5-mavzu: innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy-pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


O’qituvchilarda innovatsion faoliyatni



Yüklə 147 Kb.
səhifə13/16
tarix01.02.2023
ölçüsü147 Kb.
#99896
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
5-ma\'ruza

O’qituvchilarda innovatsion faoliyatni shakllantirishning ikkinchi bosqichida quyidagi vazifalar bajarilishi lozim:

  • pedagogik faoliyatni kreativ rivojlantirish;

  • ma’naviy-madaniy bilimlarni oshirish;

  • pedagogik yangiliklarni o’zlashtirish ehtiyojini shakllantirish;

  • pedagogik reflektsiyani rivojlantirish;

  • yangi turdagi faoliyat sifatida innovatsion axborot fonlini shakllantirish.

O’qituvchilarini mazkur vazifalarni bajarishga tayyorlashda muammoli o’qitish, o’zini anglash bo’yicha treninglar tashkil etish, o’qitishning rivojlantiruvchi texnologiyalari bilan tanishtirib borish, o’qitishning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalaridan foydalanish, mualliflik kontseptsiyalarini izohlash, o’qitish metodlarini tanlashga o’rgatish, pedagogik texnika va texnologiya treninglari, mustaqil ishlardan foydalanish mumkin.
Innovatsion faoliyat shakllanishining uchinchi va to’rtinchi bosqichlarida quyidagi vazifalarni bajarish lozim:

  • pedagogik faoliyat va bir butun holatda pedagogik muloqot texnologiyasini zamonaviylashtirish;

  • innovatsion faoliyat texnologiyasini o’zlashtirib olish.

Innovatsion salohiyat – innovatsion jarayonning muhim sharti sifatida qaralib, uch tarkibiy qismni o’z ichiga qamrab oladi: pedagogik jamoaning innovatsion salohiyati, ijodiy guruhlarning innovatsion salohiyati hamda alohida (konkret) pedagogning innovatsion salohiyati.
Innovatsion salohiyat deganda, alohida pedagogning va yaxlitlikda pedagogik jamoaning yangilikni o’zlashtirishga tayyorligi, ulardan amaliyotda foydalana olishi va kutilgan natijalarni qo’lga kirita olishi tushuniladi. Pedagogika va pedagogik menejmentda innovatsion salohiyat tushunchasi ikki xil tarzda talqin etiladi: keng ma’noda – ta’lim muassasasining innovatsion salohiyati tor ma’noda – o’qituvchining innovatsion salohiyati. Ta’lim muassasasi innovatsion salohiyati deganda, uning o’z-o’zini rivojlantirishga tayyorligi, shaxsning o’z-o’zini rivojlantirish uchun madaniy-ta’limiy muhitning va shart-sharoitlarning xilma-xilligi hamda kommunikativ munosabatlarning yuqori darajasi tushuniladi. Alohida pedagog uchun esa, bu – uning shaxsidagi ijtimoiy-madaniy va ijodiy o’ziga xosliklar yig’indisi, pedagogik faoliyatni takomillashtirishga tayyorligi hamda buning uchun zaruriy ichki vosita va metodlarning mavjudligidir.
Innovatsion salohiyatni tashkillashtirish jarayonining tuzilishi murakkab tavsifga ega bo’lib, salohiyatning rivojlanish darajasi esa innovatsion imkoniyatlarni, pedagog kadrlarlarning o’z mehnati samaradorligidan qoniqish hosil qilishlarini taqozo etadi. Mazkur ta’rifni asos qilib olgan holda, innovatsion salohiyatning quyidagi tarkibiy qismlarini ajratib ko’rsatish mumkin:

Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə