5-mavzu: innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy-pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlariga munosabatiga ko’ra pedagogik innovatsiyalarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin



Yüklə 147 Kb.
səhifə7/16
tarix01.02.2023
ölçüsü147 Kb.
#99896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
5-ma\'ruza

2. Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlariga munosabatiga ko’ra pedagogik innovatsiyalarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

  1. ta’lim maqsadi va vazifalari bilan bog’liq pedagogik innovatsiyalar. Masalan, “identiv o’quv maqsadlarini o’quv vazifalariga aylantirish”;

  2. ta’lim va tarbiya mazmuni bilan bog’liq innovatsiyalar. Masalan, “ta’lim mazmunini integratsiyalash va differentsiyalashtirish”, “axborotlashtirish va prognozlash”;

  3. ta’limning shakl, metod, vosita va texnologiyalari bilan bog’liq innovatsiyalar. Masalan, noana’naviy dars shakllari, interfaol metodlar, mulьtimedia vositalari, ta’limning samarali texnologiyalari (modulli ta’lim texnologiyalari, madaniy-insonparvarlik yondashuv texnologiyalari);

  4. ta’lim olganlikni tashxis etish bilan bog’liq innovatsiyalar. Masalan, o’quv portfoliolari;

3. Ta’lim sub’ektlarining shaxs shakllanishiga munosabatiga ko’ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  1. pedagog va o’qituvchilarning ma’lum bir qobiliyatlarini rivojlantirishga doir innovatsiyalar. Masalan, birgalikdagi hamkorlikdagi faoliyatni rivojlantirish;

  2. pedagog va o’quvchilarning BKM, faoliyat usullari, kompetentligini rivojlantirishga doir innovatsiyalar.

4. Pedagogik qo’llanilish sohasiga ko’ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. o’quv jarayonida qo’llaniladigan pedagogik innovatsiyalar. Masalan, ta’limning axborot texnologiyalari;

  2. o’quv kursida qo’llaniladigan pedagogik innovatsiyalar. Masalan, elektron xarita;

  3. ta’lim sohasida qo’llaniladigan pedagogik innovatsiyalar. Masalan, ta’limni demokratlashtirish;

  4. ta’limni boshqarish sohasida qo’llaniladigan innovatsiyalar. Masalan, ta’limning davlat boshqaruvidan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o’tilishi.

5. Pedagogik jarayon ishtirokchilarining o’zaro harakat turiga ko’ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  1. jamoada o’qitishga doir innovatsiyalar;

  2. guruhli o’qitishga doir innovatsiyalar;

  3. tьyutorlik;

  4. fatsilitatorlik;

  5. repetitorlik.

6. Funktsional imkoniyatlariga ko’ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. shart-sharoit bilan bog’liq innovatsiyalar (ta’limiy muhitni o’zgartirishni ta’minlaydi, ijtimoiy-madaniy shart-sharoit va boshqalar);

  2. mahsulot ko’rinishidagi innovatsiyalar (pedagogik vositalar, loyihalar, texnologiyalar).

  3. boshqaruvga doir yangiliklar kiritish.

7. Amalga oshirish usullariga ko’ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. rejali pedagogik innovatsiyalar;

  2. tizimli pedagogik innovatsiyalar;

  3. davriy pedagogik innovatsiyalar;

  4. stixiyali pedagogik innovatsiyalar;

  5. tasodifiy pedagogik innovatsiyalar;

  6. o’z-o’zidan yuzaga keluvchi pedagogik innovatsiyalar.

8. Makonga yo’nalganligiga ko’ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. alohida pedagog faoliyatiga doir pedagogik innovatsiyalar;

  2. pedagoglarning metodik birlashmasiga doir pedagogik innovatsiyalar;

  3. alohida ta’lim muassasasi faoliyatiga doir innovatsiyalar;

  4. tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi pedagogik innovatsiyalar;

  5. xalqaro miqyosdagi pedagogik innovatsiyalar.

9. Ijtimoiy-pedagogik ahamiyatiga ko’ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. alohida ta’lim muassasalariga doir pedagogik innovatsiyalar;

  2. aniq kasbiy-tipologik guruh pedagoglariga xos pedagogik innovatsiyalar.

10. Novatorlik tadbirlari ko’lamiga ko’ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. lokal;

  2. ommaviy;

  3. global.


Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə