5-mavzu: innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy-pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


O’qituvchining innovatsion faoliyati va innovatsion salohiyati



Yüklə 147 Kb.
səhifə10/16
tarix01.02.2023
ölçüsü147 Kb.
#99896
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
5-ma\'ruza

O’qituvchining innovatsion faoliyati va innovatsion salohiyati
Ta’lim muassasasida innovatsion faoliyatning samarali yo’lga qo’yilganligi innovatsion jarayon sub’ekti va innovatsion jarayonning faoliyatli tuzilishi bilan bevosita bog’liqdir.
Innovatsion jarayon sub’ekti deganda, ta’lim muassasalariga yangiliklar kiritish jarayoniga ishtirok etuvchi shaxslar (direktor, uning o’rinbosarlari, o’qituvchilar, olimlar, o’quvchilar, ota-onalar, homiylar, metodistlar, konsulьtantlar, ekspertlar) va ta’limni boshqarish organlari tushuniladi. Ular harakatining birligi ma’lum bir natijalarga erishishga olib keladi. Ta’lim muasasasidagi innovatsion faoliyatning maqsadga yo’naltirilganligi va tashkil etilganligi innovatsion jarayonning faoliyatli tuzilishini oqilona tashkil etish yo’li bilan amalga oshiriladi. Mazkur holat har bir alohida xarakat tuzulishini inobatga olishni taqozo etadi. Innovatsion jarayonning faoliyatli tuzilishi motiv–maqsad–vazifa–shakl–metod–natija kabi tarkibiy qismlarni o’z ichiga qamrab oladi.
Motiv – innovatsion faoliyat sub’ektining talablarini qondirishdan innovatsion faoliyat sub’ekti extiyojining majmuaviyligini anglash va shakllantirishgacha bo’lgan amaliy faoliyati jarayonida yuzaga keluvchi sub’ektning yangilikni yaratish va o’zlashtirishga bo’lgan ehtiyoj va qiziqishlarini o’zida ifoda etuvchi undovchi kuch, sababdir.
Innovatsion faoliyatning maqsadi – birinchidan, kutilgan natijaga erishish vaqtini aniqlash, ikkinchidan, belgilangan muddatda uni qo’lga kiritish imkoniyatlari, uchinchidan, maqsadga erishishdagi sub’ektining yo’nalganliligi, to’rtinchidan, olingan natijani kutilayotgan bilan taqqoslash imkonini beruvchi yangilikning ta’lim jarayonining innovatsiyalanayotgan qismini o’zgartirishga qaratilishidir.
Innovatsion faoliyatning vazifasi – kutilgan natijaga imkon beruvchi ta’lim jarayonining innovatsiyalanayotgan qismining avvalgi va uni o’zgartirishga qaratilgan yangi modelining holatini o’zida aks ettirishidadir.
Innovatsion faoliyat shakli deganda mazkur jarayon sub’ektlarning maqsadga erishish uchun tashkil etilgan faoliyati tuzilishini o’zaro muvofiqlashtirish, innovatsion faoliyat metodi deganda esa, uning maqsadga erishish yo’lidagi, ma’lum bir ma’nodagi tizim faoliyatini tartibga solinishi tushuniladi.
Innovatsion faoliyat natijasi ob’ektning yangilanishidagi aniq o’zgarishlarni o’zida aks ettirib, erishilgan natijalarni baholashda uch guruh mezonlaridan foydalaniladi:1) sifat mezonlari; 2) samaradorlik mezonlari; motivatsiya mezonlari.

Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə