakkabligi;
3) DTS tomonidan belgilangan, berilgan sharoitda, o’quv rejada belgilangan vaqtda ta’lim maqsadlariga erishishni kafolatlovchi o’qitish, kommunikatsiya,axborot va bosh-qaruvning yo’l va vositalarini tanlashga kontseptual yondashuv.
Ta’lim texnologiyasinining tuzilishi:
a) kirish

  • jamiyatni demokratlashtirish va bozor iqtisodiyoti tamoyillarining chuqurlashuvi sharoitida ta’limni texnologiyalashtirishning dolzarbligi asoslanadi;

  • o’quv fani bo’yicha ta’lim texnologiyasining tuzilishi bayon etiladi va ma’ruza amaliy, seminar mashg’ulotlarida tanlangan ta’lim modellariga tavsif beriladi.


Yüklə 126 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə