6-mavzu: pedagogik tizimlarni loyihalashtirish reja



Yüklə 126 Kb.
səhifə3/5
tarix23.06.2023
ölçüsü126 Kb.
#118723
1   2   3   4   5
6-mavzu pedagogik tizimlarni loyihalashtirish reja

Pedagogik loyihalash – bu ommaviy foydalanishga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiya tizimining innovatsion modelini yaratish bo’yicha maqsadli faoliyat bo’lib, u ham ta’lim, ham tarbiya jarayonlarini tashkil etilishi bosqichlari, mazkur jarayondagi maqsad va vazifalarni alohida-alohida oydinlashtirish, kutiladigan natijalarni aniq belgilab olishni shart qilib qo’yadi.
Ma’lumki, pedagogikada o’qituvchining darsga tayyorlanishi bosqichlari haqida gap borganda tashxis etish (diagnostik), bashoratlash (prognostik) bosqichlari bilan birga eng asosiy e’tibor loyihalash ekanligiga qaratiladi. Demak, loyihalash ta’lim jarayoni va o’qituvchi faoliyatini bog’lab turuvchi samarali mexanizmdir.
Ta’lim texnologiyasini loyihalashtirishning asosiy bosqichlari:
1. Ta’lim loyihasini tayyorlash. Loyiha o’qituvchi yoki ekspert a’zolari tuza olish faoliyatining mahsuli bo’lib, qator umumiy xususiyatlarga ega. Loyiha asosida o’qituvchi (pedagog) va o’quvchi-talabalarning kelajakda birgalikda amalga oshiradigan faoliyati yotadi.
Ta’lim loyihasi ma’lumot mazmunini davlat standartlari talablari asosida tahlil etishdan boshlanadi. Tahliliy ma’lumot mazmuni elementlari (bilimlar, ko’nikma va malakalar, ijodiy faoliyat tajribasi, munosabatlar) dasturlarda qanday berilganligi, darsliklarda qanday aks ettirilganligiga qaratiladi. Keyin ta’lim mazmuni o’rganiladi, u yoki bu mavzuni o’rganishdan ko’zda tutilgan maqsad, ta’limning didaktik maqsadi, o’qituvchi (pedagog) va talabalar maqsadi, maqsadlarni amalga oshirish va hisobga olish varaqalari, beriladigan uy ishlari miqdori, mavzular bo’yicha o’tkaziladigan test savollari, reyting nazorati bosqichlari, etalon darajasida o’zlashtirish usuli oldindan belgilab qo’yiladi. Bu ishlarning barchasi ta’lim modelini yaratishga olib keladi.
2. Ta’lim loyihasini amalga oshirish. Ta’lim loyihasi bevosita ta’lim sharoi-tida amalga oshiriladi. Bu jarayonda quyidagi ishlarga alohida e’tibor qaratiladi:
- o’rganilayotgan mavzu bo’yicha maqsad, vazifalar bilan o’quvchi-talabalarni oldin-dan tanishtirish, muammo, topshiriqlarni, shuningdek, uy vazifalari, mustaqil bajari-ladigan ishlarni, ularni bajarish tartibi, vaqtini e’lon qilish, mavzuni to’liq o’zlashtirish bo’yicha ko’rsatmalar berish, o’zlashtirish me’yorlarini aytib berish;
- talabalarni faol, mustaqil faoliyatga rag’batlantirish, ular diqqatini bo’lim yoki mavzu mazmuniga tortish, uni qanday o’rganish zarurligini aytib berish, bilishga qiziqish uyg’otish, o’qish-o’rganishga havas, muammolarni bajarishga ehtiyoj uyg’otish, emotsiyalar, tafakkur hodisalari, bilimlarni o’quv holatlariga tatbiq etish yo’llari orqali mavzu bo’yicha ma’lumotlar to’plash, to’plangan ma’lumotlar yuzasidan joriy nazoratni tashkil etish, mavzuni to’liq o’zlashtirishga oid o’zgarish, qo’shimcha, tuzatishlarni belgilash;
- bo’lim yoki mavzu bo’yicha to’plangan bilimlarga ishlov berish.
Ta’lim jarayoni stoxastik xarakterga ega. Unda kutilgan va kutilmagan, rejalashtirilgan, favqulodda va tasodifiy hodisalar ham uchrab turadi. O’rganilgan bilimlarga ishlov berish jarayonida ham joriy nazorat natijalariga asoslanib, loyihaga yangi o’zgarish, qo’shimcha va tuzatishlar kiritiladi;
- bo’lim yoki mavzu bo’yicha umumiy xulosalar chiqarish, chiqarilgan xulosalarni murakkab o’quv holatlariga tatbiq qilish, oraliq nazorat natijalariga ko’ra mavzu yoki bo’lim bo’yicha axborot to’plash, to’plangan axborotlarga ishlov berish jarayonlarida talabalar erishgan yutuqlarni tahlil qilish, talabalarning bilim, ko’nikma va malakasi, ijodiy faoliyat tajribasidagi kamchiliklarini ko’rsatish, guruhdagi har bir o’quvchi-talabaga yakuniy nazoratgacha bajariladigan qo’shimcha topshiriqlarni berish, ularni o’quv materialini yanada atroflicha o’zlashtirishga rag’batlantirish;
- yakuniy nazoratning asosiy vazifasi talabalarning ma’lumot va ta’lim mazmuni elementlarini etalon darajasida o’zlashtirishlarini aniqlash, etalon darajasidan past o’zlashtirgan talabalarni ogohlantirish, qo’shimcha topshiriqlar berish kabilardan iborat.
Yuqorida berilgan ko’rsatkichlar loyihalangan o’quv jarayonining texnologik darajasini to’liq ifodalaydi, amalda joriy etilishi esa pedagogni yuqori malakali mutaxassisga aylantiradi, talabaning nufuzini ham birmuncha oshiradi va ijodiy faoliyatni rivojlantirishning yangi qirralarini ochadi.

Yüklə 126 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə