4. Avtomobillarning texnik holatiga bo’lgan texnika xavfsizligi talablari



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə5/6
tarix20.10.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#128702
1   2   3   4   5   6
Avtomobil elektro jixozlarini ta’mirlash sexida texnika xavfsizligini ta’minlash
Avtomobillar elektr tizimiga generator, starter, rele–regulyator, har xil relelar, datchiklar (moy bosimi, sovitish tizimi harorati, benzodatchik va boshqalar) har xil signallar nazorat lampalar, kompyuterlar zarayadlanadi:
Generator, starter, prero’vatel, rele va boshqa elektr tizimiga tegishlilar avtomobillardan chiqarilib tozalantirilib keyin sexga olib kiriladi. Starterlar, generatorlarning ta’mirlashdan keyin ishlashi alohida stendlarda elektr toki (elektrodvigatellar) orqali tekshiriladi.Buning uchun 12, 24 V vo’pryamitellar yoki 220V kuchlanishli tok ishlatilganda stend va elektrodvigatellar nolga – erga ulangan bo’lishi kerak (kontur zazemleniyaga).Yakorlar PPYa-7 pribori orqali tekshiriladi unga 220Vli tok beriladi, shu tufayli bu pribor ham erga-nolga ulangan bo’lishi kerak. Bu erda ham qalay va konifol orqali payvandlash ishlari olib boriladi. Shu tufayli bu sexlarda ham qo’rg’oshin va konifol aerozollari mavjud. Shuning uchun suruvchi- xaydovchi sun’iy shamollatish ventilyatorlari bo’lishi kerak, hamda 12,24,36V vo’pryamitel, transformator bo’lsa maqsadga muvofiq bo’ladi: 36V elektr payvandlagichlardan foydalanish elektr xavfsizlikni ta’minlaydi.
Asboblarga (instrumentlarga) talablar
Avtomobillarga TX va JT lashda ta’mirlovchi va xaydovchilar har xil asbob uskunalardan, masalan, bolg’a, turli kalitlar, katta bolg’a (kuvalda), arra, stameska, zubila, turli egovlar, qisqichlar (tiskilar) va asbob moslamalardan foydalanadilar. TX va JT qo’llanadigan jixozlardan birinchi navbatda avtomobil qismlarini ko’tarishda (oldi-orqa ko’priklarni) (domkratlar), gidravlik va mexanik uslubida avtomobillarni to’liq balandlikka ko’taradigan ko’targichlar (pod’emniklar) ko’p ishlatiladi. ATK, AS, Servis markazlarida asosan har xil og’irlikni ko’taradigan gidravlik ko’targichlar, elektro mexanik avtomobil ko’targichlari ishlatiladi. Avtomobillarni ostki qismini kuzatish, har xil turdagi tor va qorong’i ta’mirlash chuqurlarida (keng kanavalar 2 avtokombinatda, 2 avtobus saroyida, 5-TS, va boshqalar) ularda olib boriladi, ishlash og’ir, iflosligi, moylarning xidlari tufayli nafas olish qiyinlashadi, yong’inga o’ta xavfligi tufayli ATK va servis markazlarida bunday chuqurliklar kamroq ishlatilishi lozim.
Asboblar har kuni ish boshlanishidan oldidan tekshirilishi lozim. Nosoz asboblar ishlatilmasligi kerak. Ta’mirlovchilarning har birida etarli darajada gaykalar, boltlar, vintlar, samorezlar , ular o’lchovlariga tushadigan kalitlar , otvertkalar va 6 ti qirrali ichki kalitlar ham bo’lishi, boshqa jarayonga tegishligi ham moslamalar bo’lishi lozim. Asboblar hamma vaqt toza, quruq, ularning yog’och yoki plastmassali soflari tekis bo’lishi ham shart. Ular qattiq va egiluvchan chidamli yog’ochlardan tayyorlanishi, ular to’g’ri va sifatli ravishda (temir tishli parchalar bilan) bo’lishi, bolg’alar soflari 90º burchak bilan qotiriladi. Temir arra, bolg’a, otvertkalar soflarga temir xalqalar bilan qotiriladi. Ochilib yopiladigan asboblar qaychilar, qisqichlar, tishlab kesuvchilar, tekis qisqichlar (ploskogubstalar) o’zgaruvchi gayka kalitlari o’z vaqtida moylab turilishi kerak hamda ularni zanglashdan saqlash lozim. Shikastlanishdan saqlanish maqsadida ta’mirlovchi, xaydovchilar faqat texnologik jarayonga mos keladigan (gayka,boltalar kalitlari)asboblar bilan ishlashlari lozim. Yorilgan , kengayib ketgan, singanlari bilan gaz ballonli avtomobillarni gayka bolt, ventillarini burash hamda po’latdan,cho’yandan tayyorlangan kalit va bolg’alardan foydalanish man etiladi.
Harakatlanadigan (qo’lda olib yuradigan) 220Vda ishlaydigan elektr asboblardan (drellar, vibrosilliqlash va boshqalar) bino ichida (ularning toifalaridan qat’iy nazar) ayniqsa binolardan tashqarida ishlatilganda ximoya yurgizuvchi (puskatel) bo’lishi kerak, chunki u uzoqdan boshqarganda korpusga qisqa tutashuv yoki erga ulangan sim uzilganda zudlik bilan elektr asbobga keladigan elektr tokini 0,2 sekunddan kam vaqtda uzadi. Tok o’tkazuvchi qismlarda izolyastiyasi buzilgan yoki erga ulovchi sim uzilgan bo’lsa yana razetkaga ulaydigan vilkasida bo’lmasa ularni ishlatish qatiyan man etiladi.
Xozirgi vaqtda juda ko’p texnologik jarayonlarda qurilishda, servis markazlarida, AS,ATK,ATZ,ShTZlarida ham qo’lda ishlatiladigan elektr asboblar ko’plab ishlatilmoqda.
Elektrodvigatel o’rnatilgan mashina, qaysiki uning massasiga nisbatan yoki to’liq rivishda ishchi qo’llari bilan foydalaniladigan mashinalar qo’l elektr mashinalari deyiladi. Asosiy ishchi harakat elektrodvigateli orqali, yordamchi harakat ishchi tomonidan bajariladi.
Ishchilarni elektr tokidan ximoya vositalariga qarab ular uchta sinfga bo’linadi; 1,2,3 ulardan foydalanganda xavfsizlik oshish tartibiga qarab.
Elektr asboblar bilan ishlovchi elektr mashinalarda ish bo’yicha ishlab chiqarishda o’qigan, elektro xavfsizligi mutaxassisligi guruxiga moslashgan bo’lishi shart. Ish boshlashdan oldin elektr mashinalarning tashqi ko’rinishi uning sozligi, shnurlari tekshiriladi. Quyidagi nosozliklardan birontasi elektr mashinalarida aniqlansa ularni ishlatish man etiladi: shtepsel, uning ulama simi, kabeli (shnur), uning ximoya naychasi, shetkalar ushlaydigan qopqoqni buzilish, uchirish (vo’klyuchatel) vositasining aniq ishlamasligi, shetkalar va kollektor o’rtasida chiqayotgan uchqunlar paydo bo’lsa, moyni reduktorlardan oqib ketishi, korpus detallaridan birontasi singan bo’lsa, tutun yoki xid chiqqanda, vibrastiya va shovqin paydo bo’lganda, qo’l ushagich singan bo’lsa, ximoyalash vositasi eyilgan va yorilish paydo bo’lganda, ishchi asbob (sverlo) singanda yoki o’tmas bo’lib qolganda elektr mashinalarni ishlatish qat’iyan man etiladi. 6 oyda bir marta yoki ularni detallarga ajratilganda ular tekshiruvdan - attestastiyadan o’tkaziladi. Tekshirishni (osvidetelstvo) ma’sul shaxs o’tkazadi va alohida kitobga belgilab yozib qo’yadi. Avtotransport korxonalarida, servis markazlarida, har bir elektr mashinalar ishlatiladigan joylar shtepsel ulovlari er bilan ulanishi lozim. Misol Evropada qo’llaniladigan shtepsel va 3 simli razetkalar (kondistioner, kir yuvish mashinalari va x.k.)larga yoki nolga ulanadigan shtepsel va vilkalarda aloxida belgi bo’ladi. Ko’chma yoritgichlar ximoya oyna qalpoqlar yoki setkalar bilan lampalari ximoyalangan bo’lishi lozim. Ularning simlari yumshoq va misdan tayyorlangan bo’lishi shart. Ularni ishlatishda 42 V past kuchlanishli elektr toki ishlatilishi lozim. Qo’l yoritgichlarida 12V kuchlanish ishlatiladi, keyingi GOSTlar asosida qo’rsatish, ta’mirlash chuqurliklarida yonboshdan aloxida 220Vli “kunduzgi” lampalar shlatilishi , hamda ular qalin oyna yoki orgsteklo bilan mustaxkam ravishda berkitib qo’yib foydalanish mumkin. Agar oynalar metal setkalar bilan qoplansa sinmaydi.
Elektr mashinalar o’ta xavfli bo’lganligi uchun ko’p katta avtokorxonalarda siqilgan xavoda ishlaydigan drellar va boshqa mashinalar ishlatiladi. Buning uchun ATKda katta kompressorlar va ularda 15 mm-li trubalar orqali ish joylariga siqilgan xavo olib borish lozim. (2 kombinat,Termez ATS va boshqalar).
Texnologik uskuna va moslamalarga talablar
Ishlab chiqarishda shikastlanishni kamaytirish ko’p xolatlarda uskuna va moslamalarning xolatiga xam o’ta bog’liqdir. Avvalo uskuna moslamalar toza va soz bo’lishi lozim. Nosozliklarida ishlash mumkin emas so’zlari bilan yozuv osib qo’yib, tokdan uzib qo’yish lozim”. Ularni boshqarish ishchilar uchun o’ng’ay bo’lishi kerak. Uzatuvchi mexanizmlarning aylanadigan qismlari (shkivlar, tishli g’ildiraklar v x.k.) albatta to’silgan bo’lishi shart. Bundan tashqari barcha to’siqlar elektr yoki boshqa usulda ishlaydigan blokirovkalar bilan ham ta’minlanishi lozim, chunki xavfli vaziyat tug’ilganda ular uskuna moslamalarni avtomatik ravishda to’xtatib qo’yadi.
Buriladigan stendlar, yuk ko’taruvchi telfer, osma kranlar ham burilish burchagini aniqlab to’xtatib qoladigan moslamalar (fiksirovat) bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Ishlab chiqarishda ko’plab foydalanadigan moslamalar (s’emnik, oprava va x.k.) ishonchli va mustaxkam ravishda qotiriladigan bo’lishi ham shart. Misollar: podshipniklarni,har xil vtulkalarni, rezinali vtulkalarni (ressor va oldingi osmaga o’rnatiladigan) va boshqa presslar orqali qotirilgan detallarni chiqarishda har xil s’emniklar yoki opravkalar qo’llaniladi. Harakatlanuvchi stendlari ishonchli gildirak tormozlari bilan jixozlangan bo’lishi kerak. Suyuqlik va moy (dvigatellardan, ko’priklardan chiqadigan moylar) to’plash idishlari (poddonlari) mustaxkam va ulardan moylar oqib ketmaydigan qilib chuqurliklarda (kanavalarda) o’rnatilishi lozim. Presslar (gidravlik, mexanik, pnevmatik) har xil moslama va opravkalar bilan ta’minlashi lozim. Stastionar uskunalar (stanoklar) poydevorlarga o’rnatilib oralig’iga bufer (rezinadan) yoki prujina o’rnatilib (vibrastiya va shovqinning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida) anker boltlari bilan mustaxkam ravishda qotirish lozim. Domkratlar har xil bo’ladi. Avtomobillarda mexanik (engil avtomobillarda) gidravlik (yuk avtomobillarda va avtobuslarda) turlari ishlatiladi. Ular yuk ko’tarib turganlarida o’z o’zidan pastga tushib ketmasliklarini ta’minlovchi moslama bilan jixozlanishi shart. Garaj sharoitida 15 tonnali harakatlanuvchi gidravlik domkratlar ishlatiladi. Ayrim xollarda shinomontaj uchastkalarida pnevmo domkratlar ham ko’targichlar sifatida ishlatilishi mumkin.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə