4. Avtomobillarning texnik holatiga bo’lgan texnika xavfsizligi talablari



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə4/6
tarix20.10.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#128702
1   2   3   4   5   6
Kuzov-salon ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi
Mustaqillik yilarining 1996 yilidan boshlab respublikada avtomobillar soni tezlik bilan oshib bormoqda. Prezidentimiz I.A.Karimovning mustaqillikning 16yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishida so’zlagan nutqida halqimizning farovonligi oshib borayotganligi xaqida nutq so’zlagan. Bunga misol qilib 1996 yilga nisbatan 2007 yilning 6 oylik yakunlari bo’yicha aholining qo’yidagi shaxsiy avtomobillar soni 6 martaga oshgan. Hozirgi paytda respublikada minglab xaydovchi ishqibozlar asosan yoshlar hisobidan tayyorlanmoqda. Bularning tajribalari etarli darajada bo’lmaganligi, hamda ularning ko’pchiligi arendaga avtomobilini taksi sifatida ishlatilayotganligi tufayli ko’plab yo’l transporti hodisalari ro’y bermoqda. Demak, shikastlangan kuzov-salonlarini qayta tiklash ishlari yildan-yilga ko’payib bormoqda. Shu munosabat bilan kuzov-salonlarini ta’mirlash ishlarida texnika xavfsizligiga alohida to’xtalib o’tamiz. Hozirgi kunda pachaqlangan kuzov-salonlarni qayta tiklash, bo’yash xizmatiga talab ortib bormoqda. Shu tufayli ko’plab servis markazlari tashkil qilinib oralaridagi raqobat ham kuchayib bormoqda, chunki bunday xizmatlardan o’ta katta daromad olinadi. Kuzo-salon, kabinalarni qayta tiklash ishlari asosan pachoqlangan kuzov-salon qismlarini echib olish, tozalash, pachoqlangan qismlarni mexanik yoki gazli payvandlash ishlari, bo’yashga tayyorlash, bo’yash va qayta tozalash, butlash ishlariga bo’linadi. Pachoqlarni, yirtiq-yoriqlarni, singanlarni tiklashda, asosan mexanik asboblar, vintli yoki gidravlik qo’l presslari va asosan gaz payvandlash kam holatda elektr payvandlash (KEMPI uskunasi yordamida) ishlari bajariladi. Temir kabina, kuzov-salon va kuzov ishlariga pachoqlarni yo’qotish, bukilganlik-deformastiya bo’lgan (qanot, eshik, kapot, orqa yuk qopqog’i, kabina avtobuslar saloni) yorilgan joylarga temir tunikadan yamoq qo’yish, teshiklarni yopish, har xil yuzalarni payvandlash ishlaridan iborat. Pachoqlik, qiyshiq yuzalarni to’g’rilash yoki tekislash ishlari (rixtovka) bilan to’g’rilanadi. To’g’rilanadigan joyni oldin ifloslikdan va zanglardan temir hetkalar yordamida tozalanadi. Ish joyi tirqish so’ruvchi ventilyastiya bilan jixozlanadi. Kuzov–salon, kabinalarni ta’mirlashda ularni har xil stendlarga qotirilib qo’yiladi, detallarni qo’lda ko’tarib turib to’g’rilash man etiladi. Misol uchun engil avtomobillarning oldingi rama osti birikmalarini almashtirishda yoki ularni geometrik holatini tiklashda har xil stendlar qo’llaniladi, oldingi rama osti birikmalarining geometriyasi to’g’ri tiklanmasa avtomobil to’g’ri yurmaydi, shinalar tezda eyilib ketadi hamda boshqaruv tizimini nosozligi (razval sxojdeniya) baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Kuzov, engil va avtobuslarni kabina va salonlarini qayta tiklashda gaz-astetelin bilan payvandlash, kesish, yamash ishlari asosan ishlatiladi.
Elektr payvandlash ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi
Elektr payvandlash qurilmalariga texnika xavfsizligi bo’yicha qo’yidagi talablar qo’yiladi. Elektr dugalarni ta’mirlash faqat payvand transformatorlari, generatorlar yoki tokni o’zgartiruvchi to’g’rilagichlar (o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantiradi) orqali amalga oshirilishi kerak. Payvandlash apparatlarni kuchlanishi 500V dan ortiq bo’lsa ularni ulash man etiladi. Elektr payvandlashda quyidagi xavflik omillari ta’sir etadi: yorug’lik nurlari, elektr tokini o’zi, erigan metall parchalari (okalina), elektrodlardan chiqadigan gazlar.
Avtokorxonalarda asosan 160...200A tok kuchli apparatlar qo’llaniladi. Elektrodni ushlab turuvchi dastgoh elektrodni mustahkam ushlab turishi, engil va qulay bo’lishi,tok o’tkazmasligi lozim. U dielektrik va issiqlik ximoyalovchi materiallardan tayyorlangan bo’lishi lozim. Ikkilamchi kuchlanish barcha transformatorlarda salt yurishda kuchlanish 70V dan oshmasligi lozim, ularda duga uzilganda avtomatik ravishda 0,5 sekund uzadigan moslama bo’lishi shart. Katta xajmdagi idishlarni (stisternalarni) quduqlarda, tunnellarda payvandlash ishlarini olib borish o’ta xavfli xisoblanadi. Shuning uchun apparatlarda salt holatda avtomatik ravishda tokni uzib qo’ygan yoki kuchlanishni 12V gacha pastga tushuruvchi moslamalar bilan jixozlangan bo’lishi lozim. Bundagi salt yurish vaqti 0,5sekund bo’lishi kerak. Agar kuchlanishni pasaytirib bo’lmasa, unda payvandlash ishlarida 12V dan oshmagan kuchlanishli tok kuchi bilan bajariladi. Elektrodlardagi kuchlanish 42V dan oshmasligi shart. Apparat korpuslari, payvandlash stollari, plita va boshqa jixozlarga ulanadi. Texnologik jixozlarni erga ulash tizimini tok qaytaruvchi sifatida foydalanish man etiladi. Payvandchini ximoyalash maqsadida unga ultrabinafsha nurlaridan saqlovchi hitlar, qo’lqoplar, oyoq kiyimi va o’tga chidaml (brezent) kostyumlar beriladi. Tashqaridagilarni ximoyalash maqsadida payvandlash ishlari alohida eng kamida 2x1,5 metrli kabinalarda olib borilishi lozim. Lekin avtokorxonalarda payvandlash ishi jarayoni maxsus ayvonli xonalarda yoki ochiq maydonlarda olib boriladi. Elektr payvandlashda chang chiqadi. Elektrod simlarida marganest, kremniy, ftorli kalstiylardan iborat qoplamalar bo’ladi. Bulardan tashqari azot, uglerod oksidi va zararli moddalar (okalina) chiqadi. Elektr payvandlash changi yuqori disperstiyali bo’lib, uning 98...99% 1mk kichik zarrachalardan iborat bo’lib, ular nafas olish organlari orqali o’pkaga kirib uni jarohatlantiradi. Shuning uchun albatta shamollatish va maxalliy so’rish ventilyatorlari qo’llaniladi. Rubilnik ulangan paytda elektrosxemasini qayta ulash, uzoq muddat davomida tananing ochiq erlarini nurlantirish man etiladi. Duga zonasi hit orqali ximoyalanadi, ko’zlarni 033, E-2, E-3 yorug’likni filtrlovchi ko’zoynaklar bilan ximoyalanadi. Umuman elektropayvandlash ishlarini bajarishda asosiy tadbirlar ish joylarni tartibda saqlashdan iborat. Xozirgi vaqtda KEMPI elektr payvandlash uskunalaridan ko’proq foydalanilmoqda, chunki bu uskuna bilan yupqa, kuzov detallarini payvandlash juda yaxshi natija beradi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə