Davlat tili haqida



Yüklə 18,26 Kb.
səhifə1/2
tarix12.12.2023
ölçüsü18,26 Kb.
#148559
  1   2
1-mavzu




MAVZU: O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari hamda Davlat hujjatlarida o’zbek tilini Davlat tili sifatida o’qitish.


REJA:



  1. O'zbekiston Respublikasining prezidandi Sh.M.Mirziyayevning “O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufizi va mavqeyini tubdan oshirish chora tadbirlari to'g'risida”gi farmonida belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi.




  1. O'zbek tilining imlo qoidalari.




  1. O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlar.



O'zbekiston Respublikasining prezidandi Sh.M.Mirziyayevning “O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufizi va mavqeyini tubdan oshirish chora tadbirlari to'g'risida”gi farmonida belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi bo'yicha tilshunos va adabiyotshunos olimlarning fikr va mulohazalari bayon etilgan maqolalari bilan tanishish.

O‘zbekistonimiz “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko‘tarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib bormoqda.


O‘zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qo‘llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga e’tibor va uni o‘rganishga qiziqish kuchaymoqda.


Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir.


Shavkat Mirziyoyev barcha sohalarda o‘zbek tilidan to‘laqonli foydalanish, lotin yozuviga asoslangan alifboni takomillashtirish va boshqa millat vakillarining til o‘rganishi uchun sharoitlar yaratishning muhimligini ta’kidladi.


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi ta’siri va nufuzini oshirish bo‘yicha vazifalarni sanab o‘tdi.

Turkiy tillarning katta oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tilining tarixi xalqimizning ko‘p asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va g‘alabalari bilan chambarchas bog‘liqdir.


O‘zbek tili davlat tili sifatida xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulug‘ maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuch bo‘lib maydonga chiqdi. Ayni vaqtda u O‘zbekistonning davlat mustaqilligi sari qo‘yilgan birinchi dadil qadam edi.


Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin.


Turkiy tillarning katta oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tilining tarixi xalqimizning ko‘p asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va g‘alabalari bilan chambarchas bog‘liqdir.





Yüklə 18,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə