5-mavzu: innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy-pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Innovatsion faoliyatning tarkibiy qismlari sifatida aks etuvchi



Yüklə 147 Kb.
səhifə11/16
tarix01.02.2023
ölçüsü147 Kb.
#99896
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
5-ma\'ruza

Innovatsion faoliyatning tarkibiy qismlari sifatida aks etuvchi motiv–maqsad–vazifa–shakl–metod–natija kabi tarkibiy qismlar tahlilidan kelib chiqqan holda, mazkur tushunchaga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Innovatsion faoliyat – pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg’a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir.
“Innovatsion faoliyat – bu yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos kelmasligi, yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining mavjud me’yor bilan to’qnashuvi natijasida vujudga kelgan majmuali muammolarni hal yechishga qaratilgan faoliyatdir”, - deb ta’kidlaydi V.I.Slobadchikov.
Innovatsion faoliyat bu amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo’lib, ijtimoiy-madaniy ob’ekt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy sub’ektlarning harakat tizimi bo’lib, u ma’lum doiradagi muammolarni yechish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega bo’lishdir. O’qituvchi innovatsion faoliyatining markaziy masalasi o’quv jarayonini samarali tashkil etishdir.
Innovatsion faoliyat uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo’lib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib boradi. O’qituvchi innovatsion faoliyatining xususiyatlarini o’rganib chiqqan pedagog olimlar fikrlariga tayangan holda, quyidagilarni innovatsion faoliyatning asosiy belgilari deb hisoblash mumkin:
- ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish;
- pedagogik tadqiqot metodlarini egallash;
- mualliflik kontseptsiyalarini yaratish qobiliyati;
- tajriba-sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish;
- o’zidan boshqa tadqiqotchi-pedagoglar tajribalarini qo’llay olish;
- hamkasblar bilan hamkorlik;
- fikr almashish va metodik yordam ko’rsata olishlik;
- ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish;
- yangiliklarni izlab topish va ularni o’z sharoitiga moslashtirib borish.
M.Jumaniyozovaning fikricha, o’qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash muammosiga murojaat etish jamiyatda innovatsion jarayonlar dinamikasining o’sib borishi natijasida vujudga keldi. Uning tahlili faqat fan va texnika erishgan zamonaviy yutuqlardan foydalanishni o’z ichiga olmasdan, balki yangiliklarni izlash, yaratish, moslashtirish, tatbiq etish va olingan natijalarni qayta tekshirish kabi jarayonlarini ham qamrab oladi.
Innovatsion faoliyatning tuzilishini o’rganib chiqqan olimlardan biri V.A.Slastenin uni quyidagicha tuzilishga ega deb ko’rsatib o’tadi: “Innovatsion faoliyatning tuzilishi – ijodiy yondashuv, ijodiy faollik, yangilikni kiritishga texnologik va metodologik tayyorgarlik, yangicha fikrlash, muomala madaniyati. Innovatsion faoliyatning darajalari: reproduktiv, evristik, kreativ bo’lishi mumkin”.
Innovatsion faoliyat davrida yangiliklar, o’zgarishlar tom ma’noda ta’lim jarayoniga kirib keladi. SHu sababli ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni pedagogik jarayonga kiritish to’rt bosqichda amalga oshiriladi:

  1. muammoni tahlil asosida aniqlash;

  2. mo’ljallanayotgan ta’lim tizimini loyihalash;

  3. o’zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish;

  4. o’zgarishlarni amalga oshirish.

Innovatsion faoliyatga tayyorlashdan maqsad – o’qituvchilarni yangilikka intiluvchanligini, mustaqil o’z ustida ishlash ko’nikmasi va malakasini shakllantirish, ilg’or pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalanib, dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarni o’tkazish malakasini takomillashtirishdan iboratdir.
Innovatsion faoliyat – bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratish bo’lib, uning progmatik xususiyati shundaki, u g’oyalar maydonida ham va alohida bir sub’ektning harakat maydonida ham amalga oshirilmaydi, balki bu faoliyatni amalga oshirish tajribasi kishilar hayotida hammabop bo’ladigan holdagina haqiqiy innovatsion hisoblanadi.
Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda yangi texnologiyaning shakllanishi bo’lib, uning natijasi innovatsiya sifatida yuzaga kelgan ixtironi – loyihaga, loyihani – texnologiyaga aylantirishga yo’naltirilgan faoliyatdir. Innovatsion faoliyatda ilmiy tasavvurlar akademik ilm mantig’i bo’yicha tug’ilmaydi, balki rivojlanish jarayonining modifikatsiyalari qo’llab-quvvatlanishi natijasida rivojlanayotgan amaliyot mulohazasidan paydo bo’ladi.
“Innovatsion faoliyat – o’qituvchining o’z faoliyatidan qoniqmasligidan kelib chiqadi. U o’qituvchi tomonidan u yoki bu pedagogik vazifani hal qilishda qandaydir to’siqqa duch kelinib, uni muvaffaqiyatli hal etishga intilish asosida yuzaga keladi”10.
Innovatsion faoliyat yangi g’oyani izlashdan boshlanadi. Pedagogik innovatsiya ta’lim-tarbiya jarayonidagi muhim va murakkab masala yechimiga yo’naltirilganligi sababli o’qituvchidan yangicha yondashuvni talab qiladi.
O’qituvchi innovatsion faoliyati tuzilishini tahlil qilishga turli xil yondashuvlar mavjud. Masalan, A.Nikolьskayaning fikricha, faoliyatni yangilash uch bosqichda, ya’ni tayyorgarlik, rejalashtirish va joriy etish bosqichlarida amalga oshiriladi.
O’qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlashda bir qator to’siqlar mavjud. Bularning birinchisi o’qituvchining o’zi ko’nikkan faoliyat chegarasidan tashqariga chiqishi hamda qiyinligi, ya’ni o’qituvchilarda ijodkorlikning yetarli emasligi bo’lsa, yana bir sabab yangi va noma’lum narsalar har doim odamlarda cho’chish va xavfsirashni keltirib chiqarishidadir.

Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə